|
1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja
|
bet | 15/30 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 5,71 Mb. | | #248935 |
Bog'liq mutaxasisilikka kirishXemostat. Mikroorganizmlarni gomogen - uzluksiz o‘stirish jarayonida ularni rivojlanishini, ozuqa muxitiga kiruvchi moddalarning bittasi xisobida chegaralab qo‘yish mumkin. Bu holda, boshqa barcha moddalar miqdori o‘zgarmaydi. Bu kabi uzluksiz o‘stirish xemostat deb ataladi, chunki mikroorganizmlarni o‘sishini kimyoviy modda boshqaradi (8-rasm).
Xemostat- mikroorganizmlar doimiy tezlikda ¢sib, rivojlanishini taminlovchi ozuqa moddasi kirib, tayyor kulütural suyuqlik shu tezlikda chiqib turuvchi yaxshi aralashtirilgan biomassa suspenziyasidir.
9-rasmXemostat ishlashining umumiy ko‘rinishi.
1 - chegaralovchi moddani uzatishni boshqaruvchisi; 2 - chegaralovchi modda miqdorini o‘lchovchisi (datchik).
Ozuqa muxitining tarkibiga o‘sishni chegaralab qo‘yish xususiyatiga ega bo‘lgan birorta modda qo‘shilmaydi. Bunday sharoitda mikroorganizmlarning rivojlanishi, ularning ko‘payishi va biomassa Hosil bo‘lgan qilishi shu moddaning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa ozuqa moddalari ko‘proq miqdorda beriladi, o‘sish sharoiti esa (xarorat, pH, aerasiya) mo‘‘tadil sharoitda saqlab turiladi. Suyuqlantirish tezligi xemostatda oldindan belgilab olinadi va o‘sishni chegaralovchi modda miqdori orqali nazorat qilib turiladi. Suyuqlanish tezligini (D) keng masshtabda o‘zgartirib turish mumkin, ammo u (mmaks) solishtirma o‘sish tezligidan oshib ketmasligi kerak.
5- Mavzu: Mikroorganizmlardan fermetatsiya jarayonida hosil bo’lgan moddalarni ajratish usullari
Reja:
Flotasiya.
Separatsiya.
Issiqlik bilan ishlov berish va bug‘lantirish.
Filtrlash.
Kulütural suyuqlikdan biomassani ajratish filtrlari.
Fermentasiya jarayoni tugagandan so‘ng kulütural suyuqlikda mikroorganizmlar, ular xayotlari davomida Hosil bo‘lgan qilgan mahsulotlari, oziqa muxitining qoldiqlari, penogasitelü va boshqa xil erigan va erimagan mahsulotlar mavjud bo‘ladi.
Maqsaddagi mahsulotlarni mikroorganizmlar bevosita o‘zlari kulütural suyuqlikka chiqarishlari yoki ularning metabolitlari kulütural suyuqlikda erigan xolatda bo‘lishi yoki mikroorganizm xujayrasi ichida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Deyarli barcha xolatlarda maqsaddagi mahsulotlarni olish uchun kulütural suyuqlikdan mikroorganizmlar biomassasini ajratish zarur bo‘ladi.Kulütural suyuqlikda mikroorganizmlar qonuniyatdagidek, juda kam saqlanadi. 1 : l kulütural suyuqlikda odatda 5-10 g qB (quruq biomassa) saqlanadi. Bunday kam miqdorli fazadagi biomassalarni ajratib olish ko‘p mexnat talab qiladigan texnologik vazifalarni keltirib chiqaradi. Bularni echish uchun bosqichma-bosqich biomassalarni turli xil usullarda quyuqlashtirish yo‘li bilan ish olib boriladi (flotatsiyalash, separatsiyalash va bug‘lantirish).
Ishlab chiqarish jarayonlarida energiyaning ko‘pgina qismi ko‘p hajmli qiyin filütrlanuvchi suspenziyalarni qayta ishlashga sarflanadi. Kulütural suyuqlikdan mikroorganizmlar xujayra biomassasini ajratishni mexanik (tindirish, filütrlash, separatsiyalash) va texnik issiqlikka (quritgichlar) ajratish mumkin. Oxirgi maqsaddan kelib chiqib bu usullardan biri tanlanadi. Tanlashda kulütural suyuqlikdan biomassa ajratish, ularni quyultirish, mahsulot shaklida biopreparatlar tayyorlashda mikroorganizmlar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlari iqtisodiy jixatdan xisoblab chiqilib qulay bo‘lgan usulni tanlash maqsadga muvofiqdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja
|