2. Elеktrolitik dissotsiatsiya - Modda eriganda erituvchi ta’sirida
molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni
.
Dissotsiatsiyaga teskari jaroyon
rekombinatsiya deyiladi.
Eritilgan
modda barcha
molekulalarining
ionlarga
ajralgan
ulushini
ko‘rsatuvchi
son
dissotsiatsiya
darajasi deyiladi.
0
n
n
n- ionlarga ajralgan molekulalar soni,
n
0
– umumiy molekulalar soni.
Dissotsiatsyiya darajasi eritmaning temperaturasi, konsentrasiyasi va
erituvchining dielektrik kirituvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Temperatura ko‘tarilgan
sari dissotsiatsiya darajasi oshadi,
binobarin, musbat va manfiy ionlarning soni
ko‘payadi, elektr o‘tkazuvchanlik ortadi.
Vodorod va barcha metallarning ionlari hamma vaqt musbat ionlardir.
Elеktrolitlarda tashqi elеktr maydon bo’lmaganda ionlar xaotik (tartibsiz)
harakatda bo’ladi. Elеktr maydoni hosil bo’lganda esa (zanjir ulanganda)
ionlarning xaotik harakatiga tartibli harakat qo’shiladi, musbat zaryadli ionlar
manfiy elеktrodga ya’ni katodga tomon harakat qiladi,
shuning uchun ularni
kationlar deyiladi. Manfiy ionlar esa musbat elеktrod (anod)ga tomon harakat
qiladi va ular
anionlar deyiladi. Ionlar tegishli elеktrodga borib unga ortiqcha
elеktronni beradi yoki undan yetishmayotganini
oladi va neytral atomlarga
aylanadi. Elеktrolitlardan tok o’tganda elеktrodlarda modda hosil bo’lishi hodisasi
elеktroliz deyiladi.
Masalan: Mis xlorid (CuCl
2
) tuzining eritmasi orqali tok o’tganda ro’y beradigan
jaroyonni qarash mumkin: Eritmada CuCl
2
molekulasi +2
e zaryadli mis ioniga va
manfiy zaryadli ikkita xlor ioniga 2Cu
-
dissotsiatsiyalanadi.
Mis ioni katodga borib o’ziga ikkita elеktronni olib
neytral mis ioniga aylanadi,
ya’ni
Cu
+2
+2
e→Cu
Ionlarga ajralish jarayoni.
Ikkita xlor ioni anodga borib ikkita elеktronni beradi va xlorning ikkita neytral
atomi hosil bo’ladi, ya’ni 2Cl
-2
– 2
e→2Cl
Buning natijasida elеktrolitdan tok o’tganda elеktrodlarda modda to’planadi.
Elеktroliz hodisasi 1836 yilda ingliz olimi
Maykl Faradey o’rgandi va quyidagi
ikkita qonunni kashf qildi.
a) Faradeyning birinchi qonuni:
elektrodda ajralib chiqqan modda miqdori
elektrolit orqali o‘tgan zaryad miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir :