• Ma’lumki, s inf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
  • “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”
  • Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari
  • Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”
  • Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda
  • Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak
  • Kommunikativ kompetensiya
  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • «KO`RIB CHIQDIM» “TASDIQLAYMAN” Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha Maktab direktori: Direktor o’rinbosari: ________T.Matyaqubov
  • 5 “____” sinf O ‘ tiladigan mavzular rejasi Soat
  • 1-Mavzu
  • Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • Mashg’ulot ning usuli
  • Mashg’ulotning borishi: 1.Tashkiliy qism: A) salomlashish B) davomat C) sinf tozaligi va tartib-intizom D) o`quvchilarni faollashtirish uchun qisqa savollar.
  • O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi: Yakunlovchi qism
  • 2-mavzu: Ona tabiyatni asraylik
  • Tushuntirish xati




    Download 7.66 Mb.
    bet1/16
    Sana02.01.2020
    Hajmi7.66 Mb.
    #8237
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

    Tushuntirish xati
    Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.

    Shavkat Mirziyoyev

    O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.



    Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.

    Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.



    Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

    Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:

    milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

    tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

    o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

    Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

    Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:

    − Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;

    − Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;

    − Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;

    − Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;

    − Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;

    − Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;

    − Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;

    − O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;

    − Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;

    − O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;

    − Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;

    − Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;

    − Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;

    − Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.

    SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?

    − Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;

    − Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;

    − O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;

    − Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.

    Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?

    − Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.

    − Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.

    Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.

    Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.

    Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.

    O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.

    Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.



    Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

    Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.

    Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

    “Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.

    Umumta'lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.

    Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:

    Kun shiori:



    1. Kirish;

    2. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;

    3. Yakuniy qism.

    Tarbiyaviy soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.
    (Izoh: Taqdim etilayotgan tarbiyaviy soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)

    «KO`RIB CHIQDIM» “TASDIQLAYMAN”

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha Maktab direktori:

    Direktor o’rinbosari:

    ________T.Matyaqubov ________Z.Radjapov _______ _____________ _____yil

    «___» ________________2019 y “____”______________ 2019yil




    5 “____” sinf Otiladigan mavzular rejasi

    Soat

    1

    Taraqqiyot odimlari

    1

    2

    Ona tabiyatni asraylik

    1

    3

    Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.

    1

    4

    Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar

    1

    5

    Inson odobi bilan aziz.

    1

    6

    Ona tilim - davlat tilim (O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1

    7

    Transport vositalarining harakati (Yo‘l harakati qoidalari).

    1

    8

    Jamoa bo’lish zavqi

    1

    9

    Mening kelajak orzuim

    1

    10

    Ilm va zakova tushunchasi




    11

    Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz (18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1

    12

    Mardlar qo’riqlaydi Vatanni

    1

    13

    Huquqiy madaniyat – komil inson belgisi (8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1

    14

    Madhiyam faxrim mening (10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1

    15

    Tartibga soluvchining ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari).

    1

    16

    Yangi yilda yangi orzular! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

    1

    17

    Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

    1

    18

    Chiroyli hulq-inson ziynati

    1

    19

    Yo‘l harakati qoidalari nima uchun kerak?

    1

    20

    Inson qalbining quvonch-u qayg‘usi kuychisi (G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan).

    1

    21

    Vatan sog‘inchi ila yashagan siymo (Shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan)

    1

    22

    Ilmli kishi xor bo’lmas

    1

    23

    Tejamkorlik – farovonlik manbai.

    1

    24

    Har doim sog‘ bo‘lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

    1

    25

    Sport-sog’lik garovi

    1

    26

    Navro‘z – mehr-oqibatni ulug‘lovchi qadriyat (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

    1

    27

    Amir Temur – komillik namunasi (Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

    1

    28

    Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo’lar chiroylik

    1

    29

    Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat (Yo‘l harakati qoidalari).

    1

    30

    “Qahramonlik,burch va fidoiylik (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

    1

    31

    Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (Yo‘l harakati qoidalari).

    1

    32

    Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas.

    1

    33

    Buyuruvchi belgilar (Yo‘l harakati qoidalari)

    1

    34

    Yoz-o’tadi soz!

    1

    Sana:


    1-Mavzu: Taraqqiyot odimlari

    Kun shiori: Jonajon O’zbekistonim , mangu bo’l omon !

    Mashg’ulotning maqsadi: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.

    Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.



    Tayanch kompetensiya elementlari:

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

    O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

    Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

    Mashg’ulot ning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

    Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.

    Mashg’ulotning borishi:

    1.Tashkiliy qism: A) salomlashish B) davomat C) sinf tozaligi va tartib-intizom

    D) o`quvchilarni faollashtirish uchun qisqa savollar.

    Asosiy qism:

    1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)

    O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

    Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.

    Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.

    2-savol. "Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon" deganda nimani tushunasiz?

    O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

    Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.

    "Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon" Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.

    3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?

    O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

    Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.

    Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.

    4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?

    O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

    Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.

    Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir.

    Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.

    5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?

    O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.

    6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?

    O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy.

    Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir.

    Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi.

    Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.

    Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.

    7- savol. "Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq" deganda nima nazarda tutiladi?

    O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

    Yoshlarning ma'naviy uyg`oqligi millatni g`aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.

    O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:

    Yakunlovchi qism:

    Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.

    Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.
    Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!

    Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!

    Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.

    Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim.



    Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,

    Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.

    Qara axir bizga sharoit,

    Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
    Tabiatni turfa tasvirlab,

    Rasm chizib bera olgin tus.

    Yoki qo‘shiq aytgin baralla,

    Seni qo‘llar beshta tashabbus.


    Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim,

    Chempion bo‘l, olg‘a yur doim,

    Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim,

    Senga yo‘ldosh beshta tashabbus.


    Internetdan bilgin jahonni,

    Yangilikni tezda bilib ol.

    Charchoqlarni engish chun bir oz,

    Mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.


    Kompyuter, texnika asri,

    Rivojlanib bormoqda xanuz.

    Sen ham o‘qib, o‘rganib olgin,

    Imkon berar beshta tashabbus.


    Kitob bilan do‘st bo‘lib olgin,

    O‘qib ko‘ngling to‘lsin nurlarga.

    Tarix bizni osonlik bilan,

    Etkazmagan ushbu kunlarga.


    Sana:

    2-mavzu: Ona tabiyatni asraylik

    Kun shiori: “Dunyoda chang va tutun bo`lmaganida, odamzod ming yil umr ko`rishi mumkin edi”

    Abu Ali Ibn Sino

    Maqsad: O`quvchilarga fan oylikda e’tiborni kuchaytirish, qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, uni kelgusi avlodlarga sog`lom holda yetkazish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini, tabiatni asrab-avaylash tuyg`ularini ular ongiga singdirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.

    Doskada:

    Neki so`rsak, berding barini,

    Cheksiz osmon, yerning qa’rini,

    Oyu quyosh xizmatimizda,

    Ayamading har na borini.

    Biz-chi, senga qildik xiyonat,

    Bizni kechir, Ona tabiat.

    Komil Sindarov

    O`qituvchi:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.

    Ma’lumki, inson tabiatga beparvo, bo`lib unga g`amxo`rlik qilmasa, ekologiya buziladi, hayvonot dunyosi qiriladi.Shu bois go`zal va betakror tabiatni ardoqlash uni ko`z qorachig`iday asrash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir.

    Insonning tabiatga notog`ri munosabati natijasida ko`plab o`simlik va hayvonlar yo`qolib ketdi va bugun ham yo`qotishlar davom qilmoqda.

    “Tabiat - tiriklik sharti”- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim.



    Inson tabiatni qo`riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo`shadi. Shunday ekan, o`quvchilar qalbida tabiat ne’matlarini – boyliklarini qo`riqlash, ularni avaylab asrash hislarini rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o`qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va ijodkorlikni talab qiladi.



    Download 7.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 7.66 Mb.