-Mavzu: Biotexnologiyada fermentlarning tutgan o`rni




Download 5,71 Mb.
bet27/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

8-Mavzu: Biotexnologiyada fermentlarning tutgan o`rni
Fermentlarning ochilish tarixi Fermentlar birinchi bo‘lib rus kimyogari K.S.Kirxgof tomonidan 1814 yilda ochilgan. Rus fiziologi I.P.Pavlov fermentlarni «xayot tashuvchisi» deb atagan.
Fermentlar (enzimlar) - xilma-xil biokimyoviy va kimyoviy reaksiyalarni amalga oshiruvchi oqsil tabiatiga ega bo‘lgan biokatalizatorlardir. 
Fermentlardan biologik katalizator sifatida odamlar, turli xil sohadagi amaliy faoliyatlarida keng foydalanib kelishmoqda. Fermentlar manbai hayvon to‘qimalari, o‘simliklar hujayralari va mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Xozirgi zamon 3000dan ortiq fermentlar borligi aniqlangan, ulardan bir necha yuztasi alohida modda sifatida toza holda ajratib olingan.
Fermentlarning klassifikatsiyasi.
Fermentlar asosiy belgilariga ko‘ra 6 ta katta sinfga bo‘linadi:
Oksidoreduktazalar - oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar.
Transferazalar – tashuvchi (molekulalar ichida va molekulalararo ko‘chishni katalizlovchi) fermentlar.
Gidrolazalar – suv ishtirokida organik birikmalarning parchalanish reaksiyasini tezlashtiruvchi fermentlar.
Ligazalar (sintetaza) – ikki molekula ATF ishtirokida uch pirofosfat bog‘ining uzilishi hisobiga birikishini ta’minlovchi fermentlar.
Liazalar – nogidrolitik ravishda moddaning parchalanishini ta’minlovchi fermentlar.
Izomerazalar – izomerlanish reaksiyalarini ta’minlovchi fermentlar. Ular molekulalar orasidagi ko‘chish, oksidlanish - qaytarilish , kimyoviy bog‘lanishni qayta taqsimlanishi hisobiga, kimyoviy birikmalarning fazoviy izomerlanish reaksiyalarini katalizlovchi ferment.
Fermentlarning ta’sir etish prinsipiFerment va substrat bir-biriga “qulf – kalit” kabi mos kelishi kerakFerment va substrat bir-biriga “qulf – kalit” kabi mos kelishi kerakAmaliyotda qo‘llanilishiAmaliy maqsadlarda qo‘llaniladigan a-amilazani ajratuvchi Bacillus licheniformis, Bac.amyloliguefaciens, Aspergillus oryzae va boshqa mikroorganizmlardir. Bac.licheniformis dan olinadigan a-amilaza juda yuqori haroratga chidamlidir va kraxmalni 1000S atrofidagi haroratda gidroliz qilish qobiliyatiga egadir.
Pivo va vino tayyorlashda solod o‘rniga zamburug‘ning amilaza ferment preparatidan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishni arzonlashtiradi va g‘alla xarajatini kamaytiradi. Shunga o‘xshash amilaza eriydigan kraxmal, dekstrin olish uchun ham ishlatiladi.
Amilaza fermenti bilan ishlov berilgan, sabzavot va mevalardan olingan maxsulotlar o‘zining tarkibida ko‘p miqdorda qand moddalari saqlaydi va yaxshi hazm bo‘ladi, ayniqsa, bu bolalarga foydalidir. Sharbatlarni tindirishda ishlatiladi.
Non va non maxsulotlari tayyorlashda amilaza xamirni achishini tezlashtiradi va nonning sifatini yaxshilaydi. Konditer sanoatlarida achitqi zamburug‘ining invertazasidan (saxarozasi) foydalaniladi, saxarozani glyukoza va fruktozaga aylantirib beradi, u saxarozani yuqori miqdorisida kristallanishining oldini oladi.
Tekstil sanoatida Matolarga oxor berish uchun ishlatilgan kraxmalni ipdan tozalashda foydalaniladi.
Proteaza fermenti (oqsillarni parchalaydi) Mikroorganizmlardan olingan proteolitik fermentlar pishloq tayyorlashda, uni quyiqlashtirish uchun ishlatiladigan renin o‘rnini bosishi mumkin, keyinchalik ulardan go‘shtni yumshatish (tendirizatsiya) uchun foydalanila boshlandi. Bundan tashqari, baliq tuzlanganda uning pishishini tezlatish, vino va pivo tayyorlashda ishlatilmoqda.
Farmatsevtikada tishni oqartirish uchun tish pastasiga qo‘shiladi. Bakteriyalar proteazasi yuvish vositalari ishlab chiqarishda mikrob fermentlari keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Odatda ularga proteolitik, amiliolitik va lipolitik faollikka ega bo‘lgan Bac.subtillis fermentlari qo‘shiladi. Preparatlar sirtqi faol moddalar bilan birgalikda ishlatiladi. Tarkibida ferment bo‘lgan yuvish vositalari yuvish muddatini qisqartiradi, to‘qimalarni saqlanish qobiliyatini o‘zaytiradi, chunki yuvish 40-60S dan oshmagan haroratda olib boriladiTo‘qimachilik sanoatida mikroorganizmlarning fermentlari zig‘irning somoniga ishlov berib, undan tola olish uchun ko‘pdan beri va keng qo‘llanib kelinmoqda.
Teri ishlab chiqarish sanoatida mikrob proteaza fermenti terini oshlashda va uni mayinlashtirishda ishlatiladi. Tarkibida proteaza va lipaza bo‘lgan kompleks preparatni ishlatish natijasida jarayon tezlashadi va yuqori sifatli jun olish imkoniyati vujudga keladi
Mikrob fermentlari tibbiyotning turli xil sohalarida davolovchi vosita sifatida va klinik analizlarni olib borishda qo‘llaniladi. Yallig‘lanish jarayonlarini va kuyishni davolash uchun proteinaza preparatlari qo‘llaniladi. Odam organizmida ayrim fermentlarni sintezlanishi buzilganda, alohida va kompleks holda fermentlar iste’mol qilinadi. Masalan: oshqozon osti bezini funksiyasi buzilganda, tarkibida proteinaza, amilaza va lipaza kompleksi bo‘lgan preparat qabul qilinadi.
Ovqat xazm qilish tizimi fermentlarining axamiyatiSo‘lak fermentlari murakkab uglevodlarga ta’sir etib,kraxmalni glyukozaga aylantiradi: kraxmal o‘zi erimaydi va
qonga so‘rila olmaydi, glyukoza esa yaxshi so‘riladi. Og‘iz bo‘shlig‘i fermentlari kam ishqoriy va neytral muxitda, oshqozon fermentlari nordon, ichak fermentlari nim ishqoriy muxitda ta’sir ko‘rsatadi.
So‘lak fermentlari kraxmalga, oshqozon shirasi fermenlari oqsillarga, yog‘larga va uglevodlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular bu moddalarni qon va limfaga so‘rilish darajasigacha parchalaydi.

Download 5,71 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Biotexnologiyada fermentlarning tutgan o`rni

Download 5,71 Mb.