- Mavzu: Hujayra va to`qima to`plamlari bilan ishlash jarayonida




Download 5,71 Mb.
bet9/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

3 - Mavzu: Hujayra va to`qima to`plamlari bilan ishlash jarayonida
sterillash usullarini o`rganish
Ajratilgan o‘simlik hujayralari va to‘qimalari bilan ishlash jarayonida sterillash usullariни o’rganish
Mavzuning mazmuni. Ajratilgan organlar, to‘qimalar, hujayra va protoplastlarni o‘stirishning muhim shartlaridan asosiysi sterillikka katta ahamiyat berishdir. Sterillikni ahamiyati shundan iboratki, ajratilgan organlar, to‘qimalar, hujayralar va protoplastlarni o‘stirish uchun tayyorlangan sun’iy ozuqa muhitlarida mikroorganizmlar ham juda yaxshi o‘sadi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi o‘stirilayotgan hujayra va to‘qimalar uchun ikki yoqlama xavf tug‘diradi. Birinchidan, mikroorganizmlarning yashash faoliyati davrida ozuqa muhitlarining tarkibi sezilarli darajada o‘zgarib, belgilangan turg‘un sharoitda hujayraning o‘sishini to‘xtatadi. Ikkinchidan, o‘simlikdan ajratilgan to‘qima, hujayra va ayniqsa protoplastlarni mikroorganizmlar osongina zararlaydi. Snuning uchun ajratilgan organ, to‘qima, hujayra va protoplastlar bilan olib boriladigan tajribalar steril xonalar, bokslar yoki laminar-bokslarda olib boriladi. Bokslar, asboblar, idishlar, o‘simliklar, ozuqa muhitlari, paxta tiqinlar va boshqa ishga kerakli jixozlar hammasi sterillanadi.
Asbob-uskunalar va materiallar: 500-700 ml li kimyoviy stakanlar (2 ta), distillangan suv uchun bir litrli kolba. Petri likobchalari, buyum oynalar, skalpel, pinset, igna, doka xaltachalar (2 ta), sterilizator, natriy bikarbonatning 1% li eritmasi, Murasiga-Skuga ozuqa muhitili probirkalar, avtoklav, quritish shkafi, sovuq sterillash uchun 0,15-0,45 mkm teshikli filtrlar.
Laminar-boks sterilizatsiyasi. Laminarning ish olib boriladigan ichki yuzasi 70% li spirt bilan artiladi. So‘ng laminarga spirtovka, gugurt, 96% spirtli stakan, sterillangan idishlar, asboblar va sterillangan suvli kolba joylanadi. Meristemalarni ajratishda laminarga binokulyar lupa ham qo‘yiladi. Ishlashdan oldin 2 soat davomida laminar boks bakteriotsid ultrabinafsha lampasi bilan nurlantiriladi. Ishlashdan ikki soat oldin laminarning ichki yuzasi 70% li spirt bilan yana artiladi.
Ish boshlashdan avval qo‘llarni yaxshilab sovun bilan yuvib, spirt bilan artiladi va sterillangan xalat kiyiladi, og‘izga steril niqob tutiladi.

A B
1- rasm. A. Laminar boksning tashqi ko’rinishi. B. Laminar boksda o’simliklarni mikroklonlash uchun ajratish
Idishlarni sterillash. Idishlar quritish shkaflarida quruq issiqda yoki nam bug‘da avtoklavda sterillanadi. Sterillashdan oldin idishlarni yaxshilab yuvib, quritish kerak. Idish yuvish uchun turli idish yuvish vositalari va xrompik (kaliy bixromatning sulfat kislotasidagi eritmasi) ishlatiladi. Yuvilgan idishlarni distirlangan suvda chayib, quritish shkafida quritiladi. Sterillashdan avval xavodan infeksiya tushishining oldini olish uchun probirkalar, kolbalar og‘zi paxta tiqinlar bilan yopiladi va qog‘ozga o‘raladi. So‘ngra idishlarni quritish shkaflariga joylab 2 soat 1600 C da qizdiriladi. Bunday qizdirishda bakteriyalargina emas, balki ularning sporalari ham o‘ladi. Quritish shkafidagi xaroratni 1750 C dan oshirish mumkin emas, chunki paxta tiqinlar sarg‘ayib ketadi idishlar o‘ralgan qog‘oz esa sinuvchan holga kelib qoladi. Avtoklavda bosim ostida bundan ham yaxshiroq sterillashga erishish mumkin, chunki namli issiqlikda qizdirilganda mikroorganizmlar va ularning sporalari yana ham yaxshi o‘ladi. Turli xil stakanlar, Petri likobchalari, pipetkalar, distillangan suvli kolbalar avtoklav qilinadi. Idishlar folga yoki o‘rash qog‘ozlariga o‘ralgan holda 25-30 daqiqa 2 atmosferada avtoklavlanadi. Pipetkalarni avtoklavlashda ularning yuqori qismiga paxta tizib, alohida-alohida qilib o‘raladi.
Asbob-uskunalarni sterillash. Asbob uskunalar, skalpel pinset, ignalar va hakozolar quritish shkafida 12 soat davomida 1400C quruq issiqlikda yoki suvda qaynatib sterillanadi. Temirdan yasalgan asboblar avtoklavlanmaydi, chunki nam bug‘ ta’sirida ular zanglaydi va o‘tmaslashadi. Ish boshlashdan avval va ish davomida asboblar chinni stakanlarga solinib, 96%-li etil spirtida sterillanadi va spirtovka alangasida qizdirib olinadi. Spirtovka alangasida lansetlar, pinsetlar va mikrobiologik ilmoqlar qizdiriladi va steril qog‘ozlar orasida saqlanadi. Sterillangan asboblar faqatgina bir marta uchun ishlatiladi, qayta ishlatilganida ular yana spirtda sterillanadi va alangada qizdiriladi. Igna va pichoqlar spirtga solib sterillanadi.
Materiallarni sterillash. Tajribada ishlatiladigan paxta, doka, paxta tiqinlar, filtr qog‘ozlari, xalatlar va ro‘mollar avtoklavda 2 atmosferada 25-30 daqiqa sterillanadi.
O‘simlik materiallarini sterillash. Urug‘lar, yuqori meristemalar, o‘simlikning turli qismlaridan olingan to‘qima bo‘laklarini sterillash uchun turli sterillovchi eritmalardan:
0,1% li sulemaning eritmasi,
1% li brom eritmasi,
13 % li pergidrol,
3-6% li xloramin, diopid,
10% li natriy gipoxloridning suvdagi eritmalaridan -foydalaniladi.
Ildiz mevalar, tuganaklar, o‘simliklaрning yo‘g‘on poyalari sovun va ishqalagich bilan oqar suvda yaxshilab yuviladi, po‘stlog‘i shilinadi, (ildizlar va ildiz mevalar), distillangan suvda chayiladi va absolyut spirtga bir necha sekundga solib olinadi. O‘simlik ob’ektlari sterillangandan so‘ng, sterillovchi moddalardan tozalash uchun distillangan suvda ko‘p marta chayilishi kerak. Ayniqsa bromidli suv bilan ishlov berilgan o‘simlik materiallarini diqqat bilan yuvish kerak, chunki bromidning eng kam miqdori ham urug‘laрning o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi. Brom bug‘i zaharli bo‘lganligi uchun, brom bilan sterillashda albatta mo’rili shkaflaridan foydalanish kerak. Brom eritmasida faqatgina makka urug‘larini sterillashda foydalanish tavsiya etiladi, loviya, beda, kungaboqar (po‘chog‘idan tozalangan) uchun - pergidrol, pomidor, qovoq va boshqalar uchun -sulema ishlatiladi. Brom va sulema bilan sterillash vaqti 10-15 daqiqani, pergidrol bilan 30 daqiqani tashkil qiladi. Meristemalar va o‘simliklaрning har xil qismlaridan olingan bo‘laklari ikki marotaba tezroq sterillanadi. Tukli urug‘lar (chigit) yuqori konsentratsion sulfat kislotasid 5 daqiqaga solinsa yaxshi sterillanadi. Pergidroldan urug‘lar osonroq yuviladi (steril suv 5-7 marta o‘zgartirilganda). Sulemadan so‘ng suv 5-6 marta o‘zgartiriladi. Bromdan so‘ng suv 12 soat davomida, yuvishing boshida har 30 daqiqada, so‘ngra esa har 3 soat davomida almashtirilib turiladi. Antiseptiklar bilan ishlov bermasdan, pomidor, olma, qovoq, tamaki va dukkaklilardan steril urug‘lar olish mumkin. Etilish davrida bu o‘simlik urug‘lari go‘shtli, yog‘ochli yoki danakli qatlamlar orasida joylashgan bo‘ladi. Sog‘ va zararlanmagan bu mevalar sovunli suvda va spirtda bir necha marta yuviladi. So‘ng aseptik sharoitda bo‘laklarga bo‘linadi, steril skalpel bilan uning ichidan urug‘lar olinadi va steril filtr qog‘ozi solingan Petri likobchalariga solinadi.
Ozuqa muhitlarini sterillash. Ozuqa muhitlari bosim ostida (avtoklavda) bug‘ bilan sterillanadi. Ozuqa muhitlari solingan probirkalar og‘zi paxta tiqinlar bilan yopilib, o‘rash qog‘oziga o‘raladi va 1200C 1 atmosfera bosimda 20 daqiqa davomida avtoklavlanadi. Sovuq sterillash. Issiqlikka chidamsiz organik suyuqliklar, bakteriyalardan mayda teshikli (diametri 0,15-0,45 mkm teshikli) bakterial filtrlardan o‘tkazish orqali tozalanadi.
Ishning borishi. Kartoshka va qulupnay apikal meristemalarini ajratish va o‘stirish uchun kerakli bo‘lgan asboblar, idishlar, ozuqa muhitlari sterillanib olingan bo‘lishi shart.
1.Petri likobchalari (2 ta), 500-700 ml li kimoviy stakanlar (2 ta) va buyum oynachalar pishiq qog‘ozga o‘ralgan xolda 1600C da 2 soat davomida quritish shkaflarida sterillanadi.
2.Skalpel, ajratish ninalari, pinsetlar quritish shkafida 1400 C da 1 soat davomida sterillanadi va tayyorlangan asboblar laminardagi qog‘oz varaqlari orasiga joylanadi.
3.Og‘zi paxta tiqinlar bilan yopilgan probirkalardagi ozuqa muhitlari 1 atmosfera bosimda 20 daqiqa davomida sterillanadi. Ozuqa muhitli probirkalar 10-20 tadan qog‘ozga o‘ralgan bo‘lishi kerak. Bir vaqtning o‘zida o‘simlik materiallari uchun doka xaltachalaрni qog‘ozga o‘rab avtoklavlanadi.

Download 5,71 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Mavzu: Hujayra va to`qima to`plamlari bilan ishlash jarayonida

Download 5,71 Mb.