• 3-mavzu: Ko’chada va jamoat joyida yurish, o’zini tutish odobi.
  • 4-mavzu: Ona maktab bag`rida
  • 5-mavzu: “Ustozga hurmat
  • 6-mavzu: “Yo’l belgilari
  • 7-mavzu: “Xavsizlik qoidalarini bilasizmi
  • 8-mavzu: Ona tilim,- jonu dilim
  • -mavzu: Yo’l harakati qoidalaridan nimalarni bilasiz?




    Download 2.36 Mb.
    bet3/4
    Sana31.12.2019
    Hajmi2.36 Mb.
    #6802
    1   2   3   4
    2-mavzu: Yo’l harakati qoidalaridan nimalarni bilasiz?





    Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
    3-mavzu: Ko’chada va jamoat joyida yurish, o’zini tutish odobi.





    Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
    4-mavzu: Ona maktab bag`rida

    I.Kirish:

    Maqsad : Maktab va unu sevish , ilm olishga havas uyg`otish .Maktab qonun -qoidalariga rioya qilish haqida suhbatlashish.

    Ko`rgazmali qurollar: Maktab tasviri , o`quvchlarning maktabda o`zini tutish qonun –qoidalari yozilgan A-3 formatli qog`oz,DVD.

    Tashkiliy qism.



    Maktabda o`tkazilgan tadbirlardan lavhalar aks ettirilgan videorolik namoyish etiladi va o`quvchilarni mashg`ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.

    II- Asosiy qism:



    O`qituvchi: “Sentyabr tongi” Safo Ochil she`rini o`qib beradi.

    Sentyabrning gozal tongi,

    Kiyim kiygan hamma yangi.

    Keng o`lkamiz bo`ylab yangrar,

    Hur yoshlikning sho`x ohangi.
    Har yoq bayram tusin olgan,

    Undan maktab husn olgan,

    Sevgan ona –Vatanimiz,

    Dilimizga sevinch solgan .

    Sinflarni to`ldirib biz ,

    Partalarda o`ltiribmiz.

    Yoz haqida so`zlashamiz,

    Bolalarni kuldirib biz.

    Har kim o`zining yozgi taassurotlari bilan o`rtoqlashadi.

    O`qituvchi: Maktab hammamiz uchun qadrdon maskan. Bizga ilm o`rgatuvchi, tarbiya beruvchi muqaddas dargoh.O`quvchilar uchun kichik bir Vatan.Yozning quvnoq va sho`x kunlarini o`tkazib yana qadrdon maktabimiz bag`riga qaytib keldik. Bugun biz sizlar bilan maktab va undagi o`quvchilarning qonun-qoidalarini eslab olamiz. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, maktabdagi ichki tartib –intizom qoidalarini yozib chiqishadi va muhokama qilishadi.

    III Yakuniy qism:



    O`qituvchi: Maktab –muqaddas dargoh. Uning bag`ri keng ,qanchadan -qancha kishilarga o`z bag`rini ochib ma`rifatga , kamolotga yetkazuvchi ilm maskani. Shuning uchun ”Maktab seniki, uni o`z qorachigingdek asra “ degan hikmatga doimo amal qilish bizning farzandlik burchimizdir.

    Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish.

    5-mavzu: “Ustozga hurmat

    (1-oktabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad : Ustozlar va ularning mehnatini qadrlash , ulardan ilm sirlarini o`rganishga orgatish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Turli fanlar o`qituvchilari va ularning faoliyati aks ettirilgan tasvirlar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi

    II. Asosiy qism



    O`quvchi : Bir vaqtlar Mavlono Tanburiy degan ustod musiqachi bo`lgan ekan. U kishi tanbur, dutor , nay kuyini shunday mahorat bilan chalar ekanki, eshitganlar unga mahliyo bo`lib qolar ekanlar .Ustod ko`plab shogirdlar tayyorlagan ekan. U kishining shogird tanlashda qiziq bir odati bor ekan.Bir kuni u shogird bo`laman degan bolalarni yig`ib , qo`llariga bittadan hassa beribdi va ularni kuzatib o`tiribdi. Ulardan biri hassani ot qilib minibdi, ikkinchisi esa qilich qilib o`ynabdi… Faqat yupungina kiyingan , kichkinagina bir bola uni nay qilib chalib o`tiribdi. Buni ko`rgan Tanburiy xursand bo`libdi-da, bolani o`ziga ham shogird, ham o`g`il qilib olibdi.Ustoz bolaga tinim bilmay ta`lim beribdi. Bola ham ustozining ta`limini qunt bilan, sabr- toqat bilan o`rganib , mashhur naychi bo`lib yetishibdi.Tanburiyni o`z otasidek hurmat qilib, umrining oxirigacha xizmatida bo`libdi.

    Ustozlik mehri uni xalq orasida mashhur bo`lishiga sabab bo`libdi.

    Ustoz, ulug`siz ulug`lardan ,

    Beminnat bilimlisiz bilimlardan

    Falakdan nur sochgan quyoshsiz,

    Navoiy zar sochgan bayotsiz.

    O`quvchilar ustozlar haqida maqollar aytishadi.

    Ustoz – oy-u, shogirdga berar chiroy.

    Ustoz o`giti – kamolot kaliti.

    Ustozlariga atalgan qo`shiq va raqslarini taqdim etadilar.

    III. Yakuniy qism: Oqituvchi o`quvchilariga minnatdorchilik bildirib, tadbirga yakun yasaydi.



    Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish.

    6-mavzu: “Yo’l belgilari





    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantiriladi

    7-mavzu: “Xavsizlik qoidalarini bilasizmi

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib borayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash. ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish;

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    O`qituvchi:

    Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Axborotlar asri deb yuritilayotgan bu davrda biz o’zimizni-o’zimiz himoya qilmog’imiz lozim. Chunki internet tarmoqlarida berilayotgan har xil ko’ngil ochar hamda zo’ravonlikka moyva sport mashg’illik hissini kuchaytiruvchi o’yinlar zamirida yurtga, millatga bo’lgan tahdid yashiringandir. Shuning uchun har birimiz bunday o’yinlardan yiroq bo’lishimiz, bo’sh vaqtlarimizni mazmunli o’tkazishimiz kerak. Har xil to’garaklar va sport mashg’ulotlari sog’lom turmush tarzimizning bir bo’lagiga aylanmog’i darkor.

    Har xil spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar inson ongini zaiflashtiradi. Boylikka o’chlik esa tubanlikka yetaklaydi.

    Bilimlarning etarli emasligi esa har xil diniy oqimlar ta’siriga tushib qolib, oila hamda yurt tinchligiga rahna solishiga olib keladi.

    Shuning uchun inson doima bilim olishga intilishi, zararli illat va odatlardan yuroq bo’lishi zarurdir.

    III.Yakuniy qism:

    1-topshiriq

    Klaster usulida ichkilikbozlikning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so’zlab berish topshiriladi.

    2- topshiriq

    Klaster usulida internet tarmog’ining faodali va zararli oqibatlari haqida so’zlash

    Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.



    8-mavzu: Ona tilim,- jonu dilim

    (O`z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)




    Download 2.36 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Yo’l harakati qoidalaridan nimalarni bilasiz?

    Download 2.36 Mb.