• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Sana: 2 7-mavzu: Amir Temur – komillik namunasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi




    Download 7.66 Mb.
    bet12/16
    Sana02.01.2020
    Hajmi7.66 Mb.
    #8237
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Navro`zni madh etgan shoirlar ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada:

    Yuraklarga solib hayojon,

    Eshik qoqar biz kutgan mehmon.

    Yelkasida bayram libosi,

    Qo`llarida ochil dasturxon.

    Dala dashtga bag`ishlab chiroy,

    Yurtga keldi yana ko`klamoy.



    Komil Sindarov

    O`qituvchi:

    Aslida, har qanday an’ana, urf – odat hamda rasm – rusumlar muayyan hayotiy zarurat tufayli paydo bo`lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi, ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu – istaklarining ifodasi bo`lib, ketma – ket kelguvchi avlodlar ma’naviy – axloqiy qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi ta’sir o`tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun – mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas g`oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday an’analar borki ular o`zining ijobiy ta’siri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko`tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.

    Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.

    “Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:

    Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,

    Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.

    Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z asarlaridan asoslab berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ”Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka “ Umar Hayyomning “ Navro`znoma “ , Abulqosim Firdavsiyning

    “Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “ Navro`znoma “, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf – odat, rasm – rusumlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir.

    Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh – la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.



    Topshiriq:

    “Navro`z ” bayrami bilan bog`liq bo`lgan an’ana va udumlarimizni

    “Diolog” usulida ochib beradilar.

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

    Sana:

    27-mavzu: Amir Temur – komillik namunasi (Amir Temur tavalludi munosabati bilan)

    Kun shiori: “Amir Temur faxrimiz-g`ururimiz”

    Maqsad: O`quvchilarda Sohibqiron Amir Temur bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish, Amir Temur bobomiz faxrrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: Amir Temur besh narsaga e’tiqod qo`ygan:

    1. Alloh.

    2. Tafakkur.

    3. Qilich.

    4. Imon.


    5. Kitob.


    O`qituvchi:

    AmirTemur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma’lumotiga ko`ra, xijriy 736 yil ( milodiy 1336 yil 9 aprel) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo`ja Ilg`or qishlog`ida, barlos Tarag`ay xonadonida tavallud topgan.

    Temur o`smirlik yoshidanoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. O`n ikki yoshga to`lganida u: “ bolalarcha o`yinlardan orlanadigan bo`ldim va vaqtimni o`zimga tengqur o`spirinlar bilan o`tkazishga harakat qildim ”, deydi.

    Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo etishni o`z odiga maqsad qilib qo`yadi. O`zining porloq istiqboliga katta umid va ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini nafaqat o`zining tug`ma bahodirligi va jasorati bilan, balki ayni zamonda Allohga va Qur’onga bo`lgan ishonchu e’tiqodi bilan ham mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og`ir va qiyin sharoitlarda ham to`g`ri tadbir belgilash va undan chiqib ketishini ta’minlar edi. Taqdirni bilishda Qur’oni Karim, ilmi nujumga, tush tabirlariga, turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo`lsa, avval Qur’onni dasturlamal deb bilardi.

    Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo`lish mumkin. Birinchi davr 1370-1388 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig`atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi.

    Ikkinchi davr 1388-1405 yillardir. Bu davrda Amir Temur o`z davlati hududini kengaytirish va buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Shu narsa alohida e’tiborga loyiqki, Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat’i nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan.

    Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.



    Download 7.66 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 7.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

    Download 7.66 Mb.