• Ahmad Farg‘oniy (797-865).
  • Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-847)




    Download 490,94 Kb.
    bet24/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-847). Xorazm ilmiy maktabi ning ilk ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Muhammad Xorazmiy bo‘lib, u Amerikalik sharqshunos D. Sarton ta’biri bilan aytganda “barcha zamonlarning eng ulug‘ matematiklaridan biri” edi. Muhammad Xorazmiy Xorazmda tug‘ilgan va Bag‘dodda vafot etgan. Al- Xorazmiyning asarlarida hammasi bo‘lib 537 joy ning nomi, shaharlar, tog‘lar (203 ta nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-alohida yozilgan.Uning sayohatlarida Qizil dengiz, Hind va Atlantik okeanlari kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, Azov dengizi, Nil dayosi havzalariga izoh beril gan. Italiyalik sharqshunos K. Nallino-“Yevropadagi hech bir xalq Al- Xorazmiy erishgan yutuqqa erishgan va bunday asar yaratishga qobil emas edi” deb yozgan edi. Al-Xorazmiyning sayohatlari natijasida yaratgan geografik g‘oyalari bu fanni yangi pog‘onaga ko‘tarib, 9 asr boshlarida SHarqda yangi geografiya fani ning yaratilishiga olib keldi.

    Ahmad Farg‘oniy (797-865). Ahmad Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan va dastlabki ilmni shuerda olib voyaga etgan. So‘ng o‘sha zamonda Sharqda mashhur bo‘lgan Bag‘doddagi “Bayt al-hikma” akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lgan. Ahmad Farg‘oniy Quyosh va Oy tutilishlarini ham ilmiy jihatdan isbotlab bergan, yulduzlar ilmining sultoni deyilgan mirzo Ulug‘bekdan besh asr oldin Quyosh va yulduzlarning harakat yo‘nalishlarini, Er shar shaklida ekanligini va u qutblar deb ataluvchi ikki o‘q atrofida harakatlanishini ham isbotlab bergan.
    Oradan 800 yil o‘tgach Xristofor Kolumb hamda 16 asrda Er shari bo‘ylab aylanma sayohatni oshirgan Fernando Magellan ham Ahmad Farg‘oniyning Er shari hajmini hisoblash uchun ishlatgan bir daraja meridian uzunligi haqidagi hisob-kitoblarning naqadar to‘g‘ri ekanligini yozib qoldirgan. Ahmad Farg‘oniy Nil daryosining suvini doimiy o‘lchab turuvchi nilomer asbobini yasagan. Bu asbob bo‘yicha butun Nil daryozi havzasida muvaffaqiyatli dehqon chilik qilingan. Bu asbob bo‘yicha Nil daryosining toshqinli davrlari oldin dan ma’lum bo‘lgan.
    Misr hukumati vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniyning ushbu mamlakat oldidagi xizmatlariga yuksak ehtirom sifatida Nil daryosidagi Roda orolida uning haykalini o‘rnatishga qaror qildi. Ushbu haykal prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yilda Misrga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida tantanali ravishda ochilgan.

    Download 490,94 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123




    Download 490,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-847)

    Download 490,94 Kb.