• O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Topshiriq: “Mushoira” mashqi.
  • Sana: 22-mavzu:Ilmli kishi xor bo’lmas Kun shiori
  • Kommunikativ kompetensiya
  • Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
  • Kasb-hunar haqida hadislardan namunalar aytish.
  • Ilm-hunarning foydasi “matni ustida ishlash. Sana: 23-mavzu: Tejamkorlik – farovonlik manbai.
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • Tushuntirish xati




    Download 7.66 Mb.
    bet8/16
    Sana02.01.2020
    Hajmi7.66 Mb.
    #8237
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

    Sana:

    21-маvzu: Vatan soginchi ila yashagan siymo (Z.M.Bobur tavalludi oldidan)

    Kun shiori: “Dilbar shaxs Bobur”

    Maqsad: O`quvchilarda Z.M.Boburga hurmat, uning ijodiga qiziqishni yanada rivojlantirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari, Ma’naviyat yulduzlari kitobi,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada:


    Toqatim toldi oqibat,

    Taxtni yov oldi oqibat.

    O`z yurtim qoldi oqibat,

    Afg`on ketdim daryo kechib

    Muhammad Yusuf



    O`qituvchi:Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyati o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo`lsa, serjilo o`zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g`azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo`lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo`lib qo`shildi.Z.M.Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijon, Farg`ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar,tog`-jiyanlar, amakivachchalar o`rtasida hokimiyat – ulug` bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlash edi. Topshiriq: “Mushoira” mashqi. ( Bobur g`azallaridan namunalar)



    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

    Sana:

    22-mavzu:Ilmli kishi xor bo’lmas

    Kun shiori: Ilm o`rganish har bir mo`min uchun farzdir.

    Kuchi bor birni yiqar,ilmi bor mingni



    Mashg’ulotning maqsadi: O`quvchilarga ilm,kasb-hunar turlari va ularning ahamiyati haqida ma`lumot berish. O`quvchilarni ilmga va kasbga qiziqishlarini oshirish. O'quvchilarning og`zaki nutqini ,xotirasini rivojlantirish,

    Kommunikativ kompetensiya:

    o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va unga javob bera oladi;



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    shaxs sifatida o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirib boradi;



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

    jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish



    Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:

    bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil eta oladi.



    O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik,savol-javob,tarmoqlash, amaliy.

    I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

    2. Davomatni aniqlash.

    3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.

    II. Asosiy qism:

    Dunyoda ilm-hunarlar ko’p. Hayotda har bir kasbning o’ziga yarasha o’rni, ahamiyati bor. Novvoy xalq dasturxonini to’yimli va shifobaxsh nonlar bilan ta'minlasa, shifokor bemorlarni davolaydi. Haydovchi odamlarning uzog'ini yaqin qilsa, dehqon el dasturxoniga shirin-shakar qovun-tarvuzlar, don mahsulotlari va sabzavotlar yetkazib beradi. Chevar xushbichim kiyim-kechaklar tikadi, me'mor yurt ko’rkiga ko’rk qo’shuvchi mahobatli binolar quradi...



    Ota-bobolarimiz «Hunarli — unar», «Hunarli kishi xor bo’lmas», «Husniga emas, hunariga boq», «Bir yigitga qirq hunar oz» degan edilar . Inson qaysi kasbni tanlashidan qafi nazar o’z oldiga aniq maqsadlar qo’yishi va uni amalga oshirish uchun tinmay intilishi lozim. Hayotda mashaqqatlarga chidagan va ularni yengib o’tganlargina o’z kasbining ustasi sifatida hurmat-e'tiborga sazovor bo’ladilar.

    Kasb-hunar haqida hadislardan namunalar aytish.

    Kasbning eng yaxshisi kishining o`z qo`li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir.

    Ilm o`rganish har bir mo`min uchun farzdir.

    I II:Mashg’ulotni yakunlash:

    O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

    1.Hunar deganda nimani tushunasiz ?

    2.Kasb- hunarlarning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mumkinmi?

    3.Kasb-hunar haqidagi hadislarni o’qing ?

    4.Rasmlarda qaysi kasb- hunar egalari tasvirlangan ?

    5.Siz katta bo’lganingizda kim bo’lmoqchisiz ?

    Ilm-hunarning foydasi “matni ustida ishlash.



    Sana:

    23-mavzu: Tejamkorlik – farovonlik manbai.

    Kun shiori: “Mol-mulkni behuda isrof qilish–aqlsizlik, boylikni o`ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir”

    Hikmat

    Maqsad: O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Pedagogika, Qobusnoma, Mashriq zamin Hikmat bo`stoni, Abdulla Avloniy tanlangan asarlar,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: “Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilik qilishda bo`lmaydi”

    Otalar so`zi”




    O`qituvchi:

    Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur.

    Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o`ldig`i kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo isrof qiluvchilarni suymas. Iqtisodni riyoya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar, arilar qish kunida yemak uchun bol yig`ganidek, boshlariga keladurgan qora kunlarni o`ylab, oq pul yig`urlar. “Toma-toma ko`l bo`ur”, - demishlar. Har narsa ozdan ko`payur.

    Ko`pni ozayturg`uchi xotun kishi,

    Ozni ko`payturmak erur er ishi.

    Hozirgi zamonda maqsudga yetmak, o`z millatiga xizmat qilmak, xalqg`a maqbul bo`lmak uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratli mol va boyliklari ila o`lchanadur. Har yerda boy millatlar og`ir kelub, pallani bosub, xo`ja o`lganidek faqirlari yengil kelub, qul va asir bo`lub,osilib qoladur. Mol topmakning eng barakatli yo`llari: hunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bilim lozimdur. Bobolarimizning “Bo`lsa bo`ar, bo`lmasa g`ovlab ketar” zamonlari o`tub, o`niga “Bilgan bitar, bilmagan yitar” zamoni keldi. Amerikaliklar bir dona bug`doy ekub, yigirma qadoq bug`doy olurlar, yovrupolilar o`zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni kelturub, o`zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyolilar, xususan, turkistonlilar, dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berub, sut oshiymiz. So`zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo`lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas sa’y, bitmas g`ayrat olzimdur.

    Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: “So`ng zamonlarda dinni saqlamak mol ila bo`lur.Iqtisod uzra harakatli kishilar faqir bo`lmas”,-demishlar. Yana: “Har narsada o`rta iqtisod yo`lini tutmak lozimdur. Ifrot va tafritdan ihtiroz qilmak kerak, hatto din amrinda ham biro dam ortuq so`fiylik sotsa, oxirida o`zi mag`lub bo`lur”, - demishlar.

    Xalq ichinda mo`tabar bir narsa yo`q davlat kabi,

    Bo`lmag`ay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi.

    Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,

    Yaxshi ne’mat yo`q kishiga sa’y ila g`ayrat kabi.

    Abdulla Avloniy



    Download 7.66 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 7.66 Mb.