Mikroorganizmlarni doimiy ko’paytirish




Download 5,71 Mb.
bet12/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

Mikroorganizmlarni doimiy ko’paytirish.
Davriy o‘stirish jarayonida, mikroorganizmlarni eng ko‘p ko‘payish imkoniyatlari to‘lig‘icha ishlatilmaydi. Ularning eng faol davri logarifmik faza davri, ishlab chiqarish siklini juda kam qismini egallaydi, siklning asosiy qismi o‘sishning lag - va sekinlanish fazalariga sarflanadi.
Davriy o‘stirish jarayonida xujayra xar doim o‘zgarib turadi. Dastlab ozuqa muhitidagi moddalar miqdori kerakligidan ko‘p, keyinroq esa sekin asta etishmovchilik boshlanadi va metabolitlar to‘plana boradi. Bu metabolitlarning ko‘pchiligi mikroorganizmlarni o‘sib, ko‘payishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar ozuqa muhitiga birdaniga ko‘p miqdorda ozuqa moddalari solinsa, o‘sish sekinlashadi va bu xodisa ketabolitli repressiya deb ataladi. Moddalarni sekin asta, doimiy ravishda berib turish orqali, mikroorganizmlarni o‘sishini pasayishini oldini olish mumkin. Bunday usul mikroorganizmlarga siqilib substrat (ozuqa) berish deb nom olgan.
O‘stirish jarayonida qo‘shimcha ozuqa moddalari berib borish, ozuqa muxit xajmini oshirib yuboradi. Hajmni doimiy ravishda ushlab turish maqsadida vaqti - vaqti bilan kulütural suyuqlik ( mikroorganizm o‘stirilgan ozuqa muxiti) dan olib turishni taqqazo etadi. O‘stirishning bunday davriy jarayoni “quyib olish - quyish” deb ataladi. qancha miqdorda suyuqlikni quyib olinsa, shuncha miqdorda ozuqa muxiti o‘stirish qurilmasiga quyiladi. Bu usulning oldingisidan farqi shundaki, o‘stirilayotgan mikroorganizmni bir qismi doimiy ravishda olib turiladi va uning o‘rniga yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, ozuqa moddasi quyiladi. Bu usulda - xajm, suyultirish tezligi, suyultirma o‘sish tezligi kabi asosiy ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lmaydi va mikroorganizm kvazistasionar (mnimostasionar) xolatda bo‘ladi. Qism-qism qo‘shib o‘stirishning yana bir yo‘li substratni dializ membranasi orqali yuborib turish. Agar, o‘stirish apparatiga faqatgina ma’lum molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan moddalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan membranalar o‘rnatilsa, eritma erigan moddaning diffuziyasi tufayli bu moddani miqdori doimiy ravishda bir xil ushlab turiladi.
Bu usuldan biomassani ko‘paytirish yoki ozuqa modda miqdori cheklangan mikroorganizmlarni o‘stirish uchun keng qo‘llaniladi. Bu usul shuningdek, mikrooorganizm o‘sishini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fazalardan birida uzoqroq ushlab turish imkoniyatini beradi. Ammo bu usul xujayrani fiziologik xolatini vaqtdan tashqari mi’tadillab turish imkoniyatini bera olmaydi.



Download 5,71 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroorganizmlarni doimiy ko’paytirish

Download 5,71 Mb.