|
1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja
|
bet | 17/30 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 5,71 Mb. | | #248935 |
Bog'liq mutaxasisilikka kirishSeparatsiyalash
Mikroorganizmlar biomassasini quyuqlashtirishda separasiyalash usulidan foydalanish, juda katta xajmdagi qiyin filütrlanadigan suspenziyalarni yuqori tezlikda qayta ishlash imkonini beradi.
Separasiyalash jarayoni flotasiyalash jarayoniga nisbatan ko‘proq energiya talab qiladi, shuning uchun ba’zi xollarda imkoni bo‘lsa dastlab flotasiyalash ishlarini olib borish separasiyalash bosqichlarini qisqartirish imkonini beradi. Kulütural suyuqlik separasiyalash jarayonidan oldin kulütural suyuqlikning mi’tadil chayqalanishi va tozalanishini ta’minlash uchun deemulügirlangan yoki degazasiyalangan bo‘lishi lozim. Separasiyalash turli xil usullarda bo‘lishi mumkin: mexanik (flotatorda mexanik ko‘piklantirish), kimyoviy (kimyoviy ko‘piklantiruvchi vositalardan foydalanish) yoki tabiiy (maxsus deemulügatorlarda).
Separasiyalash jarayoni yaxlit va yuqori ishlab chiqarish uskunasi - separatorda amalga oshiriladi. Separatorda biomassalarni ajratish markazdan qochuvchi kuch ta’siri ostida olib boriladi. Separatorning ishchi organi, ichida mustaxkamlangan aylanasimon tarelkalardan tashkil topgan baraban xisoblanadi. Tarelkalar tashqi ko‘rinishidan qovurg‘alar ko‘rinishida bo‘lib ularning orasida 0,8 mm qalinlikda tirqishlar bo‘ladi. Baraban val-o‘q atrofida erkin aylanadi (2-rasm).
2-rasm. Achitqi separatori
Separatorlarning konstruktiv kamchiligi uning tarelkalari orasidagi tirqishlariga biomassa qoldiqlari va mexanik naychalardan chiqadigan ajratmalarga tez to‘lib qolishi xisoblanadi. Separatorlarda ishlash davomida 12 saotdan 24 soatgacha tozalamasdan ishlash mumkin, shundan keyin baraban ochilib yuvib tozalanishi zarur.
Issiqlik bilan ishlov berish va bug‘lantirish
Mikrobiologik ishlab chiqarishda keng tarqalgan bug‘lantirish usullaridan biri maqsaddagi mahsulotlarni dastlabki suyultirish xisoblanadi. Kulütural suyuqlikni bug‘lantirishda olingan quruq mahsulot miqdori 20-40 foizgacha bo‘lishi mumkin. Issiqlikka chidamsiz (termolobil) maqsaddagi mahsulotlar biosintezda 5-15 minut 50-600S xaroratda odatda, inaktivasiyaga uchraydi. SHu boisdan bug‘lantirish jarayonida oxirgi mahsulot biologik faolligini yo‘qotmasligi uchun maxsus rejimda amalga oshirilishi lozim. Xar bir aniq mahsulot uchun quritish va bug‘lantirish uskunalari va muvofiq xarorat xamda vaqt tajribalar orqali aniqlanadi. Kultural suyuqlikni bug‘lantirish uchun 70-800S xarorat qabul qilingan. Bunday xaroratda qizdirish, bug‘lantirish uskunasida muvofiq suyuqlikni kamaytirishni yaratish imkonini beradi. Bug‘lantirish bir yoki ko‘p korpusli vakuum-bug‘lantirish uskunasida olib boriladi. Ko‘p korpusli vakuum-bug‘lantirish uskunasida kultural suyuqlik bir uskunadan boshqa uskunaga uzatilib ko‘p marotaba bug‘lantirish orqali amalga oshiriladi. 3-rasmda kamayib boruvchi qiyom mexanizmi bilan ishlovchi bug‘lantirish uskunasining chizmasi aks ettirilgan.
3-rasm.Qatlamli oqib keluvchi bug‘lantirish uskunasi.
Maxsus bakka to‘plangan kulütural suyuqlik nasos orqali bug‘lantiruvchining yuqori qismiga ya’ni yuqori truba bo‘ylab bir tekis tarqalgan panjaralarga uzatiladi va u erdan qatlam-qatlam bo‘lib trubaning ichki yuzasiga tushadi. Bu trubalar orasida birinchi bug‘lantiruvchi toza issiq bug‘ beriladi. Kulütural suyuqlik bug‘lanishi natijasida ikkinchi bug‘ deb ataladigan bug‘ Hosil bo‘lgan bo‘ladi, u xam yuqoridagi yo‘nalish bo‘ylab tarqaladi, suyuq qatlam truba bo‘ylab xarakatlanadi, keyin esa suyuqlik ajratgichga tushadi. Bu erda bug‘lantirilgan suyuqlikni ikkilamchi bug‘dan ajratish amalga oshiriladi. Ikkilamchi bug‘ 80-870S xarorat bilan trubalar orasida joylashgan ikkinchi bug‘lantiruvchiga yo‘naltiriladi.
Birinchi bug‘lantirgichning pastki qismidan quyultirilgan kulütural suyuqlik ajratuvchi nasosda bug‘lantirish bosqichining ikkinchisiga va keyin uchinchisiga uzatiladi (4-rasm).
4-rasm.Uch korpusli bug‘lantirish uskunasi:
1- I-bosqichli bug‘lantiruvchi; 2 - sachratib ajratgich; 3 - ikkilamchi bug‘ uchun truba; 4 - II-bosqich bug‘lantiruvchi; 5 - III-bosqich bug‘lantiruvchi; 6 - yuza kondensatori; 7 - nasoslar; 8 - aylanma suvli vakuum nasos.
Uchinchi bosqich bug‘lantiruvchidan chiqqandan so‘ng kultural suyuqlikda biomassa miqdori 18-22% ni tashkil etadi (quruq modda xisobida).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja
|