• Aleksandr Gumboldt
  • Yangi davr geografik tadqiqotchilarning marshrutlari




    Download 490,94 Kb.
    bet33/123
    Sana30.01.2024
    Hajmi490,94 Kb.
    #148296
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123
    Bog'liq
    Turopereyting-fayllar.org

    5.4. Yangi davr geografik tadqiqotchilarning marshrutlari
    Yangi davr geografik tadqiqotlari asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu davrlarda insoniyat o‘z taraqqiyoti zinalarining ancha balandlariga chiqib olgan va navbatdagi cho‘qqilarga chiqishni boshlagan davrlar edi. Lekin, hali insonlarning qadami etmagan erlar (“ochilmagan qo‘riqlar”), xalqlar va elatlar, ko‘plab tabiiy mintaqalar, tog‘laru-sahrolar va er sayorasining iqlim xususiyatlari, o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq siru – sinoatlar juda ko‘p edi. Shu bilan birga bu vaqtlarga kelib sayohatlarning transportlari, asbob-anjomlari, ular bilan aloqa qilish vositalari,og‘ir holatlarda ularni qutqarib qolish imkoniyatlari ancha takomillashgan bo‘lsa ham bu davrlarning sayohatchilari yangi kashfiyotlar uchun o‘z hayotidagi barcha narsalardan, imkoniyat lardan, nozu-ne’matlardan va shohona yashashdan voz kechgan, hattoki, hayoti havf–xatarlarga to‘la bo‘lishini bilgan jasur olimlar, mashhur insonlar edi. Shuning uchun ham hozirgi insoniyat ularni tildan qo‘ymay yodida saqlab, xotirasini ardoqlab kelmoqda.


    Aleksandr Gumboldt (1769-1859). Germaniyalik mashhur geograf olim “XIX asrning Aristoteli» nomini olgan edi. U Yevropa, Markaziy va Janubiy Amerika tabiatini mukammal o‘rgangan.
    U o‘z asarldari bilan Er qobig‘idagi qattiq, suyuq va havo qobiqlari o‘rtasidagi qonuniyatlarni o‘rganishga qaratil gan tabiiy geografiyaga asos soldi. U janubiy Amerikadagi 700 dan ortiq tepalik va tog‘larning gipsometriyasini aniqladi, sayohatlari davrida 4 mingga yaqin o‘simliklar turi, fanga nomalum bo‘lgan 1800 ta o‘simliklarning gerbariysini to‘pladi. Uning o‘zi va shogirdlari Amerika sayohatlari natijalarini chop qilish uchun 26 yilni sarfladi. Bu mashhur asarning 1-jildi 1807 yilda,30-jildi 1833 yilda chop qilingan.1827-yilda u Quyosh tasviri tushirilgan «Dunyoni yorqin nurlar bilan yoritgan shaxs» medaliga sazovor bo‘lgan. Uning «Koinot» deb nomlanuvchi 5 jildlik asari hozir ham mashhur hisoblanadi.



    Download 490,94 Kb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123




    Download 490,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi davr geografik tadqiqotchilarning marshrutlari

    Download 490,94 Kb.