• 10-mavzu
  • Kommunikativ kompetensiya
  • Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
  • O’tish usuli
  • III.Mashg’ulotni yakunlash
  • Sana: 11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz
  • 12-MAVZU: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Sana: 13-mavzu: Huquqiy madaniyat – komil inson belgisi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • Topshiriq: “ O`z huquqingizni bilasizmi ” mavzusidagi og’zaki jurnal sahifalari quyidagicha nomlanishi mumkin
  • Sana: 14-mavzu: Madhiyam faxrim mening
  • Topshiriq: “ Davlatimiz madhiyasini izohlab berish ”
  • 15-MAVZU: TARTIBGA SOLUVCHINING ISHORALARI .;
  • Tushuntirish xati




    Download 7.66 Mb.
    bet5/16
    Sana02.01.2020
    Hajmi7.66 Mb.
    #8237
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

    Topshiriq: O`quvchilarga “Menga aytingchi?” mashqi qo`llaniladi.

    O`qituvchi quyidagicha savollar tuzishi mumkin:



    • Orzu siz uchun qanday tuyg`u?- Orzuning chegarasi bo`ladimi?-

    • Ota-onaning orzusi?- Ustozingizning orzusi?- O`zingizning orzungiz?-

    .

    10-mavzu: Ilm va zakovat tushunchasi

    Kun shiori:Biz ilmli yoshlarmiz



    Mashg’ulot ning maqsadi:

    Ilm va zakovat, inson dunyoqarashi va ma`naviyati haqida tushuncha berish.

    O`quvchilarni kitobni sevish va bo`sh vaqtlarini to`g`ri sarflashga o`rgatish.

    O'quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirish,

    Kommunikativ kompetensiya:jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qila oladi; -xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini biladi va unga rioya qilish, jamiyatda (maktabda, oilada, mahallada) bo‘layotgan jaryonlarda ishtirok etadi;

    Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi;O‘zbekiston Vatani ekanligidan, O‘zbekistonda yashayotganligidan faxrlanadi;milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash tushunchalarini bilish elementlari shakllanadi.

    O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

    I. Mashg’uloti tashkil qilish. 1. Salomlashish.

    2. Davomatni aniqlash.

    3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
    O’quvchilarga qisqa savollar va tez-tez maqollar ayttirish orqali mashg’ulotga

    Qiziqtirish.



    III. Asosiy qism:

    1.Ma`naviyat haqida ma`lumot berish.

    2.Rasmlar ustida suhbat.

    3.Kun tartibi haqida savol-javob o`tkazish.

    4.”Ming oltinga teng hikmat “hikoyasi ustida ishlash.

    5.Hikoyadan so`ng berilgan izohli lug`at bilan ishlash.

    Insonning qanday ekanini uning so’zlariga, yurish-turishiga, qilayotgan ishiga qarab bilib olishimiz mumkin. Dunyoqarashi keng, ma'naviyati yuksak insonlar atrofdagilarga yaxshilik tilayo’dilar, el-yurt ravnaqi uchun xizmat qiladilar. Dunyoqarashi tor, ma'naviyati sayoz odamlar esa faqat o’zlarini o’ylaydilar.

    Ma'naviyatni yuksaltirish uchun ko’p o’qib-o’rganishimiz, dunyoqarashimizni boyitishimiz kerak. Bunda bizga kitoblar yordamga keladi. Kitob — insonning eng yaqin do’sti, hamrohi. Afsuski, ayrim tengdoshlarimiz qimmatli vaqtini behuda ishlar bilan o’tkazmoqda. Ayni kelajakka poydevor qo’yadigan yoshda vaqtimizni foydali ishlarga sarflash, bilim olish, ko’p kitob o’qish eng to’g'ri yo’ldir. Bugun bizda iqtidorimizni ro’yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shahar va qishloqlarimizda musiqa va bolalar ijodiyot markazlari sano’at maktablari, sport togaraklan, faoliyat ko’rsatib turibdi. Dunyoqarashni boyitishda til o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ona tilidan tashqari yana uch-to’rt tilni bilganga nima yetsin.



    III.Mashg’ulotni yakunlash:

    O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

    1.Insonni ma’naviyati yuksak ekanini qanday bilib olish mumkin ?

    2.Ma’naviyatni yuksaltirishda kitobni nimalar qilishimiz kerak ?

    3. Dunyo qarashimizni kengaytiish uchun nima qilishimiz kerak ?

    4. Amir Temuning ming oltinga sotib olgan she’rda qanday so’z bor ?

    5. Sizningcha , bu so’zlar ming oltinga arziydimi ?

    Mashg’ulotda faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag’batlantiriladi

    .

    Sana:

    11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz (18 noyabr –O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)

    Kun shiori: “O`zbekistonim bayrog`i – yurtimiz zafarlari ila doimo dunyo bo`ylab tinmay hilpirayver ”

    Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning roli kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishni singdirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar.

    Doskada: O`zbekistonim bayrog’i-doimo va mangu hilpirayversin jahon uzra.

    O`qituvchi:

    Нilpira, bayrog’im, hilpira mag’rur,

    Ozod, hur xalqimga bag’sh etib surur.

    Birlashgan millatlar koshonasida,

    Hilpira bizlarga bag’sh etib g’urur.
    Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi mag’lubiyat belgisi deb qabul qilingan.

    Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi.



    Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning

    tug`i- bayrog’i olib yurilgan.


    Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad

    O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an’analari bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga

    kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi.

    O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari,

    O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda,

    O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan.

    O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik

    bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.

    Topshiriq: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste’dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi)

    Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini yaratadilar.



    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


    12-MAVZU: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    1991 yil 1 sentabr... Asriy orzu umidlar ushaldi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritdi. Mustaqil davlat sifatida o'z tili, Bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga ega bo’ldi.

    Xalqimiz o'zining ulug' maqsadi: Ozod va obod Vatan ravnaqi, erkin va farovon hayot qurish yo'lida ulkan ishlarga bel bog'ladi.

    Har bir davlat o'z xavfsizligini ta'minlash, yurt tinchligini saqlash maqsadida o'z armiyasini shakllantiradi.

    O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari 1992 yil 14 yanvarda tashkil topgan.



    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasida: O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining Davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

    Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi deyilgan.

    O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 126-moddasida esa O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga egaligi aytib o'tilgan.

    Sana:__13-mavzu:_Huquqiy_madaniyat_–_komil_inson_belgisi'>Sana:

    13-mavzu: Huquqiy madaniyat – komil inson belgisi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

    Kun shiori: “Huquqiy savodxonlik-davr talabi ”

    Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o`rganishni, moddalarni sharhlashni bilishi, bola huquqlari to`g`risidagi konvensiyasini bilishini, qonunlarni hurmat qilishni, o`z huquqlarini himoya qila olishini o`rgatish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi risolasi, tarqatma materiallar.

    Doskada: “ O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar” .



    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi.


    O`qituvchi: Konstitutsiya baxtimiz qomusi

    O`zbekiston xalqi:

    Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g`oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon ,qilib hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyatni anglagan holda,o`zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda respublika fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib’ insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishini ko`zlab ,fuqarolar tinchligini va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida o`zining muxtor vakillari siymosida O`zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.

    O`zbekiston Respublika Konstitutsiya o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va Konstitutsiya 6 ta bo`lim,26 ta bob,128 ta moddadan iborat. Konstitutsiya lotincha “constitutio” so`zining tarjimasi “nizom qoidalar” degan ma’nolarni anglatadi.

    Har bir inson o`z huquq va burchlarini bilishi lozim.

    Insonning eng oliy huquqi tinch yashash huquqidir.



    Topshiriq: O`z huquqingizni bilasizmi? mavzusidagi og’zaki jurnal sahifalari quyidagicha nomlanishi mumkin:

    Sahifa. Huquq (tavsifnomasi).

    Sahifa. Bilim olish huquqi (yoshlar hayoti va faoliyati haqida).

    Sahifa. Barkamol avlod uchun keng imkoniyatlar.(dalillar bilan)

    Sahifa. Vatan bizga ishonadi (kelajakda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlar).

    Guruhlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va namoyish etishlar yuqorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    Guruhlarning chiqishlari ketma-ketlik bilan bir-biriga bog`langan holda amalga oshiriladi, iloji boricha guruhlarning namoyishida barcha guruh a’zolarining ishtiroki ta’minlanishi maqsadga mufoviq bo’ladi.

    Guruhlar namoyishidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda guruhlar tomonidan namoyish etilgan sahifalarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qiladilar, ushbu mashg’ulot ularni nimalarga o’rgatgani va ular nimalarni bilib olishgani bilan qiziqadi. O`qituvchi kerakli tavsiyalar va tushunchalar beradi, so`ngra mashg`ulotni yakunlaydi.



    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

    Sana:

    14-mavzu: Madhiyam faxrim mening (10 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

    Kun shiori: “Tinch yurtim tongini madhiyam birla qarshi olaman”

    Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat etishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi, tarqatma materiallar.

    Doskada: “Men madhiya matni muallifi bo`lsam-da, Madhiya qoshida oddiy fuqarolardan biri bo`lib bosh egaman va bo`ysunaman”.



    O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov




    O`qituvchi:

    O`zbekiston Respublikasi Madhiyasida o`lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag`rikengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butundunyoni lol qilgan buyuk ma’naviyatimiz madh etilgan.

    Dunyoda bor turli ma’lumot,

    Samolarda izlardi hayot.

    Ming taxminu, ming bir gumonlar,

    Berolmasdi biror ma’lumot.

    Ne donolar quyoshga shoshdi,

    Yulduzlarchi insondan qochdi.

    Galileydan oldin Ulug`bek,

    Falakiyot sirini ochdi.

    Shundan tiniq, toza osmanim,

    Ona yurtim – O`zbekistonim.



    Komil Sindarov

    Topshiriq: Davlatimiz madhiyasini izohlab berish

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


    15-MAVZU: TARTIBGA SOLUVCHINING ISHORALARI.;







    Download 7.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 7.66 Mb.