- Mavzu: Mikroorganizmlarni o’stirish usullari




Download 5,71 Mb.
bet10/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

4 - Mavzu: Mikroorganizmlarni o’stirish usullari


Reja:
Mikroorganizmlarni davriy o‘stirish.
Mikroorganizmlarni uzluksiz o‘stirish.
Mikroorganizmlarni uzluksiz o‘stirish usullari.
Sanoat mikrobiologiyasi yoki mikroorganizmlar texnologiyasi mikroorganizm - produsentlarni xususiyatlarini chuqur o‘rganish asosida olingan bilimga asoslanadi.
Produsent - Hosil bo‘lgandorligi va boshqa texnologik xususiyatlari bo‘yicha texnologiyaning barcha talablariga javob bera oladigan mikroorganizmdir. Faqatgina u yoki bu mikroorganizmni o‘sib, rivojlanishi uchun mi’tadil sharoit yaratilgandagina, produsent kerakli miqdorda va sifatda maxsulot etkazib berishi mumkin. Mikrob - produsentlarni o‘stirishning ikki xil usuli ma’lum: yuzaki va suyuq ozuqa sharoitida o‘stirish.
Mikroorganizmlarni yuzaki o‘stirish texnologiyasi juda oddiy. Bu texnologiyaga asosan mikroorganizmlar qattiq yoki suyuq ozuqa muhitining sathida o‘stiriladi. qattiq ozuqa muhiti sifatida agar-agardan tayyorlangan muxitlar, arpa yoki bug‘doy kepagi kabilardan keng foydalaniladi. Aralashtirilgan ozuqa muhiti steril xolatda probirkalarga yoki Petri likobchalariga, shisha idishlarga quyib chiqiladi. Kerakli mikrob- termostatlarga qo‘yiladi va bu erda mikroorganizmlarning o‘sishi va rivojlanishi boshlanadi. Arpa yoki bug‘doy kabi maydalangan, quruq ozuqalar maxsus to‘rtburchak shakldagi idishlarga bir tekis sepib chiqiladi. Mi’tadil xaroratda mikroorganizmlarni o‘sishi bir necha kun davom etadi. SHundan keyin kerakli maxsulot ajratib olinadi. Mikroorganizmlarning yuzaki o‘sish jarayoni ma’lum bir vaqtda to‘xtaganligi sababli davriy xisoblanadi.
Mikroorganizmlarni suyuqlikda o‘stirish jarayoni fermentyor deb ataladigan maxsus usqurmalarda olib boriladi va ushbu jarayonda mikroorganizmlar ozuqa muxitda suzib yuradi. Ushbu usul davriy va doimiy bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlarni suyuqlikda davriy o‘stirilganda, fermentyorga birdaniga xamma ozuqa muxitini solib, sterilizasiya qilinadi va sovitilib, ko‘paytirilishi lozim bo‘lgan mikroorganizmning achitqisi solinadi (ekiladi). Mikroorganizmni o‘stirish, mi’tadil bo‘lgan sharoitda ma’lum bir vaqtgacha davom etadi va shundan so‘ng fermentyorlarning ishi to‘xtatilib, Hosil bo‘lgan bo‘lgan aralashmadan kerakli modda ajratib olinadi. Mikroorganizmlarni suyuqlikda doimiy o‘stirish jarayonida fermentyorga bir tekisda, doimiy ravishda ozuqa muxiti quyib turiladi va shunga mos ravishda tayyor maxsulot saqlovchi suyuqlik (mikroorganizm bilan birga) quyib olinadi va undan kerakli modda ajratib olinadi. Albatta mikroorganizmlarni davriy yoki doimiy o‘stirish sharoiti bir-biridan farq qiladi. Davriy o‘stirishda ozuqa muxitidagi moddalar miqdori bir tekisda kamayib, Hosil bo‘lgan bo‘ladigan modda miqdori esa ko‘tarilib boradi, bu esa mikroorganizmni o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Doimiy o‘stirishda esa, bu ikki ko‘rsatkich bir tekisda turadi, shuning uchun xam mikroorganizmning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 5,71 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Mavzu: Mikroorganizmlarni o’stirish usullari

Download 5,71 Mb.