• Kommunikativ kompetensiya
  • Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi Sana: 17-mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Topshiriq: 3x4” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi
  • Sana: 18-mavzu-Chiroyli hulq-inson ziynati Kun shiori
  • I II; Mashg’ulotni yakunlash
  • 19-MAVZU: YO’L HARAKATI QOIDALARI NIMA UCHUN KERAK arakatlanish tezligi bobi o‘z ichiga 5 bandni oladi
  • 13- bob. Quvib o‘tish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi
  • Tushuntirish xati




    Download 7.66 Mb.
    bet6/16
    Sana02.01.2020
    Hajmi7.66 Mb.
    #8237
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

    Sana:

    16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

    Kun shiori: “Yangi yil, Qorbobo kelmoqda, eshikni qoqib”

    Maqsad: O`quvchilarda yangi yil bayramida maktab ichki qonunlarini hurmat qilishini rivojlantirish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida faol va odobli bo`lishni, qalblari ham qor kabi oppoq bo`lishini singdirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`quvchilar tomonidan qo`lda tayyorlangan yangi yil o`yinchoqlari, archa, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: “Yangi yil qalblarimizga qorday oppoq tilaklar olib kelsin ”.

    O`qituvchi:

    Yangi yil har bir davlatda turlicha nishonlanadi.

    Bizning yurtimizda ham yangi yilga o`zgacha bir yangiliklar bilan tayyorgarlik ko`riladi. Butun shahar va qishloqlarimizda bayram oldi tozaliklar, ko`chalarda yangi yilning kelayotganligini bildiruvchi Qorbobo,qorqiz, archa va bayram bilan bog`liq shiorlar, multfilm qahramonlari rasmlari chizilib,kayfiyatni ko`taradigan kechalar va tadbirlar amalga oshiriladi.

    Ayniqsa, bu bayramda farzandlarimizning quvonchlari alohida ahamiyat kasb etadi.

    Yangi yil qish fasli bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham u insonlarda boshqacha tuyg`u aks ettiradi.

    Topshiriq: “O`quvchilar yangi yil qahramonlari roli” ni ijro etib beradilar

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (yangi yil tadbirlarda har bir sinfda o`zgacha bir kengaytirilgan qiziqarli o`yinlar orqali ham amalga oshiriladi)

    Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi


    Sana:

    17-mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

    1992-yil 14-yanvar

    2020-yil 14-yanvar

    28 yil

    Kun shiori: “Osuda va farovon hayotimiz kafolati”

    Maqsad: O`quvchilarda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lishini, milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lishini, sarhadlarimiz tinchligi va daxlsizligini avaylab-asrayotgan harbiylarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlikni singdirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir kitoblari, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: “ Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan harbiylarni qutlug’ sana bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Ollohdan faqat uzoq-umr, baxt-saodat, tuganmas shijoat tilab qolamiz”.

    O`qituvchi:

    “Mening ezgu orzuim shuki, armiyamiz xalqimiz, millatimizning ming yillar davomida shakllangan asl qiyofasi, azaliy qadriyatlari va xislatlarini o’zida mujassam etsin, uning saflarida xizmat qiladigan farzandlarimiz o’zi tug’ilib o’sgan, voyaga yetgan, ota-bobolarining xoki yotgan muqaddas zaminimizga bir umr sadoqatli bo’lsin.

    Mabodo taqdir taqozo qilib, kurash maydoniga tushganida har qanday yovuz kuch va bosqinchilarga bas kela oladigan zamonaviy, qudratli armiyamizni ko’rish baxti barcha yurtdoshlarimiz qatorida menga ham nasib etsin”
    (Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. “O’zbekiston” 2003 yil, 15-25 yanvar. 29-bet)

    Ollohga shukurlar bo’lsinki, bugungi Milliy armiyamiz, qudratli va boshqa davlatlardan mutlaqo farq qiladigan Milliy armiyadir.




    Posbonlar

    Sizda orom qayda, Sizda tin qayda.

    Siz to`yib uxlagan bitta tun qayda.

    El-yurt oromini asragan zotlar,

    El mehri asrasin Sizni har joyda!..
    Sizni uchrataman tog`da, dalada,

    Xizmatda hamisha-qorda, jalada.

    Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,

    Buyuk zotlar ruhi shunday pallada…


    Har kun oftob bilan sog` ko`rishib yuz,
    Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
    Rizqi ulug` bo`lsin, ko`ksi ulug` bo`lsin,

    Xonadoningizu mamlakatingiz.

    Yo`llar ravon bo`lsin, yo`llar oq bo`lsin,
    Bahor maysalari ko`kchiroq bo`lsin.
    Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
    Pokligingiz Sizga ko`zmunchoq bo`lsin!..

    Muhammad Yusuf



    Topshiriq: 3x4” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi:

    O’quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga; qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.

    Guruh a’zolari joylaridan turib soat mili yo’nalishi bo’yicha joylarini o’zgartiradilar, ya’ni 1-guruh 2-guruhning 2-guruh 3-guruhning, 3-guruh esa 4-guruhning o’rniga o’tadilar, agar noqulaylik bo’lsa, faqat tarqatma materiallar almashtiriladi.

    Guruh a’zolari har bir partadagi tarqatma materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana uchta fikr yozib qo’yadilar.

    Misol tariqasida:

    Armiya bu-

    Milliy armiya bu-

    Qurolli kuchlar Bosh Qo`mondoni bu-

    14 yanvar bu-

    Vatan posbonlari bu-

    Vatanni asrash bu-

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (Vatan himoyachilari kunini keng qamrovli tarzda faollar zalida ham amalga oshiriladi)
    Sana:

    18-mavzu-Chiroyli hulq-inson ziynati

    Kun shiori: Inson odobi bilan go’zal

    Maqsad: O`quvchilarga chiroyli hulq,ezgu fazilatlar haqida ma`lumot berish,ajdodlarimizning ibratli fikrlari bilan tanishtirish..O`quvchilarni atrofdagilarga yaxshilik va faqat yaxshilik qilishga o`rgatish.

    O'quvchilarda ezgu fazilatlarni kamol toptirish.

    TK-1: xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;

    TK-5: kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladi.

    I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

    2. Davomatni aniqlash.

    3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.

    II.Asosiy qism:

    Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.

    Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.

    «Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:

    Dunyoda topayin desang omonlik,

    Birovga zarracha qilma yomonlk!

    III; Mashg’ulotni yakunlash

    O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

    1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz ?

    2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligmi uqtiradilar ?

    3. «Yaxshilik» haqida hikoya tuzib, mazmuniga diqqat qiling ?

    4. Yaxshilikning foydasi haqida kim qanday fikrlarni bildiradi ?

    5. Siz ushbu hikoyadan o'zingizga qanday xulosa chiqarib oldingiz ?

    Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi




    H
    19-MAVZU: YO’L HARAKATI QOIDALARI NIMA UCHUN KERAK?
    arakatlanish tezligi bobi o‘z ichiga 5 bandni oladi:


    1- band. Haydovchi sharoitlarni hisobga olgan holda transport vositasini cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishini;

    2- band. Aholi yashaydigan joydagi ruxsat etilgan tezlikni;

    3- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi ruxsat etilgan tezliklarni;

    4- band. Har qanday yo‘llardagi haraqat tezliklarini;

    5- band. Haydovchilarga taqiqlangan holatlarni izohlaydi.

    13- bob. Quvib o‘tish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi:

    1-band. Haydovchining quvib o‘tish holatlarini;

    2- band. Quvib o‘tish shartlarini;

    3- band. Quvib o‘tishdagi haraqat tezligi;

    4- band. Quvib o‘tishni tugallagandan keyingi holatlarni;

    5- band. Quvib o‘tishni taqiqlovchi holatlarni;



    6- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda quvib o‘tish hollarini.







    Download 7.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 7.66 Mb.