Kultural suyuqlikdan biomassalarni alohidalash uchun filtrlar.
Ishlash mexanizmiga ko‘ra filtrlar uzliksiz va davriy ta’sirga bo‘linadi. Harakatlanuvchi kuch xarakteri bo‘yicha bosim va vakuum ostida ishlovchi filtrlarga bo‘linadi. Biopreparatlar ishlab chiqarishda ko‘pchilik filtrlar konstruksiyasi miseliylarni ajratish uchun barabanli vakuum filtrlar va ramkali zich-filtrlar qo‘llaniladi. Ramkali zich-filütr chizmasi 48-rasmda aks ettirilgan. Bu uskuna davriy ta’sir etishga mo‘ljallangan bo‘lib, bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan.
Zich-filtr orasida siqilib turuvchi filtrlovchi to‘qima joylashtirilgan, almashtirilib turiluvchi plita va bir xil o‘lchamli ramkalardan tuzilgan. Plita va ramkalar aylanma brusga ikki parallel yon tomondan ruchkalar bilan tiralib turadi. Plita va ramkalar old tomonda joylashgan lobovinaga (1) teskari tomonda joylashgan, gidravlik moslama (6) plunjeri bosimi ta’sir etuvchi lobovina (5) yordamida zich tiralib turadi.
5-rasm.Ramkali zich-filütr
1 - lobovina; 2 - ramka; 3 - plita; 4 - brus; 5 - biriktiruvchi lobovina; 6 - gidravlik moslama; 7 - suvni ko‘tarib qaytargich; 8 - kran.
Ramkali zich filtrda filtrlanish jarayoni quyidagicha kechadi. Kultural suyuqlik bosim ostida kanalga beriladi, undan ramkalar devoridagi tirqishlar orqali ichki yo‘lakchalarga o‘tib ikki ramkaning ichki yuzasi va filtrlovchi panjaralariga tushadi. Miseliylar shu qatlamda ushlanib qoladi, undan sizib o‘tgan eritma esa filtrlovchi salüfetka orqali o‘tib, shundan keyin tarnovlar va kanal bo‘ylab kran orqali ariqqa tushadi. Odatda birinchi filtrat loyqasimon bo‘ladi va ular kulütural suyuqlik yig‘uvchiga qaytariladi. Keyin to‘qimada qoldiq qatlami to‘planadi va filtrlanadi. SHundan keyin filtrat tiniq xolatga o‘tadi. Filtrlangandan keyin miseliy yuvib olinadi. Yuvishdan maqsad - qoldiqqa sizib o‘tgan eritmani olib tashlash, ya’ni, sizib o‘tgan eritmaga miseliydan o‘tgan antibiotiklarni to‘liq o‘tishini ta’minlash xisoblanadi.
Miseliy yuvib bo‘lingandan keyin filtrdan siqilgan Havo tortiladi, ya’ni qoldiqni yuvishda ishlatilgan suvni teshiklardan to‘liq o‘tmasligiga sabab bo‘lgan parchalarni ko‘tarib suyuqlikning to‘liq o‘tishi ta’minlanadi. Keyin xarakatlanuvchi plita surib qo‘yilib, plita va ramkalar echib olinadi, undan qoldiq bunkerga tashlanib, filütrlovchi yo‘lakchalar oqar suvda yuvib tashlanadi. Filtrlash jarayonida doimiy yuqori bosim ostida ishlashga nisbatan, bosimni 0 dan 0,2-0,3 MPa bosimgacha sekin asta oshirib borish filtrning ishlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Filtrlash jarayonida birdan yuqori bosim berish, filtrlovchi to‘qima va Hosil bo‘lgan qilingan filtrlovchi qatlam teshiklarining to‘lib qolishini keltirib chiqaradi va filtrlash jarayoni juda sekin kechadi. Ramkali zich-filtrning kamchiliklari ko‘p fizik mexnat yo‘qotish, xizmat qiluvchi xodimlar uchun og‘ir sanitar xolatni vujudga keltirishi va filtrlash tezligining o‘z vaqtida kechmasligi bilan izoxlanadi.
Barabanli vakuum-filütr o‘zida vakuum ostida ishlovchi uzliksiz ta’sirni mujassamlashtiradi. Filütr gorizontal perforatorli baraban, yopiq filütrlovchi to‘qimadan iborat.
Mikrobiologik sintezdan maqsaddagi maxsulotlarni ajratish bosqichi
Fermentasiya jarayonining oxirgi mahsuloti, muvofiq mikroorganizmlarni saqlovchi kulütural suyuqlik xisoblanadi.
Kultural suyuqlik odatda ko‘p sonli komponentlarning murakkab aralashmasi
bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi bir-biriga fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra yaqin bo‘ladi.
Kultural suyuqlik o‘zida qator erigan mineral tuzlar, uglevodlar, oqsil va boshqa organik moddalarni saqlab polidispersli zarrachalar va aralashmalarning yuqori miqdorini tashkil etadi. Shuningdek, ular ko‘p komponentli eritmagina emas, balki suspenziya xam xisoblanadi. Bu suspenziyadagi dispers faza miseliy yoki mikroorganizm xujayralaridan tuzilgan, shuningdek, ko‘pchilik oziqa muxitlarini saqlovchi (un, makkajo‘xori ekstrakti, quyqasi kabi) qattiq jism parchalarini saqlaydi.
Kultural suyuqlikning xarakterli belgilaridan biri uning maqsaddagi mahsulotlarni kam saqlashi xisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarishda achitqilar biomassasi 5-10% ni tashkil etsa, bakterial preparatlar ishlab chiqarishda bu 1-2% dan oshmaydi. Mikrobiologik sintezning ko‘pchilik maqsaddagi mahsulotlari turli xil faktorlarga chidamsiz bo‘ladi. Masalan, oqsillar, oziqa muxiti rN ko‘rsatkichi o‘zgarishiga, qizdirish va ko‘pchilik fizik-kimyoviy ta’sirlarga o‘ta darajada sezgir bo‘ladi. SHu boisdan maqsaddagi mahsulotlarni ajratish uchun texnologiya ishlab chiqishda nafaqat kulütural suyuqlik fizik-kimyoviy xususiyatlari, balki, unda zarur mahsulotni saqlashi va o‘zgaruvchanligi xam xisobga olinishi lozim.
Barcha biopreparatlarning mahsulot shaklini, ularning olinish nuqtai nazaridan uch asosiy guruxga bo‘lish mumkin:
Birinchi gurux: inaktivirlangan hujayra biomassasi va uning mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan biopreparatlar (oziqa achitqilari, zamburug‘ mitseliysi va boshqalar);
Ikkinchi gurux: mikroorganizm metabolizmi toza mahsulotlariga asoslangan biopreparatlar (vitaminlar, aminokislotalar, antibiotiklar, fermentlar va boshqalar);
Uchinchi gurux: tirik mikroorganizmlarga asoslangan biopreparatlar (o‘simliklarni ximoyalash vositalari, bakterial o‘g‘itlar, oziqalarni siloslash uchun achitqilar va x.k.).
Biopreparatlarning mahsulot shaklini tanlash, mahsulot xususiyatiga, qo‘llanilishining qulayligiga, saqlashda biologik faolligini saqlashi, yuklash va tashishdagi qulaylik va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Mikrobiologik sintezning maqsaddagi mahsulotlari mikroorganizmlar biomassasida (inaktivirlangan yoki tirik xujayralar) yoki kultural suyuqlikda erigan holda yoki bo‘lmasa xujayra ichida joylashgan metabolizm mahsulotlari bo‘lishi mumkin. Birinchi gurux biopreparatlarni olish uchun inaktivirlangan biomassani ajratish, bir qadar oddiy texnologiyaga asoslangan bo‘lib, kultural suyuqlik suyultirilib quritiladi.
Metabolitlarga asoslangan mahsulotlarni ajratish texnologiyasi maqsaddagi mahsulotning kultural suyuqlikda yoki mikroorganizmlar xujayrasi ichida bo‘lishiga bog‘liqdir. Dastlabki xolada ekstraksiya, ion almashinish, adsorbsiya, kristallizasiya kabi usullar qo‘llaniladi. qachonki mahsulot xujayra ichida joylashgan bo‘lsa ekstraksiya usulida yoki xujayra devorini parchalab (dezintegrasiya) so‘ngra maqsaddagi mahsulot ajratib olinadi.
Uchinchi gurux biopreparatlarini olish uchun tirik mikroorganizmlarini ajratish usullari bir-biridan unchalik farq qilmaydi (suyultirish va quritish), ammo, juda katta kulüturalarni Hosil bo‘lgan qilishni talab qiladi.
Odatda maqsaddagi mahsulotni bitta usul yordamida ajratib olishning amalda imkoniyati yo‘q. SHu boisdan bir necha usullar kombinasiyasidan foydalaniladi.
|