1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja




Download 5,71 Mb.
bet2/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

Bioenergetika:
-Mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsuloti biogaz ishlab chiqarish va foydalanishni oshirish
-Suyuq yoqilg‘i sifatida etanolni yirik masshtabda ishlab chiqarish.
Biogeotexnologiya:
-Mikroorganizmlardan biogeotexnologiyada - neft va gaz qazib olish, ularni qayta ishlash, metallarni eritma holiga o‘tkazish xususiyatidan foydalanilib sof holda qimmatbaho metallar ajratib olish;
- tabiiy ma’danlardan yoki ularni chiqindilaridan temir, rux, mis, oltin, kumush, uran va boshqa metallar ajratib olish,
-toshko‘mir tarkibidagi oltingugurtni ajratish jarayonlarini amalga oshiruvchi mikroorganizmlardan va gen muhandisligi usullarida yaratilgan shtammlaridan foydalanish
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish biotexnologiyasi:
-Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashning yangi usullarini yaratish.
-Mikroorganzlar tomonidan sintezlanadigan aminokislotlar, organik kislotalar va polimerlardan qo‘shimcha oziqa sifatida foydalanish.
-Mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadigan oqsillardan foydalanish.
-Oziq-ovqat xomashyolarini qayta ishlashda fermentlardan foydalanish.
-Mikroorganizmlardan bijg‘ish jarayonlarida foydalanish
-Mikroorganizmlarni tomizg‘i sifatida ishlatish
Biotexnologiya bir necha fanlarning qo’shilishidan va ularning muvaffaqiyatlaridan hosil bo’lgan, ya’ni biologik, kimyoviy va texnik fanlar yig’indisidir. Biotexnologiya – bu biologik jarayonlarni va agentlarni ishlab chiqarishda qo’llash va shular orasida yuqori effektli mikroorganizmlar, hujayra kulturasi va o’simlik hamda, hayvonlar to’qimasini asosli maqsadlar uchun olishdir.
Biotexnologik jarayonlar bir necha bosqichdan iborat: ob’ektlarni tayyorlash, ularni o’stirish,tabiatdan ajratish, tozalash, modifikatsiya va olingan mahsulotdan foydalanish. Ko’p bosqichli jarayonlarni bajarish uchun bir nechta mutaxasislar jalb qilinishi kerak. Genetiklar, molekulyar biologlar, bioximiklar, biorganiklar, virusologlar, mikrobiologlar, hujayra fiziologlari, injener texnologlar, biotexnologik asbob uskunalar uchun konstruktorlar va boshqalar.
Biotexnologiya fanining rivojlanishi asosan 3 bosqichdan iborat.
Birinchidan, 1953-yilda Senger insulin oqsilining to’liq tuzilishini aniqladi. Uotson va Krik dezoksiribonuklein kislota (DNK) ikki zanjirdan iborat ekanligini isbotladi.
1963-yilda Nirenberg genetik kodni tushuntirib berdi. Genetik kod bakteriyalar uchun ham, yuksak organizmlar uchun ham, hattoki inson uchun ham universal ekan.
Ikkinch bosqich, anatomik uslublarning mukammallanishi natijasida oqsilning strukturasini avtomatik yo’l bilan aniqlashga erishildi.1978-yilda 500 dan ortiq oqsillarning birlamchi strukturasining ketma-ketligi o’rganilib, "oqsil otlasi" tashkil qilingan va u kompyuter sistemasida saqlanmokda.
Oqsilning strukturasi o’rganilib bo’lgandan keyin, nuklein kislotalarning tuzilishi o’rganilgan. Gilbert va Maksam hamda Senger DNK ni tezlik bilan kimyoviy uslubda aniqlashni o’rgandi va bitta izlanuvchi bir hafta ichida 1000 ga yaqin nukleotidlarning ketma-ketligini aniqlashi mumkin.1982-85 yillarda Nuklein kislotalarni avtomatik uslub bilan aniqlash yo’li yaratildi.
Uchinchi bosqichda biopolimerlarni kerakli strukturada sintez qilish. 1963-yilda Merrifilning izlanishlariga asoslanib polipeptidlarni kommercheskiy avtomatik priborlar (asboblar) yaratildi. Ular ilmiy tekshirish laboratoriyalarida va farmatsevtika ishlab chiqarishida qo’llaniladi.
Yevropa assotsiatsiyasi biotexnologlarning (Myunxen, 1984y.) uchinchi s’ezdida gollandiyalik olim E.Xauvink biotexnologiya fanining tarixini beshta davrga bo‘ldi:
1. Pastergacha bo‘lgan davr (1865 yilgacha). Pivo, vino, pishloq, non mahsulotlarini tayyorlashda spirtli va sut kislotali bijg’ishdan foydalanilgan. Ferment mahsulotlari va uksus olingan.
1665-yilda linza yordamida o’simlik to’qimasi hujayrasi strukturasi o’rganilgan.
1673-yilda oddiy mikroskop yordamida bir hujayrali organizmlar o’rganilgan.
1769-1780 yillarda toza holatda bir qator organik kislotalar olingan – vino, sut, olma, shavel-sirka, limon va boshqa kislotalar.
1789-yilda kristall holatdagi uksus kislota olingan.
1796- yilda odamlarda muvaffaqiyatli vaksinatsiya qilingan.
1857-yilda spirtli bijg’ish jarayoni tirik achitqi hisobiga borishi aniqlangan. Mikrobiologiya biologik fan sifatida qabul qilingan.

Download 5,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja

Download 5,71 Mb.