Turopereyting




Download 490,94 Kb.
bet32/123
Sana30.01.2024
Hajmi490,94 Kb.
#148296
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
Bog'liq
Turopereyting-fayllar.org

Jeyms Kuk (1728-1779). Jeyms Kuk mashqur ingliz dengizchi-sayyohi va kartografi, ko‘plab yangi orollari kashf etgan, Er shari bo‘ylab uchta aylanma sayohatga boshchilik qilgan, qit’alarning qirg‘oqlarini va dengiz, okeanlarni tadqiq qilgan, birinchi bo‘lib Avstraliya qirg‘oqlarini xaritaga tushirgan, aysberglarga birinchi bo‘lib ta’rif bergan, dunyoning ko‘plab davlatlarining xalqaro mukofotlarini olgan mashhur sayyoh. Dunyoda o‘tmishda ham, hozirgi davrlarda ham mashhur bo‘lgan va hayoti dahshatli darajada fojia bilan tugagan jasur inson.
Jeyms Kukning o‘sha vaqtdagi mashhur “Indevor” kemasi 1799 yilning yanvar oyida o‘zi kashf qilgan Gavayi oroli qirg‘oqlarida langar tashladi. Mahalliy–aborigenlar-kanniballarligini (odamxo‘rlar) Jeyms Kuk yaxshi bilardi. Hatto u oldingi sayohatlarida bularni qo‘y go‘shtiga o‘rgatish uchun Angliyadan ko‘plab tirik qo‘ylar ham olib kelgandi.Aborigenlar Kukni o‘z xudolaridek kutib oldi. O’z navbatida Kuk ham ularning kemani tomosho qilishiga ruxsat berdi. Bunga Gavayiliklarni yaxshi biladigan tajribali dengizchilar qarshi chiqishdi. Lekin Kuk aytganini qildi va dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydi. Mahalliy aborigenlar kemadagi ko‘plab narsalarni muqaddas bilib o‘g‘irlay boshladi, hatto kemaning muhim qismlarini sindirib uni ishdan chiqargan. Buning natijasida mahalliy aholi bilan dengizchlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqdi. Kemaning o‘g‘irlab ketilgan qismlarini qaytarib olish maqsadida mahalliy aholining sardori Kalaniopuni garovga olindi.
Sardorini qutqarish uchun aborigenlar kemani o‘rab hujum qildilar. Ana shunday to‘qnashuvlarda birida 1779 yilning 14 fevralida Jeyms Kuk orqasidan nayza sanchib o‘ldirildi. Ekspeditsiya a’zolari Kuk jasadining kannibal aborigenlardan ortgan qoldiqlarini oradan ancha kun o‘tib, ya’ni 22 fevralda dengizga dafn etdilar.
Jeyms Kuk butun hayoti davomida “intilish va maqsadga erishish” degan shiorga qat’iy amal qilib yashagan. Uning xotirasi 20 dan ortiq geografik ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Gavayililiklar hozirgacha o‘tmishdoshlari ning mudhish jinoyati uchun Jeyms Kuk avlodlaridan va butun insoniyatdan kechirim so‘rab kelmoqda.


Download 490,94 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




Download 490,94 Kb.