|
Tayanch so‘zlar va iboralar
|
bet | 20/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.orgTayanch so‘zlar va iboralar: Turni loyihalash, menejmaent, animatsiya, animator, mahsulot sifati, xizmatlar sifati, turoperator ishi sifati, joylashtirish vositalari, kollektiv joylashtirish vositalari, individual joylashtirish vositalari, mehmonxona turlari, keping, turistik avtofurgon, restoran, kafe, transport xizmatlari, yo‘lovchilar xavfsizligi, ichki aviatashuv, xalqaro aviatashuv, kruiz, otliq turistik marshrut.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
Turistik xizmatlar deganda nimani tushunasiz?
Turizm animatsiyasi nima degani?
Turizmdagi animatsion yo‘nalishlarning qaysilari sizga tanish?
Animatsion dasturlarning o‘zi, boshqa ob’ektlarsiz, turistlarni jalb qila oladimi?
Turistlarni joylashtirish vositalari necha guruhga bo‘linadi?
Mehmonxonalar va anologik korxonalarga nimalar kiradi?
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi nimalarga asoslanadi?
4-MAVZU. TURISTIK MARSHRUTLAR ISHLAB CHIQISHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Reja:
4.1.Turistik marshrutlar turizmni rivojlantirishning asoslaridan hisoblanishi.
4.2.Turizm marshrutlarini ishlab chiqishning turizm iqtisodiyotidagi o‘rni.
4.3.Turizm marshrutlarini ishlab chiqishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati.
4.1.Turistik marshrutlar turizmni rivojlantirishning
asoslaridan hisoblanishi
Turistik marshrutlar har qanday davlatda, tabiiy-madaniy mintaqada turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri ekanligini isbotlashdir. Turizmni rivojlantirish asoslari albatta birgina turistik marshrutlar ishlab chiqishdan iborat emas albatta. Turist uchun birinchi talab kelib dam olish, tunash joyini aniqlash hisoblanadi. Demak, turizmni rivojlantirishning birinchi navbatdagi asoslari mehmonxona xo‘jaliklarini jahon andozalari talabiga etkazishni talab qiladi.
Mehmonxonaga joylashgan turist albatta ovqatlanish masalalari, transport xizmatlari, dam olish tizimi va ko‘ngil ochar o‘yinlar rejalari bilan tanishadi. Keyinchi? keyin u o‘zi qiziqib izlab kelgan turistik ob’ektga borishni taklif qiladi, aniqrog‘i turfirma yoki mehmonxona xo‘jaligi bu taklifni tayyorlaydi. Ana shu taklif turistik marshrut deyiladi. Umuman olganda turizm alohida davlatda jahon miqyosida rivojlanishi uchun birinchi navbatda dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan turistik resurslari bo‘lishi talab qilinadi.
Dunyoviy ahamiyatga molik turizm resurslarini butun dunyo aholisi biladi, yoki bu resurs yoki resurslar haqida shov-shuvli axborotlarni eshitishgan. Masalan: dunyoning etti mo‘‘jizalaridan biri piramidalarni olsak. Bu qadimiy mo‘‘jiza obidani maktabning birinchi sinf o‘quvchilari ham bilishadi, ko‘rishga qiziqadi. Ana shu qiziqish o‘sha maktab o‘quvchisini ulg‘ayganidan keyin piramidalarni ko‘rishga chorlashi aniq.
Turistik marshrutlar turizmni rivojlantirishning asoslaridan hisoblanishi turistning yoki turistlarning o‘z hohishlari bilan ma’lum bir davlatdagi turistik ob’ektga yoki ob’ektlarni ko‘rishga kelganligi va uni ko‘rib ketishda albatda turistik marshrutdan foydalanganligi tushuniladi. Turistlar foydalaniladigan marshrut esa oldindan ishlab chiqilgan, turistik marshrutning xizmatlar ko‘rsatish dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Har bir turistik ob’ektga turistlar kirishi ruxsat berilgandan keyin bu ob’ekt turizmga xizmat qila boshlaydi. Ba’zida va ko‘p hollarda turizmda foydalanishga ruxsat berilgan turistik ob’ektlarga turistik marshrutning yo‘qligi natijasida ushbu ob’ekt turizmda ishlamaydi. Masalan, vatanimiz dagi Amir temir g‘ori dunyoga mashhur g‘orlardan hisoblanadi. Bu g‘ordan ichki turizmda ham tashqi turizmda ham foydalanishga ruxsat berilgan. Lekin g‘orga etib borish va uning ichki qismini tomosha qilishning turistik marshrutlari ishlab chiqilmaganligidan hozirda bu g‘or turizmda ishlamaydi.
Turizmda jahonga tanilgan bu g‘orni ko‘rishga xalqaro miqyosda tarixchilar, geograflar va juda ko‘plab ishqibozlar bor. Bu g‘orga turistik marshrutning yo‘qligining asosiy sababi turizmga befarqligimizdan bu g‘orga etib borish yo‘lini tozalaganimiz yo‘q. G‘orning yaqiniga transport bilan etib borish mumkin lekin yaqinlashgandan keyin g‘orga boradigan tog‘ yo‘li ochilmagan. Xuddi shunday holat mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlan- tirishdagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Aniqrog‘i shundan iboratki chet ellik turistlarning talablarini o‘rganganimizda har 100 turistdan 60-65 tasi vatanimizdagi tabiat qo‘riqxonalarini ko‘rish istagini bildirishgan. Lekin, hozirgacha tabiat qo‘riqxonalarimizdan turizmda foydalanishning huquqiy me’yorlari ishlab chiqilmagan. Shu sababli chet ellik turistlarning tabiat qo‘riqxonalarimizdan foydalanishdagi taklif va talablari rad qilinmoqda. O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, turistik firmalarimiz tabiat qo‘riqxonalariga turistik marshrutlar ishlab chiqmaydi va turizm bozoriga ham chiqarmaydi.
Shu o‘rinda yana bir muhim masalani ham afsus bilan ta’kidlash lozimki, mamlakatimizdagi tabiat qo‘riqxonalariga va tabiat buyurtmaxonalariga vatanimizning fuqarolari ham qo‘yilmaydi. Shuning uchun ham aholining tabiat qo‘riqxonalarini bilishi ayniqsa, oliy ta’lim talabalarining qo‘riqxonalarimizni bilishi o‘ta darajalarda qoniqarsiz hisoblanadi. Bunday noxush holatlar albatta tuzatilishi lozim.
Xulosa qilganimizda, har qanday turistik ob’ekt turizmda foydalanishga ruxsat berilgan va ushbu turistik ob’ektga turistik marshrutlar ishlab chiqilgandan keyin ichki va xalqaro turizmda ishlay boshlashi mumkin.
|
| |