Xizmat ko‘rsatish dasturi




Download 490,94 Kb.
bet13/123
Sana30.01.2024
Hajmi490,94 Kb.
#148296
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123
Bog'liq
Turopereyting-fayllar.org

Xizmat ko‘rsatish dasturi. Xizmat ko‘rsatish dasturi-turistlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamidir. Bu xizmatlar puli oldindan to‘langan va turni o‘tkazish vaqti bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish dasturini tuzishda odatda qo‘yidagi yondashuvdan foydalaniladi:
1.Turoperator va turagent o‘rtasida shartnoma tuzishda xizmat ko‘rsatish dasturi konkret xizmat ko‘rsatish kunlariga taqsimlanmasdan tuziladi, kelishiladi va tasdiqlanadi.
Xizmat ko‘rsatishning konkret kunlariga taqsimlanmasligiga sabab muzeylar, ekskursion maskanlar, turistlarni qiziqtiruvchi spektakl va konsertlarning vaqtini oldindan bilishning iloji yo‘q.
Masalan: tomonlar 6 kunlik inklyuziv turning dasturini kelishib olishda qo‘yidagi dastur tasdiqlandi:
turistik klassidagi mehmonxonalarning 2-3 o‘rinli xonalarida joylashtirish;
restornda ovqatlanish – to‘liq pansion;
ekskursiyalar: Samarqandni ko‘zdan kechirish (avto), Registon ansambli (piyoda)-tarixiy obidalar bo‘ylab (piyoda)-shahar muzeylari (piyoda);
qo‘shimcha tadbirlar: teatrga tashrif (31 kishi);
Turistlar transferti – aeroportda ko‘tib olish va kuzatish.
Ushbu dastur hamkor firmalar o‘rtasidagi shartnomaga qo‘shiladi yoki turni individual sotishda buyurtma (band qilish varaqasi) shaklida rasmiylashtiriladi.
2. Tashrifdan taxminan 3 kun oldin tomonlar qo‘shimcha ravishda faks orqali konkret tayyor xizmat ko‘rsatish dasturini kelishib olishadi. Individual turist bunday dasturni yo‘llanma yoki vaucherni agentlikdan olishda qo‘lga kiritadi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi turistik xizmatlar tashkil etuvchilariga bog‘liq: joylashtirish, ovqatlanish, ekskursion va transport xizmatlariga dam olish tadbirlari, tur tarkibi va ularning sayohat maqsadiga to‘liq mos kelishiga bog‘liq.
Kasbiy turlarni tashkillashtirishda turistlarni yuqori darajali mehmonxonalarning bir kishilik nomerlarida joylashtirishni ta’minlash lozim. Shuningdek mehmonxona ichida yoki uning yaqin atrofida joylashgan zallarni ijaraga olish imkonini inobatga olish lozim. Aloqa va bank xizmatlari - kasbiy maqsadlarda sayohat qiluvchilarga xizmat ko‘rsatishning zaruriy jihatidir.
Kongress turlarni tashkil etishda qo‘yidagilarni inobatga olish lozim:
orgtexnika va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash;
majlislar uchun binolarning mavjudligi;
kotibiat ishlari;
banketlar, uchrashuvlar kokteyl soatlar;
press konferensiyalar o‘tkazish va h.k.
Shuningdek transport vositalari bilan ta’minlashni ham ko‘zda to‘tish lozim.

Download 490,94 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123




Download 490,94 Kb.