b) Elektr yoyi. Razryad turlari ichida amaliy jihatdan juda muhim bo‘lgani
elektr yoyidir. Elektr yoyi hosil qilish uchun ikkita ko‘mir sterjen olib, ularning
Gazlarda VAX.
uchlari bir-biriga yaqin joylashtiriladi. Elektrodlarga 40 - 50 V kuchlanish berib,
avval ularning uchlari bir-biriga tekkiziladi. Bunda ikkala sterjenning uchlari
orasida birdaniga ko‘zni qamashtiradigan darajada ravshan yarqirash ro‘y beradi.
Elektrodlarni bir-biridan salgina ajratib, tokning elektrodlar uchlari orasida
cho‘g‘langan havo orqali nur sochuvchi yoy tarzida o‘tayotganini ko‘rish mumkin.
Yoy hosil bo‘lganda manfiy elektrod o‘tkirlashadi, musbat elektrodning uchi esa
chuqurlashadi (krater hosil bo‘ladi). Musbat ko‘mirning temperaturasi 3900°C
gacha, manfiy ko‘mirning temperaturasi esa 2500°C gacha yetadi. V.F. Mitkevich
bu razryadda asosiy rolni manfiy elektroddan keladigan elektronlar oqimi
o‘ynashini ko‘rsatib berdi. Manfiy elektrodning qattiq cho‘g‘langan uchi juda ko‘p
elektronlar chiqaradi, bu elektronlar gazni ionlashtirib, elektrodlar orasida tok hosil
qiladi. Katodning temperaturasi yetarli darajada yuqori bo‘lib tursa, bu tok davom
etadi. Agar katod sovitilsa, yoy o‘chib qoladi. Elektr yoyi faqat ko‘mir elektrodlar
orasidagina emas, balki metall elektrodlar orasida ham hosil bo‘ladi. Elektr yoyini
1802- yilda rus olimi V.V. Petrov kashf. Petrov yoyi kuchli yorug‘lik manbayi
sifatida projektorlarda, kinoproyeksion apparatlarda, mayaklarda qo‘llaniladi. Yoy
temperaturasining yuqori bo‘lishi undan elektr metallurgiyasida elektr bilan
payvand qilishda foydalanishga imkon beradi.
c) Uchqun razryad. Atmosfera bosimiga teng bosim sharoitida elektrodlar
orasidagi elektr maydonning kuchlanganligi juda katta (3 · 106 V/m chamasida)
bo‘lganda havoda hosil bo‘ladi. Uchqun razryad vaqtida o‘ziga xos charsillash
eshitiladi va tashqi ko‘rinishdan u ingichka kanaldan chiqib tarmoqlanayotgan
chuvalchangsimon
ravshan shu’lalardan iborat bo‘ladi. Kuzatishlarning
ko‘rsatishicha, uchqun gazda o‘tadigan uzlukli tokdir. Hosil bo‘lgan uchqun
elektrodlar oralig‘ida tez o‘tib o‘chadi, uning o‘rniga ikkinchisi hosil bo‘ladi, bu
ham o‘chib, uning o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi va hokazo. Uchqun razryad hosil
bo‘lishida gazning elektron zarbidan ionlanishi bilan bir qatorda, gazning uchqun
nuri ta’siridan ionlashish jarayoni ham katta rol o‘ynaydi. Uchqun razryaddan
qattiq qotishmalarga ishlov berishda foydalaniladi. Metallarga ishlov berishda
uchqundan kesgich va parma sifatida foydalaniladi.
d) Toj razryad. Toj razryad bir jinsli bo‘lmagan elektr maydonida bo‘lgan
gazda elektrodlar o‘tkir qismlarining yaqinida och binafsha rangda nurlanish
bo‘lib, zaif shpillash bilan boradi. Agar kuchlanish ottirilib borilsa, bu razryad
uchqun yoki yoy razryadga o‘tadi. Razryad gaz molekulalarini kuchli elektr
maydonda katta tezlikkacha tezlatilgan elektronlar va ionlarning zarb bilan ionlashi
tufayli yuzaga keladi. Gazning uyg‘ongan molekulalarining normal holatga
o‘tishida chiqaradigan yorug‘lik energiyasi hisobiga razryad shu’lalanish bilan ro‘y
beradi. Shu’lalanish eletkrodni o‘rab turuvchi toj shaklida bo‘ladi, shuning uchun
bu razryadni toj razryad deb atalgan. Toj hosil qiluvchi elektrodning ishorasiga
qarab musbat yoki manfiy toj haqida so‘z yuritiladi. Toj razryad yuqori kuchlanish
simlari yaqinida, machtalarning, daraxtlarning o‘tkir uchlarida va boshqa o‘tkir
uchli predmetlar yaqinida hosil bo‘ladi. Yuqori kuchlanishda qurilmalarda,
xususan, yuqori kuchlanishli uzatish liniyalarida toj razryadning hosil bo‘lishi
tokning isrof bo‘lishiga olib keladi. Energiya isrofini kamaytirish maqsadida
yuqori kuchlanish liniyalaridagi o‘tkazgichlarning diametrlari iloji boricha kattaroq
olinadi—kuchlanish qancha katta bo‘lsa, o‘tkazgich diametri ham shuncha katta
olinadi. Xuddi shuningdek, yuqori kuchlanishli apparatlarning mantaji yetarlicha
katta diametrli kovak trubalar yordamida olib boriladi. Yashin qaytargichning
ishlashi toj razryadga asoslangan. Atmosferada momaqaldiroq bo‘lgan vaqtda hosil
bo‘ladigan kuchli elektr maydon yashin qaytargichning uchida toj razryadni
vujudga keltiradi. Bu razryad atmosfera elektr zaryadlarining bino oldida
to‘planishiga yo‘l qo‘ymay, ularni uzluksiz yerga o‘tkazib turadi va shu bilan
binoni yashin zarbidan muhofaza qiladi.
Yashin. Yashin atmosferada ro‘y beradigan uchqun razryaddan iborat.
XVIII asrning o‘rtalaridayoq yashin tashqi ko‘rinishdan elektr uchquniga
o‘xshashligiga e’tibor qilishgan. 1752—1753- yillarda bir-biridan bexabar rus
fizigi va kimyogari M.V. Lomonosov va amerikalik fizik V. Franklinlar tajribalar
asosida momaqaldiroq bulutlarida juda katta elektr zaryadlari to‘planishini va
yashin faqat o‘lchamlari bilangina farq qiluvchi nihoyatda katta uchqun ekanligini
isbot qildilar. Momaqaldiroq bulutining turli qismlari turli ishorali zaryadlarni
eltadi. Ko‘pincha bulutning pastki (Yerga tomon qaragan) qismi manfiy, yuqori
qismi esa musbat zaryadlangan bo‘ladi. Shuning uchun, agar ikki bulut turli
ishorali zaryadlangan qismlari bilan bir-biriga yaqinlashib qolsa, u holda ular
orasida razryad sodir bo‘ladi - yashin chaqnaydi. Biroq yashin boshqacha sodir
bo‘lishi ham mumkin. Momaqaldiroq buluti Yer ustidan o‘tayotganda Yer sirtida
katta induksion zaryadlarni yuzaga keltiradi. Natijada bulut va Yer sirti go‘yo
kondensatorning ikki qoplamasi bo‘lib qoladi. Bulut bilan Yer sirti orasidagi
potensiallar farqi bir necha yuz million voltlarda o‘lchanadigan juda katta
qiymatga ega bo‘ladi. Havoda kuchli elektr maydon hosil bo‘ladi. Agar bu
maydonning kuchlanishi yetarlicha katta bo‘lsa, u holda Yer va havo oralig‘ida
Yerga uriladigan (tegadigan) yashin chaqnaydi. Bunday hollarda ba’zan yashin
odamlarga shikast yetkazadi, binolarda yong‘in chiqaradi. Yashin kanalining
ichida havo kuchli qiziydi va kengayadi, oqibatda tovush to‘lqinlari hosil bo‘ladi.
Bu to‘lqinlar bulutlar, tog‘lar va hokazolardan aks etib, davomli aks sado—
momaqaldiroqning gumburlashini yuzaga keltirib chiqaradi. V. Franklin va M.
Lomonosov zamonidan buyon yashindan muhofaza qilish uchun yashin
qaytargichdan foydalanib kelinadi. Yashin qaytargich o‘tkir uchli metall sterjen
bo‘lib, yerga yaxshilab ulanadi va himoya qilinayotgan binoning eng yuqori
nuqtasidan balandroqqa mahkam o‘rnatib qo‘yiladi. Yashin qaytargichning himoya
ta’siri uning taxminan ikki balandligiga teng masofagacha tarqaladi.
5. Plazma - to`liq ionlashgan gaz. O’ta yuqori temperatura (T=10000K) da
gaz molekulalarining to’qnashuvi tufayli ionlanish sodir bo’ladi va modda plazma
deb ataluvchi yangi holatga o’tadi. Plazma deb elеktrik jihatdan qisman yoki to’liq
ionlashgan moddaning holatiga aytiladi. Plazmada elektron va ionlarning
konsentratsiyasi bir xil bo`ladi. shuning uchun u elektr jihatidan to`la neytraldir.
Plazma elektr o`tkazuvchanligi bo`yicha metallarga yaqin bo’ladi.
|