razryad.
Gazlarda asosiy tok tashuvchilar
musbat va
manfiy ionlar hamda
elеktronlardir.
2. Zarbdan ionlanish. Erkin yugurish yo’li
davomida elеktron elеktr
maydoni ta’sirida olgan kinetik enеrgiya chiqish ishiga teng yoki undan katta
bo’lsa, elеktron atomni ionlashtiradi.
i
A
m
2
2
A
i
– elеktronning chiqish ishi.
qE
qU
m
2
2
Elеktrodlar orasidagi potensiallar ayirmasining shu qiymatidan boshlab gaz
razryadi nomustaqildan mustaqil razryadga
o’tadi.
3.
Gazdagi tok kuchining elektrodlar
orasidagi kuchlanishga bog‘lanishi(VAX).
Kuchlanish o`zining U
c
qiymatiga yetganda
zarb ta’sirida ionlashish boshlanadi. Natijada
tok kuchi keskin oshadi.
4. Mustaqil razryad turlari.
a) Miltillama razryad - siyraklangan gazlarda
yuz beradi. Miltillama razryad musbat ionlar
katoddan urib chiqargan elektronlarning gaz
molekulalarini zarb bilan ionlashi tufayli hosil
bo‘ladi. Katod yaqinida bu elektronlar maydon ta’sirida
endi tezlasha boshlagan
bo‘ladi. Molekulalarning uyg‘ongan holatdan normal holatga o‘tishida,
shuningdek, rekombinatsiyalanishida ko‘pincha energiya ko‘zga ko‘rinuvchi
yorug‘lik tarzida chiqishi mumkin, shuning uchun miltillama razryadda gaz
yorug‘lik chiqaradi. Bu nurlanishning rangi gazning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Neon
solinsa – qizil, geliy solinsa – sariq, argon solinsa – ko`k rangda ko’rinadi.
Siyraklangan gazda ionlar konsentratsiyasi, shuningdek, neytral molekulalar soni
kam bo‘lgani uchun gazda ajraladigan energiya miqdori uncha katta bo‘lmaydi,
shuning uchun gazning nurlanishi sovuq nurlanishligicha qoladi. Hozirgi vaqtda
miltillama razryad turli gaz-yorug‘lik naylarida yorug‘lik manbayi sifatida keng
qo‘llaniladi. Kunduzgi yorug‘lik lampalarida razryad simob bug‘larida bo‘ladi.
Simob bug‘ining nurlanishi nayning ichki sirtiga
qoplangan maxsus moddalar
(lyuminoforlar) qatlami tomonidan yutiladi. Yutilgan yorug‘lik ta’sirida
lyuminoforlar yorug‘lik socha boshlaydi va moddani tanlash yo‘li bilan
nurlanayotgan yorug‘lik tarkibini kunduzgi yorug‘lik tarkibiga yaqin keltirish
mumkin. Gaz-yorug‘lik naylaridan, shuningdek, reklama va dekoratsiya
maqsadlarida ham foydalaniladi.