• 31-MAVZU: BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH
  • Sana: 32-mavzu: Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas. Kun shiori: Kitob-oftob
  • Kommunikativ kompetensiya
  • 33-MAVZU: BUYURUVCHI BELGILAR ;
  • 5.8.1 "Bolaklar boyicha harakatlanish yonalishi"
  • 5.8.2 "Bolak boyicha harakatlanish yonalishi"
  • 5.8.3 "Bolakning boshlanishi"
  • 5.8.4 "Bolakning boshlanishi"
  • 5.8.6 "Bolak oxiri"
  • 5.8.7 "Bolaklar boyicha harakatlanish yonalishi" Agar 5.8.7
  • 5.8.7 va 5.8.8
  • 5.8.8 5.9 "Belgilangan yonalishli transport vositalari uchun moljallangan bolak"
  • 5.10.1 "Belgilangan yonalishli transport vositalari uchun bolagi bor yol"
  • 5.10.2 "Belgilangan yonalishli transport vositalari uchun bolagi bor yol"
  • 5.10.4 "Belgilangan yonalishli transport vositalari uchun bolagi bor yolning oxiri"
  • 5.11.1 "Qayirilish joyi"
  • 34-Mavzu: Yoz-o’tadi soz
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Tushuntirish xati




    Download 7.66 Mb.
    bet16/16
    Sana02.01.2020
    Hajmi7.66 Mb.
    #8237
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

    Topshiriq: O`quvchilar 4 guruhga bo`linib, o`zlariga berilgan savolga ma’lumotlar to`playdi.

    I-guruhga: “Ikkinchi jahon urushi”;

    II-guruhga: “O`zbek xalqining urushga qo`shgan hissasi”;

    III-guruhga: “Ikkinchi jahon urushi qahramonlari”;

    IV-guruhga: “Ikkinchi jahon urushidan omon qaytganlarga e’tibor”.

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.




    31-MAVZU: BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH



    Sana:

    32-mavzu: Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas.

    Kun shiori: Kitob-oftob

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda. O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.

    Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    -Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.Zamonaviy ta`lim berishda sinalgan vositalar bor. Shulardan eng muhimi – bu kitobdir.Insoniyatning bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida erishgan olamshumul kashfiyotlardan qat`iy nazar,o`quvchini kitobdek ulug` ne`mat bilan do`stlashtirish hech qachon kech emas.Zero,kompyuter texnologiyalari bolaning aqlini o`g`irlab qo`yishi mumkin.”Kitob - oftob”deb bejijga aytilmaydi.

    Endi kitob haqida qissa tinglang.Sulton G`aznaviy buyuk shoir Firdavsiyga “Shohnoma” degan asar yozishni buyurgan va uning har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va`da qilgan.Xanifa Al-Ma`mun bir kitobni yunonchadan arabchaga tarjima qilgan olimga shu kitob og`irligidagi oltin bilan haq to`lagan.

    2-qissa.Qadimgi yunon faylasufi Arastu vafot etgach,shogirdlari uning ilmiy asarlarini uyi yaqinidagi g`orga yashirishgan.Ular 200 yildan keyin tasodifan topilgan va Arastuga shon-shuhrat keltirgan.Faylasuf Skovoroda o`z qo`lyozmalarini doimo yo`lxaltasiga olib yurgan,hayotalik chog`ida uning bitta ham kitobi chop etilmagan.

    Qissalardan hissalar.Aziz bolajonlar,angladingizmi,kitob naqadar sehrli va naqadar bebaho. Amir Temur bobomiz o`zlarining “Temur tuzuklari” nomli asarida kitob yozuvchi dono olimlar,muhaddis va tarixchilarni e`tiborli odamlar hisoblab,ularning izzat-u hurmatlarini joyiga qo`yganliklarini e`tirof etganlar.

    Bilib qo`yinglar,hammamiz uchun kitobdan yaqinroq,azizroq va yoqimliroq suhbatdosh hamda ma`naviy suyanchiq yo`dir.



    III.Yakuniy qism:

    Kitob o`qish odob-qoidalari bilan tanishtirish.

    1.Kitobni tanlay olish va zarurini o`qish.

    2.Kitobni mustaqil o`qishni bilish.

    3.O`qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish.

    4.Uning kerakli joylarini yon daftariga ko`chirib,uni esda saqlash.

    5.Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to`g`ri foydalanishni bilish.

    6.Kitobni shoshmasdan o`ylab,diqqat – e`tibor bilan o`qish malakalariga ega bo`lish.

    7.Qayta-qayta o`qish – kitobxonlik ko`nikmasini orttirish.

    O`qituvchi:Dunyodagi barcha kitoblarni sotib olish mumkinmi?Nima uchun?

    O`quvchi:Yo`q,sotib olish mumkin emas.

    O`quvchi:Uy sharoitida uncha kitobni saqlash qiyin.

    O`quvchi:Men o`qimoqchi bo`lgan kitob do`konda bo`lmasligi mumkin.

    O`qituvchi:Xush,bunday holatda bizga nima yordamga keladi?

    O`quvchi:Kutubxonalar yordamga keladi.

    O`qituvchi:Barakalla, bolajon!

    Demak,kutubxonalar bizni kitoblar dunyosiga boshlar ekan.Ajdodlarimizdan o`rnak olib,bo`sh vaqtingizni kitob o`qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o`qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi mehnatingiz kitob o`qishdir.Kitob o`qish uchun mehnat sarflasangiz o`qimishli kishi,hatto katta olim bo`lib,O`zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz.

    O`quvchilarni rag`batlantirish.




    33-MAVZU: BUYURUVCHI BELGILAR;




    5.1

    "Avtomagistral" Yo'l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'l.


    5.2

    "Avtomagistralning oxiri"


    5.3

    "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l" Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllar harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'l.


    5.4

    "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxiri"


    5.5

    "Bir tomonlama harakatlanish yo'li" Transport vositalarining butun kenglik bo'yicha bir yo'nalishda harakatlanadigan yo'li yoki yo'l qismi.


    5.6

    "Bir tomonlama harakatlanish yo'lining oxiri"


    5.7.1

    "Bir tomonlama harakatlanish yo'liga chiqish" Harakatlanish bir tomonlama bo'lgan yo'lga yoki qatnov qismiga chiqish.


    5.7.2


    5.8.1

    "Bo'laklar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Bo'laklar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi.


    5.8.2

    "Bo'lak bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Bo'lak bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi.
    Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo'lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
    Chorrahadan oldin o'rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.


    5.8.3

    "Bo'lakning boshlanishi" Yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki to'xtash qismidagi qo'shimcha bo'lagining boshlanish joyi. Agar qo'shimcha bo'lak oldida 4.7 "Eng kam tezlik" belgisi o'rnatilgan bo'lsa, ko'rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy bo'lakdan qo'shimcha bo'lakka qayta tizilishi kerak.


    5.8.4

    "Bo'lakning boshlanishi" Uch bo'lakli yo'llarda harakatlanish uchun o'rta bo'lakning boshlanishi.


    5.8.5

    "Bo'lak oxiri" Balandlikka ko'tarilish yoki to'xtash qismidagi qo'shimcha bo'lakning oxiri.


    5.8.6

    "Bo'lak oxiri" Uch bo'lakli yo'lda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta bo'lakning oxiri.


    5.8.8'>5.8.7__"Bolaklar_boyicha_harakatlanish_yonalishi"_Agar_5.8.7'>5.8.7

    "Bo'laklar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo'lsa, unda bu transport vositasining tegishli bo'lakda harakatlanishi taqiqlanadi.
    5.8.7 va 5.8.8 belgilari yo'nalishlar soniga ko'ra to'rt va undan ortiq bo'lakli yo'llarga ham tadbiq etilishi mumkin. Tasviri almashilgan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.


    5.8.8


    5.9

    "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan bo'lak" Transport vositalari yo'nalishida harakatlanadigan belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan bo'lak.
    Belgi qaysi bo'lak ustida joylashgan bo'lsa, shu bo'lakka tatbiq etiladi. Yolning o'ng tomoniga o'rnatilgan belgining ta'siri o'ng bo'lakka tatbiq etiladi.


    5.10.1

    "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'l" Belgilangan yo'nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo'lak.


    5.10.2

    "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'l" Belgilangan yo'nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo'lak.


    5.10.3


    5.10.4

    "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'lning oxiri"

    5.11.1

    "Qayirilish joyi" Chapga burilish taqiqlanadi



    34-Mavzu: Yoz-o’tadi soz


    Maqsad: O`quvchilarda yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazishlikni, yozgi oromgohlarga borganda, yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Yozgi ta’tilda o`qiydigan kitoblar ro`yxati, ya’ni bolalar yozuvchilarining asarlari.

    Doskada:

    Yoz. Vaqtning o`tganin bildirmagay hech,

    Yoz – saxiy, qo`lida sovg`a-salomi.

    Vujudni to`ldirib tindirmagay hech,

    Uch oy eslamagay hech zot zavolin.

    Usmon Azim

    O`qituvchi:

    O`quv yili ham tugab bormoqda. O`quv yilini har o`quvchi o`ziga xos bo`lgan holatda tugatdi. Bu davrda juda ilmlarga ega bo`ldingiz. Juda ko`p fan sirlaridan ogoh bo`ldingiz. Bir qancha tadbirlarda qatnashib, boy inteluktual bilimga ega bo`ldingiz. Hash-pash deguncha yozgi ta’tilga yetib keldingiz.

    Yoz juda yaxshi bu avvalo, bolalarga zavq bag`ishlaydi. Ko`pchilik o`quvchilarimiz oromgohlarga, ba’zilari tabiat quchog`iga, ba’zilari boshqa viloyatlarga dam olishga ketadilar. Dam olishga borganda albatta, katta hamrohligida amalga oshiriladi. Yozgi oromgohlarda avvalo, odob-axloq me’yorlariga e’tibor berishingiz talab etiladi.

    Yozgi ta’tilda faqat dam olish emas, balki bolalar yozuvchilarining asarlarini mutoala qilishingiz, suv havzalariga borganda juda ehtiyot bo`lishingiz kerak.



    Topshiriq: Har bir o`quvchining yozda nima ish bilan mashg`ul bo`lishligi haqida o`quvchilardan sinf rahbari ma’lumot oladi va daftariga qayd etib qo`yadi.

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


    Download 7.66 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 7.66 Mb.