- Mavzu: Ekologik bіotexnologіya. Energiya ishlabchiqarish va organik maxsulotlar biokonversiyasi




Download 5,71 Mb.
bet26/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

7 - Mavzu: Ekologik bіotexnologіya. Energiya ishlabchiqarish va organik maxsulotlar biokonversiyasi
Reja:
1. Ekologiya muammolar va bu muammolarni echishda ekologik biotexnologiya-ning roli.
2. Ekologik biotexnologiyaning muammolari va vazifalari
3.Ekologik biotexnologiyaning shakllanishi va undan amaliy foydalanish-ning muammolari
Ekologiya muammolari va bu muammolarni echishda ekologik biotexnologiyaning roli. Insoniyat dunyoga kelgan vaqtidan buyon yirik hayvonlarni yo‘qotish, o‘rmonlarni ov qilish uchun yondirish, tuproqni va suv xavzalarini ifloslantirish kabi ishlarni amalga oshirish orqali tabiatdagi muvozanatning buzilishiga ta’sir ko‘rsatib kelgan. SHuning uchun har doim insoniyat oldida atrof-muxit muammosi turadi. Insoniyatning sanoat, qishloq xo‘jalik va ma’ishiy faoliyati tufayliatrof muxitning xolati va xususiyatida turli o‘zgarishlar jumladan noxush o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. XX asrda sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va jadallashi natijasida biosferaning tabiiy maxsuldorligining chegarasi-tabiiy resurslar, energiya manbaining, toza havo, toza suv va oziq ovqat zaxirasining tobora kamayishi sezila boshladi. Ekologiya muammolarini bir yoki bir nechta mamlakat miqyosida hal etib bo‘lmaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda hosil bo‘ladigan zZararli antropogen iflosliklar suv va havo orqali bo‘tun territoriyaga tarqaladi.
Atrof muxitni himoya qilish vazifasi biologiyaga taaluqlidir. An’anaviy tushunchalarga ko‘ra ekologiya biologik fanlarga tegishli bo‘lib, organizmlarning, insonlarning o‘zaro va atrof muxit bilan o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Biologiyaning bundan buyon rivojlanishi va uning erishgan natijalarini amaliyotga tadbiq etish- ekologiyaning krizisdan chiqishidagi asosiy yo‘li hisoblanadi. Bunda biotexnologiya katta rol o‘ynaydi. Biotexnologiya atrof muxitni sanoat, qishloq xo‘jaligi va ma’ishiy chiqindilardan himoya qilish, muxitdagi toksin chiqaruvchilarni parchalash (degradratsiya),kabi ekologik muammolarni hal qilishda ishtirok etadi. Biotexnologiya oziq-ovqat va dori moddalari, ozuqa moddalar, mineral xomashyolar va energiya ishlab chiqarishning chiqindisiz jarayonlarini yaratadi. Ekologiya va biotexnologiya maxsulot va texnologiya bo‘yicha o‘zaro xarakt qiladi.
Bugungi kunda barchamizga ma’lumki, ekologik havfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi. Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini xisobga olmay, jadal yuritilgan xo‘jalik faoliyati, Rim klubining «XXI asr yo‘li» deb atalmish tadqiqotlaridan birida ko‘rsatib o‘tilganidek, Er yuzida tuproq nurashi, o‘rmonlardan maxrum bo‘lish, baliqlarning xaddan tashkari ko‘p ovlanishi, tuzli yomgirlar, atmosfera ifloslanishi, ozon qatlami buzilishi va xokazolarning ro‘y berishiga olib keldi. Mutaxassislarning baholashlaricha, 2000 yilda o‘rmonlar egallab turgan maydon quruqlikning 1/6 qisminigina tashkil etdi, holbuki, 1950-yillarda ular 1/4 qismni egallagan edi. Jaxon okeanining suvlari halokatli ravishda ifloslanib bormoqda, uning takroriy maxsuldorligi keskin pasaymokda. Jadal sur’atlar bilan yuz berayotgan urbanizatsiya jarayonlari shaharlarning asosiy aglomeratsiyalari eng yirik ifloslantirish manbalriga olib keldi. Tarkibida oltingugurt kush oksidi bo‘lgan tuzli yomg‘irlar yog‘ishi ko‘paydi. Buning natijasida butun dunyoda ekologik muhitning yomonlashuvi bilan bog‘liq turli-tuman kasalliklar soni ortib bormoqda.
Hozirgi vaqtda jaxon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi yildan-yilga o‘sib borib, ko‘proq miqdorda oziq-ovqat, yonilg‘i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o‘rmonlar egallab turgan maydonlarning jadal sur’atlarda qisqaririshiga, cho‘l-saxrolarning bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning yuqorida joylashgan ozon to‘sig‘i kamayib ketishiga, er havosining o‘rtacha harorati ortib borishiga va boshqa holatlariga sabab bo‘lmoqda.
Atrof muhitni ifloslanishi O‘zbekistonda ham mavjud, chunki ishlab chiqarish, transport vositalari bo‘lar ekan, albbat atrof muhit ifloslanadi. Transport vositalaridan bugungi kunda 200 xildan ortiq zaharli moddalar atmosferaga ko‘tariladi. Ular ichida 3,4-benzapiren moddasi kanserogen hisoblanib, inson organizmiga kuchli ta’kir ko‘rsatadi. Sanoat korxonalari va energetika ob’ektlari to‘liq ishlaganda atmosferaga 1650 ming tonnagacha ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishi mumkin.
Masalan, 1991 yilda atmosferaga 1214 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilganligi va sanoat ishlab chiqarishining kamayganligi sababli 1997 yilda doimiy manbalar ajratmalari 836 ming tonnagacha kamaydi. Uning 85 foizi 5 viloyatga, xususan 37,6% Toshkent viloyatiga, 25,3% qashqadaryo viloyatiga, 11,2 % Farg‘ona viloyatiga, 5,5% Buxoro viloyatiga , 5,3 % Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonda havoning tabiiy changlanganligi yuqori, shu sababli aksariyat sanoati rivojlangan shaharlar va viloyat markazlarida chang bilan ifloslanganlik yillik o‘rtacha darajasi ruxsat etilganidan kam bo‘lmayapti. Havoning oltingugurt dioksid (SO2) bilan yuqori darajada ifloslanganligi Olmaliq, Muborak shaharlarida, uglerod oksidi bilan esa mashinasozlik zavodlari yaqinida va Toshkentning chorrahalarida kuzatiladi. Havoning ammiak bilan yuqori darajada ifloslanganligi Farg‘ona, Chirchiq, Olmaliq, Andijon, Navoiy shaharlaridagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari va oziq-ovqat sanoati korxonalari atrofida kuzatiladi.
Havoning fenollar bilan kuchli ifloslanganligi uglevodorod xom ashyosini ishlatuvchi korxonalar yaqinida (Toshkent, Farg‘ona, CHirchiq, Angren shaharlari), ftorli birikmalar bilan qora metallurgiya korxonalari va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan korxonalar yaqinida (Olmaliq shahri) kuzatiladi. Bekobod, Toshkent, Farg‘ona, CHirchiq shaharlari havosida ozon miqdorining ortishi smog hosil bo‘lishiga qandaydir darajada sabab bo‘ladi.
2. Ekologik biotexnologiyaning muammolari va vazifalari. Ekologik biotexnologiya bu –biologik tizimlarni va jarayonlarni atrof muxit muammolarini xal qilishda va tabiiy resurslardan tejamli foydalanishda qo‘llanishidir.
Bu jarayonlar qishloq xo‘jalik va sanoat, ma’ishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishda, oqava suvlarni xavoni tozalashda, ksenobiotiklarni degradatsiya qilishda, o‘simliklar va xayvonlarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash uchun umuman bezarar bo‘lgan preparatlar yaratishda, oziq-ovqat maxsulotlari , dori preparatalar, energiya va foydali qazilmalar olishning muqobil zararsiz usullar yaratishni o‘z ichiga oladi.
Qishloq xo‘jaligi uchun ekologik biotexnologiya- minimal darajada kimyoviy moddalar qo‘llab oziq-ovqat maxsulotlari olishda yordam berishi kerak.
- Gen va xujayra muxandisligi asosida zaxarli ximikatlardan voz kechish imkonini beruvchi yuqori xosilli, kasalliklarga chidamli o‘simliklarni yaratish. Bu erda xujayralar muxandisligi va meristemalar texnologiyasi muxim o‘rin tutadi.
- zamonaviy genetika va biotexnologiya asosida qishloq xo‘jalik maxsulotlarini xususiyatini o‘zgartirish.
- Bakterial o‘g‘itlar (nitragin, azotobakterin, agrofil,) o‘simlik va xayvonlarning kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash vositalari, ozuqalarni biologik konservantlarini ishlab chiqarishni ko‘pv’atirish
-Tuproq unumdorligini oshirishda organik o‘g‘itlarni, kompostlarni va chorvachilik fermalarining metanli bijg‘ish orqali zararsizlantirilagn chiqindilaridan foydalanish zarur.
Ekologik biotexnologiyaning boshqa vazifalari: Oqava suvlarni tozalash - suvlarni biologik tozalash-aerob va anerob tozalash.
Qattiq chiqindilarni utilizatsiya qilish
Atmosferani tozalash
Oqava suvlarni tozalash – bu suv tarkibida ishtirok etadigan moddalarni va patogen mikroorganizmlarni yo‘qotish tizimidir.
Suvlarni biologik tozalash biofiltr va aerotenk kabi turli qurilmalarda amalga oshiriladi.
Tomchili biofiltr-keng tarqalgan bireaktorlar turiga kiradi. Bu reaktor suyuqlik va xavoga qarama qarshi qo‘zg‘almas qatlamga ega. Biomassa nasadkaning yuzasida plenka shaklida o‘sadi. Nasadka yoki filtrlovchi qatlamning o‘ziga xosligi mikroorganizmlar rivojlanishi uchun yuza va g‘ovakligidir. G‘ovaklik qatlamga zaruriy gazodinamik xususiyat beradi va xavo va suyuqlikning undan o‘tishiga sharoit yaratadi.



Download 5,71 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Mavzu: Ekologik bіotexnologіya. Energiya ishlabchiqarish va organik maxsulotlar biokonversiyasi

Download 5,71 Mb.