1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja




Download 5,71 Mb.
bet18/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

Filtrlash
Ba’zi bir fiziologik faol moddalar ishlab chiqarishda xususan, antibiotiklar ishlab chiqarish jarayonida kultural suyuqlikdan mikroorganizmlar biomassasini ajratib olish uchun filtrlash usulidan foydalaniladi. Ushbu usul ipsimon, shoxlangan shakldagi produsent-mikroorganizmlarni ajratish uchun xam xizmat qiladi.
Filtrlash jarayoni mexanizmi kultural suyuqlikni elakdan (pardadevorli) o‘tkazish orqali qattiq va suyuq fazaga ajratish bilan izoxlanadi. Ushbu pardadevorli elakning xar ikkala tomonida xarakatlanayotgan filtrlanadigan qatlam turli xil bosimga ega bo‘ladi.
Filtrlash jarayonida eng xararakterli belgilardan biri tezlik xisoblanadi, shuningdek, vaqt birligida filütrlovchi yuzasi birligi bilan olinadigan filtrat miqdori
w, m3/(m2 × s):
dV
Wq -----------,
Fdt
Bunda, V-filtrat xajmi, m3; F-filtrlovchining yuza maydoni, m2; t- vaqt, s.
Filtrlanish tezligi, bosim, qoldiq qatlam qalinligiga, uning tarkibi, suyuq faza yopishqoqligiga va shu kabi boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Filtrlovchi suyuqlik ikki teshikli qatlam orqali o‘tadi: qoldiq qatlam va filtrlovchi pardadevor. Filtrlash jarayonini xisoblash uchun suspenziya, qoldiq va filtrlovchi to‘qimalar tavsifini bilish lozim. Filtrlovchi pardadevor va qoldiqning qarshilik birligi tajribalar orqali aniqlanadi. Kultural suyuqliklarni filütrlash mikroorganizm-produsent turiga, oziqa muxitining miqdoriy va sifatiy tarkibiga xamda fermentasiya sharoitiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Produsentlar o‘lchami va hosil bo‘lgan bo‘ladigan xujayraviy tarkibiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Masalan, penisillin produsenti qalin ipli diametri 5-50 mkm bo‘lgan qalin ip bilan uzun to‘lqinsimon miseliy hosil bo‘lgan qiladi, bularni kulütural suyuqlikdan ajratib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Aktinomiset miseliysi esa yupqa (0,2-1 mkm) shoxlangan iplar bo‘lib chatishib ketgan bo‘ladi. Fermentasiya oxirida lizis bo‘lgan xujayralar soni keskin oshib ketishi kuzatilib, natijada kultural suyuqlikda miselial xujayralar parchalaridan tuzilgan yupqa dispers fraksiya suspenziyasi hosil bo‘lgan qiladi.
Miseliy amorfli, yopishqoq, shilimshiq xarakterga ega bo‘lib filtrlovchi material teshiklari tezda to‘lib qoladi. Bu kulütural suyuqlikning dastlab filtrlanish darajasini oshirmasak amalda filtrlab bo‘lmaydi. Kultural suyuqlikning filtrlanish darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri fermentasiya sharoitidir: xom ashyo tarkibi, miqdori va sifati, oziqa muxiti suyuqligi tarkibidagi moddalar saqlanishi, yog‘lar, fermentasiya davomiligi va x.k. Masalan, soya uni bilan makkajo‘xori ekstrakti birgalikda foydalanilsa, qoldiqning qarshiligi kamayib, filtrlanish tezligi oshadi. Maboda kultural suyuqlikda, foydalanilmay qolgan oziqa muxiti moddalari mavjud bo‘lsa filtrlanish sekinlashadi. Fermentasiya davomiyligi cho‘zilib ketsa xam filtrlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik antibiotiklar kultural suyuqligining filtrlanish darajasini oshirish uchun miseliylarni ajratishdan avval maxsus ishlov beriladi. Kultural suyuqlikning filtrlanishini oshirish uchun issiq koagulyasiya, kislotali koagulyasiya, elektrolit suyuqligi va polielektrolitlar bilan ishlov berish, suyuqlikda bevosita to‘ldirgich-koagulyantlar Hosil bo‘lgan bo‘lishi uchun filtrlash kukunlari qo‘shiladi. Issiq koagulyasiya - asosan suvli oziqada qizdirilganda parchalanmaydigan antibiotiklar uchun qo‘llaniladi. U oqsillarning xarorat oshgandagi denaturasiyasiga asoslangan. Bunda filtrlanish tezligi oqsillar koagulyasiyasi va quyilishixisobiga amalga oshadi ya’ni, ularni qattiq tarkib Hosil bo‘lgan qilib, qoldiqning (tarkibini) xarakterini o‘zgartiradi. Bunda qoldiq engil suvsizlanadi va oson bo‘li nadi. Bundan tashqari, xaroratning oshirilishida (70-750C) kulütural suyuqlik yopishqoqligi keskin kamayadi. Ammo, issiqlik bilan ishlov berish oxirgi mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kislotali koagulyasiya - eritmada pH ko‘rsatkichi past bo‘lganda chidamli bo‘lgan antibiotiklar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. pH ni pasaytirishda kislota tanlash, antibiotikni kimyoviy tozalashdagi talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ammo, kislotali koagulyasiya barcha kulütural suyuqliklarni filütrlanishini yaxshilashni ta’minlay olmaydi. Eng yaxshi samaradorlikka kislotali va issiq koagulyasiyani birgalikda qo‘llanganda erishish mumkin. Filtrlash kukunlari - kultural suyuqlikni tezlik bilan filtrlash uchun amaliyotda keng qo‘llaniladi. Ko‘pincha slikatli kukunlar (perlit, diatomit va boshqalar) yoki yog‘och unidan foydalaniladi. Kukunni suvli suspenziya xolida filütrga quyilib uning yuza qismida 1-2 mm qalinlikda qatlam Hosil bo‘lgan qilinadi va undan kultural suyuqlik o‘tkaziladi. Ushbu qatlamning yuqori qarshilik ko‘rsatishi filtrlanish tezligining oshishiga imkon yaratadi. Ba’zan kukun to‘g‘ridan to‘g‘ri kultural suyuqlikka filtrlanish oldidan solinadi, ammo, bu xolatda filtrlanish tezligi bor-yo‘g‘i 15-20% oshadi, xuddi shu vaqtda qatlamli xolatda esa filtrlanish tezligi bundan 1,5-2 marotaba yuqori bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan usullar barchasi etarli darajada samarador xisoblanmaydi.To‘ldirgich Hosil bo‘lgan qilish usuli - kultural suyuqlikka bevosita erimaydigan qoldiqlar Hosil bo‘lgan qiladigan reagentlar qo‘shib to‘ldirgich Hosil bo‘lgan qilish, koagulyasiya usullarining qoldiq xarakterini yaxshilash va filtrlanish tezliginini oshirishdagi eng samarali usullaridan biri xisoblanadi. Bunday reagentlar sifatida suvli oziqada sulüfat, fosfor, shovul (yoki oksalat kislota) va boshqa kislotalar bilan qoldiq Hosil bo‘lgan qiladigan Ca, Ba, Fe, Al va boshqalar xizmat qilishi mumkin.



Download 5,71 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja

Download 5,71 Mb.