Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga qo‘yiladigan talablar




Download 490,94 Kb.
bet16/123
Sana30.01.2024
Hajmi490,94 Kb.
#148296
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123
Bog'liq
Turopereyting-fayllar.org

Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga qo‘yiladigan talablar. Turistik xizmat ko‘rsatish texnologiyasida asosiy xizmatlardan biri bu ovqatlantirish hisoblanadi. Ovqatlantirish turizm industriyasi o‘z ichiga quyidagi ovqatlantirish korxonalari turlarini oladi:
1. Restoranlar.
2. Kafe.
3. Barlar (gril barlari, pivo barlari, foto barlari, kokteyl barlari va boshqalar).
4. Oshxonalar.
5. Oshxona – fabrikalar.
6. Tayyorlov fabrikalari.
7. Bufetlar.
8. Oziq-ovqat va qandolat magazinlari.
Bunday korxonalar turistik firmalarning o‘zida bo‘lishi yoki ijaraga olinishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi mehmonxonalar tarkibiga kirgan bo‘ladi, kamdan kam hollarda mustaqil faoliyat yuritadilar.
Korxonalar xizmat ko‘rsatish shakliga ko‘ra ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Turistlar ovqatlanishi rejimi bo‘yicha to‘liq pansion va yarim pansionga;
maxsus ovqatlantirishga;
bolalarni ovqatlantirish va boshqalarga bo‘linadi.
Qator mehmonxonalar nomerlarida oshxonalar, mini barlar mavjud. Ovqatlantirish xizmati ham nomerda, ham ovqatlantirish korxonalarida ko‘rsatilishi mumkin. Turistlarni ovqatlantirish turlari bo‘yicha bu xizmat:
kompleks ovqatlantirishga;
tanlash asosida ovqatlantirishga, avvaldan buyurtma orqali ovqatlantirish, shu jumladan, bayramlar, qabullar, yubileylar, banketlarga xizmat ko‘rsatish kabilarga bo‘linadi.
Bundan tashqari, ovqatlantirish korxonalari milliy, Yevropa, koreys, xitoy, gruzin va boshqa oshxonalarga bo‘linishi mumkin. Korxonalar yana joylar soni, ish tartibiga qarab ham ajratiladi.Texnik jihozlanishi, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi, joyning arxitektura-badiiy jihatdan bezatilishi, narxlar, joylashgan joyi, avtomatlashtirilganlik darajasi va korxonaning boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra ovqatlantirish turizmi industriyasi korxonalari kategoriyalariga ajratiladi. Kategoriya - ovqatlantirish korxonasining xizmat ko‘rsatish darajasini belgilovchi farqli belgi hisoblanadi. Kategoriya * (yulduz) belgisi bilan belgilanadi. YUqori kategoriya - 5 yulduzli past kategoriyaligi esa bir yulduzli hisoblanadi.O‘rnatilgan talablar javob bermagan sertifikatsiyadan o‘tmagan korxonalar eski kategoriyada qoladilar. Kategoriya berish O‘zbekiston Respublikasining sertifikatsiyalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.


Download 490,94 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123




Download 490,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga qo‘yiladigan talablar

Download 490,94 Kb.