|
Turizm marshrutlarini ishlab chiqishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati
|
bet | 22/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.org4.3.Turizm marshrutlarini ishlab chiqishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati
Fikrimizcha mahalliy mehnat resurslarini ish o‘rinlari bilan ta’minlashda turistik ob’ektga turistik marshrutlar ishlab chiqish juda katta ahamiyatga ega. Hozircha diniy ziyoratgoh turistik resurslardan turizm maqsadlarida foydalanish tobora rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanish asosan shaharlar va tuman markazlaridagi diniy rahnomalar dafn qilingan joylarga mahalliy va xalqaro turistlarning tashrifi kuchayishi asosida yuz bermoqda.
Navbatdagi vazifa mahalliy tumanlardagi mashhur diniy rahnomalar, avliyolar, xo‘jalar va sayidlar daxmalari, maqbaralari va xaziralariga turistik marshrutlar ishlab chiqishni kuchaytirish zarur. Tumanlardagi bunday makonlarda turistik xizmatlarning yo‘qligi yoki qoniqarsiz holatda ekanligidan mahalliy turizmni rivojlantirish dasturlari juda sust bajarilmoqda. Vaholanki, mahalliy aholini ish bilan ta’minlashda turistik marshrutlar yaratish, turizmni rivojlantirishda iqtisodiy jihatdan eng istiqbolli usullardan hisoblanadi.
Turistik marshrutlar yaratishning yana bir muhim tomoni shundaki, turistik marshrutda turistik oqimning kuchayishi ichki turizmda ham xalqaro turizmda ham ellar, xalqlar va millatlar o‘rtasida tanishuv, do‘stlashuv, o‘zaro hamkorlik rishtalari hosil bo‘ladi. Hozircha bunday do‘stona aloqalar asosan shaharlar aholisi bilan chet elliklar o‘rtasida yuz bermoqda. Bu holatning asosiy sabablari chet ellik turistlarni hanuzgacha shaharlarimizdan tashqaridagi tabiat mintaqalariga, landshaftlariga, qo‘riqxonalari yoki suv havzalariga jalb qilaolmaganimizdadir.
Hozirgi ma’lumotlardan ma’lumki, O‘zbekistonning 70 % hududlarini cho‘l va adir mintaqasi egallaydi. Bu mintaqada hozircha 55 ta turistik resurs ro‘yxatga olindi. Bu resurslar 14 ta alohida-alohida mavzularda ekanligi, bepoyon cho‘l tabiati, cho‘l xalqi hayoti, cho‘lning o‘simliklar olami va hayvonat dunyosidan mahalliy turizm va xalqaro turizmni rivojlantirishda foydalan sak ishonch komilki, albatta dastlab turistik marshrutlar ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, bu turistik marshrutlar bo‘ylab albatta xizmatlar ko‘rsatish joylari, texnik servis xizmati, palatkali mavsumiy turistik lagerlar, ekzotik ekskursiyalar (tuyalarda, otlarda, eshaklarda, aravalarda) tashkil qilinadi. Milliy ovqatlanish shoxobchalari vujudga keladi. Tabiiyki, bu xizmatlarning barchasini mahalliy aholi bajaradi. Ikkinchidan, cho‘l hududlari shaharlar va tumanlar markazidan uzoq bo‘lganligi uchun turistlar albatta tunab qoladilar. Tunash uchun cho‘l xalqining mashhur “qora uy”lari (kigizdan) taklif qilinsa har qanday turist (hatto mahalliy turistlar ham) o‘zining qiziqishi (balkim, birinchi marotaba tunayotgandir) tufayli o‘sha joyda kamida 1-2 kun qolib ketadi.
Xalqaro turist ham mahalliy turist ham ana shu 1-2 kunlik muddatda albatta mahalliy aholi vakillari bilan tanishishadi, do‘stlashadi. Xalqimizning mehmondo‘stligi, qiziqish va hokazo insoniylik xislatlari turistlarni jalb qiladi, bordi–keldi, mamlakatlar o‘rtasida axborotlar almashish va hokazo bog‘lanishlar yuz berishi aniq. Bunday do‘stona munosabat larning vujudga kelishi, xalqlar haqidagi bilim, davlatlar haqida ma’lumot lar albatta insonda fikrning kengayishi, olamga boshqacha nazar solish hissiyotlarini hosil qiladi.
Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizdagi barcha turistik resurslarga turistik marshrutlarni ishlab chiqishni boshlash turizmni rivojlantirishda eng muhim iqtisodiy omil bo‘lar ekan. Turistik resurslarga turistik marshrutlar ishlab chiqishning nazariy asoslarini o‘rganish turizm resurslaridan foydalanishning davlat dasturini ham yaratishni kun tartibiga qo‘yadi. Turizm marshrutlarini ishlab chiqishning mamlakat hayotidagi o‘rni, ahamiyatini belgilashda juda katta imkoniyatlar borligini hisobga olishi miznitalab qilmoqda. Hozirgi turizm rivojida turizm xizmatlari infratuzilmalarini yaratish, mukammallashtirish masalalari ham dolzarb muammolar ro‘yxatida turibdi.
Ko‘p holllarda turizm tashkilotlari, turistik firmalar hattoki turizmni boshqarish tashkilotlari ham turistik resurslar, turistik ob’ektlarda dastlab turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarni yaratishni birinchi muammolar qatoriga qo‘yadilar. Bu holatni ham albatda to‘g‘ri deb qabul qilish kerak. Lekin moliyaviy muammolarning kelib chiqishi natijasida qurilishga rejalashtirilgan infratuzilmalarni yaratish ancha muddatlarga kechikib ketadi.
Hali turizm maqsadlarida foydalanilmagan, lekin turistik resursdan bu turistik ob’ektlarga hech ikkilanmasdan turistik marshrutlarni ishlab chiqish va turizm bozoriga chiqarish zarur. Halqaro yoki ichki turizm maqsadlarida foydalanishning dolzarbligi yuzaga chiqqan holatlarda bunday turistik ob’ektlarga turistik marshrutlar orqali turistlarning tashrif buyurishi natijasida turistik ob’ekt atrofidagi mahalliy aholida kutilmagan holatlarda turizm infratuzilmalarini yaratish tadbirkorligi o‘zi-o‘zidan boshlanib ketadi. Chunki turistlarga mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish, mahalliy oziq-ovqatlarni sotish, hattoki, joylash tirish xizmatlarini sotish ehtiyojlari kelib chiqadi.
|
| |