• Turpaket narxi
  • Turopereyting




    Download 490,94 Kb.
    bet12/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Paket tur (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar kompleksi
    Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar:
    berilgan sayohatga talab mavjudligi;
    xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi;
    avikompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati;
    jo‘natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar;
    hamkor turistik tashkilotlar bilan munosabat;
    tashlangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;
    mamlakatning siyosiy barqarorligi.

    Turpaket narxi. Turpaketning muvaffaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu – narxdir. Narxlashtirishda boshqalarnikiga o‘xshamagan, alohida hususiyatli turpaketga ega bo‘lgan turoperatorlar ko‘proq erkinlikka egadir. Ular narxni asosan xizmatlarni sotib olish va boshqa harajatlar, shuningdek daromadning ma’lum foizini kiritishga asoslanib belgilaydilar. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor etakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu bilan raqiblarining narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Tur paket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi. Turizmda narxlarni hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlarini unutmaslik lozim. Masalan, agar mavsumiy dasturda uzoq-vaqtli charter reyslarining (seriyasining) ketma-ketiligi, joylashtirishning “back to back” tamoyili qo‘llanilayotgan bo‘lsa, harajatlar mavsum boshi va oxiridagi bitta bo‘sh reys ma’lum samalyotdagi jo‘natishlar soni va o‘rinlar sonini hisoblash orqali aniqlandi. Ular kirishlar soniga bo‘linadi va bu turpaket narxiga kirituvchi bitta uchishning narxidir. Ammo turoperatorlar narxlarni hisoblashning harajatlar usulini qo‘llashda marketing ma’lumotlarini qo‘llash bilan birga o‘rta bozor narxlarini ham inobatga olishadi.
    Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. “O‘lik mavsum”da narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Narxlashtirish strategiyasi rivojlanish bosqichida bu aynan turpaketlar uchun xosdir. Turpaketlar narxi nafaqat turistik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.



    Download 490,94 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




    Download 490,94 Kb.