|
Tuzuvchilar: O’qituvchining familyasi Bo’ronov S. Lavozimi O’qituvchi Ish joyi Samdu huzuridagi Jomboy raqamli texnologiyalar texnikumi Ilmiy darajasi Yo’q Taqrizchilar
|
bet | 1/2 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #141748 |
Bog'liq 2.01 Elektrotexnika va elektronika
Texnikumning kengashining 2020 yil 19-dekabrdagi 1-son yigʼilishida maqullangan va Samarqand davlat universitetining 2020 yil “____”_______ dagi ____-son buyrugʼi bilan tasdiqlanadi va joriy etiladi.
Tuzuvchilar:
O’qituvchining familyasi Bo’ronov S.
Lavozimi O’qituvchi
Ish joyi SamDU huzuridagi Jomboy raqamli texnologiyalar texnikumi
Ilmiy darajasi Yo’q
Taqrizchilar:
O’qituvchining familyasi Toshbayev M.
Lavozimi SamDU, «Umumiy fizika» kafedrasi o’qituvchisi
Ish joyi SamDU
Ilmiy darajasi Yo’q
O’qituvchining familyasi Omonov B.
Lavozimi SamDU,«Umumiy fizika »kafedrasi o’qituvchisi
Ish joyi SamDU
Ilmiy darajasi Phd
Kirish
Fanni oʻqitishdan maqsad – Amaliy elektronika kursi astranomiya mutaxasislari uchun nihoyatda muhim fanlardan biri hisoblanadi. Umumiy oʻrta maktabda, oliy ta’lim muassalarida oʻquvchilani fizikaning tajribaviy asoslariga oʻrganishda elektronikaning oʻrni beqiyos. Shu nuqtai nazardan amaliy elektronikani oʻrganishning asosiy maqsadi fizika mutaxassislari faoliyat sohalarida amaliy jihatdan ishlatish mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalariga ega mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu fanni o‘qitishda turli xil elektronika elementlarining fundamental xususiyatlari, hamda radiolakator yordamida qabul qilingan signallarni kuchaytirish, kuchaytirgichlarnining ishlash tamoyili, ularning turli maqsadlarda ishlatilishi istiqbollari to‘g‘risida ma’lumotlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi - Talabalarda radiolokator, radiolokatsiya, elektronika komponentlari va asboblari bazasini, kuchaytirgichlar kuchaytirish koeffitsiyenti hamda ularning asosiy texnik ko‘rsatkichlarni bilish va bu ko‘rsatkichlarni o‘lchov asboblari yordamida o‘lchash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishdan iborat.
«Amaliy elektronika asoslari» fanni oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- bilimlarning bir butun tizimi bilan oʻzaro bogʻliklikda ushbu fanning asosiy muammolarini, oʻzining boʻlajak kasbining mohiyati va ijtimoiy an’analari,
– zamonaviy amaliy elektronika elementlarini ishlatishda qoʻllaniladigan texnologiyalar, texnologik jarayonlar hamda ularning elektrofizik parametrlariga, shuningdek tavsiflariga qoʻyiladigan talablar haqida tasavvurga ega boʻlishi;
– zamonaviy amaliy elektronika elementlari hamda mikroelektron asboblarning asosiy hususiyatlari, parametrlari va tavsiflarini;
– zamonaviy amaliy elektronika elementlari hamda mikroelektron asboblarda ishlatiladigan materiallarni va ularning asosiy kattaliklarini EHMda hisoblashni;
– amaliy elektronika elementlari tuzilishi, fizika – kimyoviy xossalarini, elektrofizik parametrlarini hisoblash va konstruksiyalashning texnologik asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- amaliy elektronika elementlari asosidagi texnologik parametrlarni rostlash va sozlash, ularni ishga tayyorlash texnologiyasini;
- amaliy elektronika elementlari asosiy elektrofizik parametrlarini tajriba mashgʻulotlarda aniq oʻlchashni;
- amaliy elektronika elementlari asosida ishlab chiqilgan va yaratilgan asboblarning texnik holatini baholashni, texnologik parametrlarini rostlash va sozlash, ularni ishga tayyorlash hamda boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
- amaliy elektronika elementlarining asosiy tavsiflarini aniqlash, baholash, ularning elektrofizik parametrlarini optimal holatga olib kelishini ta’minlaydigan tajribalarni amalga oshirish;
- amaliy elektronika elementlari asosida asboblarni ishlab chiqishda va yaratishda sarf boʻladigan xarajatlarning asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish, baholash malakalariga ega boʻlishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tuzuvchilar: O’qituvchining familyasi Bo’ronov S. Lavozimi O’qituvchi Ish joyi Samdu huzuridagi Jomboy raqamli texnologiyalar texnikumi Ilmiy darajasi Yo’q Taqrizchilar
|