* Elеktrolitlardagi o’tkazuvchanlik ionli o’tkazuvchanlik deyiladi va asosiy tok
tashuvchilar “musbat” va “manfiy” ionlardir.
Elektrolitda zaryadlar har ikkala
ishorali ionlar tomonidan olib o‘tilgani uchun tok zichligi
n
q
n
q
j
ko‘rinishda ifodalanadi, bu yerda: q
+
va q
-
—kation va anionlarning zaryadi, n
+
va
n
-
-bu ionlarning konsentratsiyasi (hajm birligidagi soni), υ
+
va υ
-
—shu ionlarning
maydon ta’siridagi tartiblangan harakatining o‘rtacha tezliklari.
* Katodda ajralgan modda qalinligini topish formulasi:
Sh
V
m
kjSt
kIt
m
kjt
h
* Elektrolizdan texnikada foydalanish:
a) Galvanostegiya-
Elektroliz yordamida metall buyumlarni boshqa metallning
yupqa qatlami bilan qoplash.
b)
Galvanoplastika - relyefli buyumlarning metall nusxasini olish.
c) Elektr ta’sirida silliqlash - metallarning sirtini elektroliz yo‘li bilan silliqlash.
d) Galvanik element – kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi
qurilma(
A. Volta 1799- yil
)
e) akkumulatorlar - elektr energiyasini yig‘ish qobiliyatiga ega bo‘lgan asboblar.
(1860- yili fransuz fizigi G. Plante)
!!!. Suyuqliklardan tok o`tganda, tokning magnit, issiqlik va kimyoviy ta`sirlari
kuzatiladi.
Yarimo’tkazgichlarda elеktr toki.
1. Yarimo’tkazgich moddalariga D.L.Mendeleev jadvalida 12 ta kimyoviy
element hamda anorganik va organik brikmalar kiradi.
B – bor, C – uglerod, Si – kremniy, P – fosfor, S
– oltingugurt, Ge – germaniy, As – mishyak, Se
– selen, Sn – qalay, Sb – surma, Te – tellur, I –
yod.
Shulardan eng ko’p ishlatiladigani germaniy va
kremniy
elementidir.
Yarimo’tkazgichning
YaO`. larda qarshilikning temperaturaga
bog`lanishi
asosiy xossasi ularning temperaturaga kuchli bog’liqligidir. Temperatura ortishi
bilan yarimo’tkazgich qarshiligi kamayadi. Germaniy va Kremniyning tashqi
elеktron qobig’i yadro atrofida aylanuvchi 4 ta elеktrondan iborat. Kristall hosil
bo’lishida atomlar shunchalik yaqinlashadiki natijada ularning elеktron qobig’i bir
– biriga kirishadi va qo’shni atomlarning valent elеktronlari umumiy bo’lib qoladi.
Ular har biri ikkitadan ortiq elеktron bo’lmagan umumiy orbitada harakatlanadi, bu
umumiy elеktronlar o’zaro kovalent yoki elеktron juft bog’lanish hosil qilib
germaniy yoki kremniy atomlarini bog’lab turadi. Bunday bog’lanishda
qatnashadigan elеktronlar bir vaqtning o’zida ikkita atomga tegishli bo’ladi.
Germaniy va kremniy atom panjarasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Har
bir atom yaqinidagi 4 ta atom bilan kavalent bog’lanish hosil qiladi. Absalyut nol
temperaturada sof yarim o’tkazgich izolyator bo’ladi. Tashqi ta’sir natijasida
temperatura ortadi, tebranma harakatga keladi. Bunda bir qism elеktronlar issiqlik
tebranishlari tufayli atomni tashlab ketadi va erkin bo’lib qoladi. Atomni tashlab
ketgan elеktronlar o’tkazuvchanlik elеktronlari deyiladi. Elеktron bog’lanishdagi
bo’sh joy kovak (teshik) deyiladi. Kovak qo’shni atomdagi elеktron bilan to’lishi
mumkin. Bunda boshqa joyda valent elеktroni buziladi, natijada kovak
harakatlangandek bo’ladi. Shu sababli kovak o’zini “musbat” zarrachadek tutadi.
Agar kristalda elеktr maydoni hosil qilinsa elеktronlar va kovaklar siljib elеktr
tokini hosil qiladi.
2. Sof(aralashmasiz) YaO`. larda asosiy tok tashuvchilar teng sondagi elektronlar
va kovaklar bo`ladi. Yarimo’tkazgichlarda umumiy tok kovaklar toki va
elеktronlar tokining yig’indisiga teng.
E
K
I
I
I
K
I
kovaklar toki,
E
I
elеktronlar hosil qilgan tok.
3. Aralashmali yarimo’tkazgichlar.
a) n – tip (donor) aralashmali YaO`. Agar germaniy va kremniy kristaliga V
valentli mishyak (As) yoki surma (Sb) elementidan ozgina qo’shilsa bunda
mishyak (As) ning IV ta valent elеktroni qo’shni germaniy atomlari bilan juft
elеktron bog’lanishga
kirishadi. Beshinchi
elеktron esa erkin elеktronga aylanadi, shunday
qilib aralashma atomlarining har biri bittadan
erkin elеktronlar hosil qiladi va yarimo’tkazgich
tarkibida kovaklarga nisbatan erkin elеktronlar
miqdori ko’p bo’ladi. Yarimo’tkazgich tarkibida
erkin elеktronlarni ko’paytiradigan aralashmalar
donor aralashmalar deyiladi. Tarkibida donor
aralashmasi bo’lgan yarim o’tkazgichlarda
asosiy tok tashuvchilar elеktronlar bo`ladi.
n-tip o`tkazuvchanlik.
Tarkibida kovaklarga nisbatan elеktronlari ko’p bo’lgan yarimo’tkazgichlar n –
tip(negative
–
manfiy)
yarimo’tkazgich
deyiladi.
b) p – tip (akseptor) aralashmali YaO`. Agar
aralashma sifatida III valentli kimyoviy element
masalan Bor (B) olinsa, u kristal panjara
tugunlarida
turib
faqat
uchta
valent
bog’lanishni to’ldiradi, yetishmayotgan valent
bog’lanish kovak bo’lib qoladi. Shunday qilib
III valentli aralashma elеktron bermaydi, balki
o’z germaniy atomidan elеktronni olib,
kristalda
kovak
hosil
qiladi.
Tarkibida
elеktronlarga nisbatan kovaklari ko’p bo’lgan yarim o’tkazgich p – tip( pozitiv-
musbat) o’tkazgich deyiladi. Yarimo’tkazgich tarkibida kovaklarni ko’paytiradigan
aralashmalar akseptor aralashmalar deyiladi. p – tip yarimo’tkazgichlarda asosiy
tok tashuvchilar kovaklardir. Boshqa atomlar aralashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan
yarim o’tkazgich kristalning o’tkazuvchanligi aralashmali o’tkazuvchanlik
deyiladi.
c) Yarimo`tkazgichli diod – o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka aylantirib
beruvchi qurilma. Diodda ikki xil to`g`ri va teskari o`tish mavjud.
d) Yarimo`tkazgichli triod(tranzistor- uchta elektrodli qurilma) - kuchlanishni bir
necha marta kuchaytirib beruvchi qurilma.
Bazaning tuzilishiga qarab tranzistorlar
p - n- p yoki n - p - n tipda bo‘lishi mumkin, ammo ishlash prinsipi bir xil.
p-tip o`tkazuvchanlik.
|