• 4.31-rasm. O‘tqazma yenglar detallarining umumiy ko‘rinishi
  • Mavzu №17: Turli bichimdagi yoqa va yenglarga ishlov berish. Reja




    Download 3,52 Mb.
    bet5/5
    Sana16.01.2024
    Hajmi3,52 Mb.
    #138906
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu 17

    Mavzu №17: Turli bichimdagi yoqa va yenglarga ishlov berish.
    Reja:

    1. Yeng avrasiga ishlov berish

    2. Yoqani yoqa o‘miziga o‘tqazish

    3. Yeng astariga ishlov berish.

    Yelka qirqimlari old bo‘lak tomondan kengligi 1,0 sm chok bilan biriktirib tikiladi, bunda boshlanishi va oxirida baxyaqatorlar puxtalab qo‘yiladi, chok namlanadi va maxsus taxta qolipda yorib dazmollanadi. Yorib dazmollayotganda ort bo‘lakdagi solqi bir yo‘la kirishtirib dazmollab ketiladi. Kirishtirib dazmollashdan hosil bo‘ladigan qabariqlikni dazmol cheti yordamida kuraklar tomonga o‘tkaziladi, bunda yoqa o‘mizi cho‘zilib ketmasligi kerak.


    Model qandayligiga qarab, yelka choklariga baxyaqator yuritib bezalishi mumkin. Bunda yorib dazmollangandan keyin yelka choki ort bo‘lak tomonga yotqizib dazmollanadi, ko‘klanadi va o‘ngi tomondan ort bo‘lak bo‘ylab modelga bog‘liq kenglikda bezak baxyaqator bostirib tikiladi.
    Yoqani yoqa o‘miziga biriktirma chok va qo‘yma chok bilan o‘tqaziladi.









    4.31-rasm. O‘tqazma yenglar detallarining umumiy ko‘rinishi:
    a-bir chokli; b-ikki chokli (old bo‘lakda va tirsakda choki bor), d-ikki chokli (ustki va ostki chokli), e-uch chokli.

    Yeng avrasining old qirqimlari ustki bo‘lak bo‘ylab, ostki bo‘lak kertimlar orasida 0,3-0,5 sm solqi hosil qilib 1,0 sm chok kengligida biriktirib tikiladi (4.32-rasm, a). Bostirma chokli yenglarning old qirqimlari yeng uchidan boshlab 12-18 sm uzunlikda biriktirib tikiladi. Uning qolgan qismi tirsak choki bostirib tikilgandan keyin tikiladi.


    Yeng old choki yorib dazmollanib, ayni vaqtda yeng ustki bo‘lagining o‘tar qismi, ya’ni chok oldidagi 3-4 sm kenglikdagi qismi cho‘zibroq dazmollanadi. Bu operatsiya dazmolda yoki pressda bajariladi. Yordamchi andaza qo‘yib, yengning o‘ngida yeng uchini bukish chizig‘i, yengning teskarisida esa kesim joyi belgilanadi.
    Yeng uchiga yelimli usulda ishlov berayotganda, moslashtirilgan biriktirib tikish mashinasida ustiga yelim ip yoki yelim plyonka yopishtirilgan yelimli va yelimsiz gazlama qotirma sifatida ishlatiladi. Old choklariga ishlov berilgandan keyin, bukish haqi chizig‘idan mo‘ljal olib, qotirma pressda yoki dazmolda yeng uchiga yopishtiriladi (4.32-rasm, b).
    Bir tomoniga yelim qoplangan qotirma ishlatilganda, uni yeng bukish haqiga yelimli tomonini pastga qaratib qo‘yiladi. Ishlov berishni tezlatish maqsadida yelim qotirmani yeng uchini bukib dazmollash bilan bir vaqtda yopishtirib ketgan ma’qul. Bunda qotirmani yelim qatlamini yuqori qaratib, eng ustiga qo‘yiladi, yeng uchi bukiladi va presslanadi.
    Tirsak qirqimlaridagi kertimlar, yeng uchidagi bukib dazmollangan ziylar to‘g‘ri keltirilib, tirsak choki 1,0 sm kenglikda biriktirib tikiladi. Bunda avra ustki bo‘lagining tirsak yaqinidagi uzunligi 8-10 sm qismida 0,3-0,4 sm solqi hosil qilinib tikiladi. Tirsak chokidagi solqilar yorib dazmollanadi, yeng uchining shu chokdagi joyi qaytadan bukib dazmollanadi (4.32-rasm, d,e). Yeng tirsak choklarini avval qo‘lda ko‘klab












    Download 3,52 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 3,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu №17: Turli bichimdagi yoqa va yenglarga ishlov berish. Reja

    Download 3,52 Mb.