sertifikatlashtirish «O ’zstandart» agentligi - standartlashtirish b o ’yich a m illiy idora




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/150
Sana24.11.2023
Hajmi8,02 Mb.
#104425
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150
Bog'liq
Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari

sertifikatlashtirish «O ’zstandart» agentligi - standartlashtirish b o ’yich a m illiy idora
hisoblanadi.
O ’zbekiston Respublikasida standartlashtirish b o ’yich a ishlar « O ’zstandart» 
agentligi tomonidai standartlashtirish b o ’yicha texnika q o ’mitalari (TQ ), korxonalar, 
birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlam ing b o ’lajak rejalari (dasturlari) 
tuziladigan y illik rejalar b o ’yicha amalga oshiriladi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda m illiy standartlar 
talablari bilan u y g ’unlanishini, insonlarning hayoti v a so g ’ligi uchun xavfsizlikni, 
atrof-muhitning m uhofaza qilinishini, iste'molchilar huquqining him oya qilinishini, 
milliy sotsial-iqtisodiy va ilm iy-texnikaviy dasturlaming am alga oshirilishini 
ta'minlaydigan standartlami ishlab chiqish kiritiladi.
O ’zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlam i ishlab chiqish, 
odatda har bir m anfaatdor korxona va tashkilotlam ing m uxtor vakili bo’lgan 
mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy q o ’mitalar (TQ) kuchi bilan yoki 
standartlashtirish b o ’yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik q o ’mitalar o ’z faoliyatini standartlashtirish bo’yicha texnikaviy qo’mita 
haqidagi Namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan «Texnik q o ’mitalar»ning 
nizomiga muvofiq tayanch tashkilot esa «Standartlashtirish b o ’yicha tayanch 
tash k ilo tto ’g ’risida»gi Namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Texnik q o ’m italar va tayanch tashkilotlar joriy qonunlar ham da O ’zbekiston 
Respublikasi standartlarining loyihasi va texnikaviy shartlarining ishlab chiqilishi 
yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq ulam ing sifati va o ’z muddatida olib 
borilishi uchun javobgardir.
«O ’zstandart» 
agentligi, 
O ’zbekiston 
Respublikasining qurilish 
davlat 
qo’mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi 
(biriktirilgan 
sohalari 
b o ’yicha) 
respublika 
standartlari 
k o ’rib 
chiqadilar, 
tasdiqlaydilar, ulam ing qo’llanilish muddatini cho’zadilar va bekor qiladilar hamda 
unga o ’zgartirishlar kiritadilar.
Respublika standartlari va ularga o ’zgartirishlar tasdiqlanish darajasidan qat'iy 
nazar «O ’zstandart» agentligi davlat ro ’yxatidan o ’tkazilishi lozim.
93


«O ’zstandart» agentligi respublikada standartlashtirish b o ’yicha ishlarga 
umumiy uslubiy rahbarlikni ta'minlaydi.
Sanoat v a qishloq x o ’jaligi tarm oqlarida standartlashtirish bo’yicha ishlami 
tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun zarurat b o ’lgan hollarda, O ’zbekiston 
Respublikasi 
vazirliklari, idoralari, uyushm alari, kontsem lari va boshqa x o ’jalik 
tuzilm alaridan bo’linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan va texnikaning tegishli 
sohalaridagi yuqori ilmiy-texnikaviy im koniyatlarga ega bo’lgan tashkilotlarda 
standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlarida tuziladi.
K orxona rahbarlari korxonalarda standartlashtirish b o ’yicha ishlam ing tashkil 
etilishi va bu ishlam ing bajarilishi ahvoli uchun bevosita javobgardir.
K orxonalar zarur b o ’lganda standartlashtirish b o ’yicha b o ’linmalar (xizmatlar) 
konstruktorlik-texnologik yoki ilm iy-tadqiqot b o ’limi, laboratoriya, byuro tashkil 
etadi, ular korxonada standartlashtirish b o ’yicha ishlarga tashkiliy-usuliy va ilmiy- 
texnikaviy rahbarlikni amalga oshiradi, standartlashtirish bo’yicha ilm iy-tekshirish va 
tajriba-konstruktorlik 
va 
boshqa 
ishlami 
bajaradilar, 
korxonaning 
boshqa 
bo’linmalari tom onidan o ’tkazilayotgan standartlashtirish ishlarini bajarishda ham 
qatnashadilar.
K orxonalar, muassasalar, tashkilotlarda standartlashtirish b o ’yicha olib 
boriladigan ishlar asosiy ishlar turiga kiradi.
Standartlashtirish sohasidagi me'yoriy hujjatlam ing toifalari, standartlarning 
turlari. O ’zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish ob'ektlariga q o ’yilgan 
talablam i belgilovchi me'yoriy hujjatlam ing quyidagi toifalari qo’llaniladi:
M ustaqil davlatlar ham do’stligining davlatlararo standartlari (GOST);
O ’zbekiston Davlat standartlari (O ’zDst);
Texnikaviy shartlar (TSh);
Korxonalar, 
birlashmalar, 
firmalar, 
kontsernlar 
va 
boshqa 
x o ’ja lik
sub'ektlarining standartlari (KSt);
X alqaro, m intaqa va xorijiy m am lakatlam ing milliy standartlari (ISO, IEC va 
boshqalar).
M illiy standarlashtirish ob'ektlariga:
94


yagona texnikaviy tilni qo’shib hisoblaganda umumtexnikaviy ob'ektlar, 
umumiy mashinasozlikda qo’llaniladigan buyumlarning namunaviy konstruktsiyalari 
(mahkamlash vositalari, asboblar va boshqalar), m ateriallar va moddalaming 
x u su siy a ti 
haqidagi ishonchli ma’lumotlar, texnikaviy-iqtisodiy axborotni tasniflash
va kodlash;
- aniq maqsadga y o ’naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy va sotsial-iqtisodiy 
dasturlari na loyiha ob'ektlari;
- respublikaga (yoki muayyan korxonalarga) mahsulot yoki texnologiyaning 
raqobat qilish qobiliyatini oshirishni ta'm inlash imkonini beradigan fan va texnika 
yutuqlari;
- respublikada 
ichki 
ehtiyojini 
qondirish 
uchun, 
shuningdek 
ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar kiritiladi.
Standartlaming talablari va texnikaviy shartlari xalqaro, mintaqaviy va sanoati 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarning 
milliy 
standartlari 
talablari 
bilan 
uyg’unlashtirilishi lozim.
Standartlar va texnikaviy shartlami tasdiqlovchi tashkilotlar standartlam ing 
talablari asoslanganligi uchun standartlar va texnikaviy shartlam i ishlab chiquvchi 
bilan barobar javobgar hisoblanadilar.
O ’zbekiston 
Respublikasining 
standartlarini 
ishlab 
chiqish, 
kelishish, 
tasdiqlash va ro ’yxatga olish tartibi O ’z D St 1.1-92. O ’zbekiston standartlashtirish 
davlat tizim i.Davlat standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat 
ruyxatidan o ’tkazish tartibi standartiga binoan belgilanadi.
Texnikaviy 
shartlar 
O ’zDSt 
1.2-92. 
O ’zbekiston 
Respblikasining 
standartlashtirish davlat tizimi. Texnikaviy shartlam i ishlab chiqish, kelishib olish, 
tasdiqlash va davlat ro ’yhatidan o ’tkazish tirtibi. Ushbu standart bo’yicha belgilangan 
tartibda ishlab chiqiladi, kelishiladi, tasdiqlanadi va ro ’yxatdan o ’tkaziladi.
K orxonlar standard O ’z DSt 1.3-92 O ’zbekiston standartlashtirish davlat 
tizimi. Tashkilot standartlari. Asosiy qoidalar. Ushbu standartda belgilangan tartibda 
ishlab chiqiladi, kelishiladi, tasdiqlanadi va ro ’yxatdan o ’tkaziladi.
95


M ahsulot standartlari na texnikaviy shartlarini ishlab chiqish yangi mahsulotni 
yaratish (yangilash) bo’yicha ishlaming tarkibiy qismi hisoblanadi.
Standartlar va texnikaviy shartlar fan va texnikaning tegishli sohalarida chet 
ellarda va m am lakatim izda erishilgan eng yuqori yutuqlarini, chet mamlakatlaming 
xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari, talablarini hisobga olib, ilmiy-tadqiqot
tajriba konstruktorlik, texnologik va loyihalash ishlarining natijalariga asoslangan 
holda ishlab chiqilishi va respublikani iqtisodiy va sotsial rivojlantirish uchun eng 
maqbul qarorlar qabul qilish nazarda tutilishi lozim.
Zarurat tu g ’ilganda, ishlab chiqaruvchi buyurtmachi bilan kelishilgan holda 
yoki buyurtmachining o ’zi muayyan standartlar va texnikaviy shartlam i ishlab 
chiqish yuzasidan texnikaviy vazifalam i tasdiqlaydi.
Standartlar va texnikaviy shartlarda mahsulot sifatiga nisbatan majburiy va 
tavsiya etiladigan talablar (texnikaviy tavsiyalar) belgilanadi.
M ahsulot sifatiga sotsial jihatdan o ’zaro bog’liq bo’lgan, uning aholi hayoti va 
sog’ligi uchun xavfsizligini, atrof-muhitni muhofaza qilishni, m ahsulotning bir-biriga 
m osligi va o ’zaro alm ashuvchanligini ta'minlaydigan, shuningdek nazorat qilish 
belgisi va usullarining majburiy talablarga to ’g ’ri kelishi, ham da bajarilishi kerak 
bo’lgan talablar sirasiga kiradi.
Buyurtmachi (iste'm olchi)da zarurat tug’ulgudek b o ’lsa, u manfaatini himoya 
qilishni ta'm inlaydigan talablar sirasini kengaytirishi mumkin bo’ladi.
M ahsulotlam ing va xizm atlaming iste'mol va boshqa tavsiflari, shuningdek 
standartlarning majburiy talablaridan ko’ra k o ’rsatkichlarining yuqoriroq darajasini 
belgilaydigai tavsiflari, ya'ni korxonalaming 
respublikada va xorijdagi iqtisodiy 
manfaatlarini him oya qilish va mustahkamlash m aqsadida tavsiya qilinadigan 
iste'mol va boshqa tavsiflarga ta'lluqlidir. Tayyorlovchi va iste'molchi (buyurtmachi) 
shartnoma tuzilayotganda tavsiya etilayotgan talablami 
q o ’llash zarurligini 
aniqlaydilar. Ular shartnom aga kiritilgandan so ’ng kelishuvchi tomonlar uchun 
majburiy bo’lib qoladi.
Tuzilayotgan shartnom alarda standartlar va texnikaviy shartlarning majburiy 
talablari salbiy tom onga og’ib ketishga y o ’l qo’yilmaydi.
96
к


T e x n ik a v iy
shartlar 
v a
standartlarda majburiy talablarga doir bo’limda bayon 
e t i k a n m a sa la n , 
sinov usullarini, joylashtirish, transportda tashish, tam g’alash 
n a
b o sh q a la m i 
belgilaydigan, boshqa standartlarga havola qilingan taqdirda, ishora 
qilingan standarti am ing talablari qo’llanish uchun majburiy bo’lib qoladi.
Agar mahsulotning majburiy talablariga muvofiqligi amaldagi standartlarga 
m o’ljallangan tartibda tasdiqlanm asa yoki sertifikatlashtirish lozim b o ’lgan mahsulot 
sertifikatlashtiruvchi sinovlardan o ’tm agan bo’lsa, is’tem ol qilinishi mumkin emas.
Xorijdan keltirilayotgan va aholiga chiqarilayotgan m ahsulot O ’zbekiston 
Respublikasida qo’llanilayotgan standartlar va texnikaviy shartlam ing majburiy 
talablariga javob berishi, shuningdek, sertifikatlashtirishi lozim b o ’lgan mahsulotni 
tegishli sertifikatlar bilan yoki «O ’zstandart» agentligi, O ’zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi, qurilish davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash 
vazirligi (ulaming vakolati doirasida) hududiy idoralam ing xulosasi yoki tegishli 
sertifikati bilan tasdiqlanishi lozim.
Standartlar 
va 
texnikaviy 
shartlam ing 
majburiy 
talablari 
idoraviy 
bo’ysunishidan va mulkchilikning qaysi shaklda bo’lishidan qat’iy nazar barcha 
davlat, kooperativ, ijara, uyushma, qo’shma va boshqa korxona hamda tashkilotlar, 
shuningdek respublika hududida ishbilarmonlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan 
fuqarolarga ham ta'lluqlidir.
Standartlashtirishning majburiy talablari va texnikaviy shartlam ing buzilishiga 
y o ’l qo’ygan korxonalar va m ansabdor shaxslar amaldagi qonunlarga binoan 
javobgarlikka tortiladilar.
Standartlar va texnikaviy shartlar mahsulotning aholi hayoti va sog’ligi uchun 
xavfsizligi, atrof-muhitni m uhofaza qilish, barcha resurslam i tejab-tergash va 
boshqalar bo’yicha texnikaviy qonuniy m e'yorlarga amal qilinishini ta'minlash lozim.
Ishlab chiqarilayotgan m ahsulotga texnikaviy shartlar va korxona standartlari 
talablari ushbu mahsulotga davlatlararo va milliy standartlam ing majburiy talablariga 
qarama-qarshi bo’lmasligi va o ’sha standartlarda k o ’rsatilgan talablardan past 
bo’lmasligi shart.
97


Lozim 
b o ’lgan 
taqdirda 
mahsulotning 
asosiy 
texnikaviy-iqtisodiy 
k o ’rsatkichlarini, uning nom lar (turlar)ining oqilona tarkibi va boshqa talablarini aniq 
belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart ishlab chiqilishi mumkin.
Asos b o ’luvchi standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlam ing bajarilishi, shu 
jum ladan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo’llash jarayonlari tartibini 
(qoidalarini), shuningdek faoliyatini muayyan sohasida ishlami tashkil etishning 
asosiy (um um iy) qoidalarini belgilaydi.
U mumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan bir-biriga mos 
bo’Iishi va o ’zaro almashinuvini ta'm inlash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqish, ishlab 
chiqarish va mahsulotni q o ’llashning um um texnikaviy talablarini, shuningdek 
m ehnat xavfsizligi, atrof-muhitni himoya qilish (ekologiya), zararli ta'sirlardan 
(shovqin, tebranish va boshqalardan) him oya qilish, namunaviy texnologik 
jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlam i birxillashtirish 
talablarini belgilaydi.
M ahsulotning aniq turi (belgisi, andozasi va boshqalar)ga texnikaviy shartlar 
standartlari mahsulot sifatiga har tom onlam a talablari belgilaydi.
Texnikaviy shartlam ing milliy standartlari ommaviy yoki seriyali ishlab 
chiqarilayotgan m ahsulot uchun ishlab chiqiladi.
Texnikaviy talablam ing standartlari mahsulotning to ’g ’ri foydalanishini, 
buyumlam ing pishiqligi (uzoq muddatga chidashi), texnikaviy m oslashuvchanligi va 
o ’zaro alm ashinuvchanligini, mashinalar, uskunalar va asboblarning birxilligini, 
m ahsulotning raqobatbardoshlik qobiliyati oshirilishini ta'm inlaydigan asosiy 
k o ’rsatkichlar me'yori va talablarini belgilaydi.
N azorat usullari (sinovlar, taxlil qilishlar, o ’lchovlar, ta'riflashlar) standartlari 
m ahsulotining bitta yoki bir nechta turdosh guruhlari uchun ishlab chiqiladi. Standart 
sinash ishlarida nam unalam i tanlash tartibini, bu mahsulotning sifat k o ’rsatkichlarini 
baholash birligini ta'minlash m aqsadida uning iste'mol qilish (foydalanish), ta'riflarini 
nazorat qilish (sinash, taxlil qilish, ta'riflash, o ’lchash) usullarini, shuningdek 
mahsulotni yaratish, nazorat qilish, sertifikatlashtirish va foydalanish chog’ida sinab 
k o ’rish usullarini belgilaydi.



Download 8,02 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



sertifikatlashtirish «O ’zstandart» agentligi - standartlashtirish b o ’yich a m illiy idora

Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish