O ’zaro almashinuvchanlik - bir xil talablami bajarish maqsadida bir xil buyum




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/150
Sana24.11.2023
Hajmi8,02 Mb.
#104425
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150
Bog'liq
Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari

O ’zaro almashinuvchanlik - bir xil talablami bajarish maqsadida bir xil buyum, 
jarayon, xizmatdan foydalanish o ’m iga boshqa bir xil buyum, jarayon, xizm atning 
yaroqliligidir.
Bir 
turdagi 
mahsulotlar 
turkumi 
deb 
m ahsulotning 
funktsional 
y o ’naltirilganligi, qo’llanish sohasi, konstruktiv-texnologik echimi va asosiy sifat 
ko’rsatkichlarining nomlarini bildiradigan eng katta darajadagi yig ’indisiga aytiladi.
Xalqaro standartlashtirish - barcha m am lakatlam ing tegishli idoralari erkin 
holda ishtirok etishi mumkin bo’lgan standartlashtirishdir.
M intaqaviy standartlashtirish - ishtirok etishi dunyodagi faqat bitta geografik 
yoki iqtisodiy regionga qarashli mam lakatning tegishli idoralari uchungina ochiq 
bo’lgan standartlashtirishdir.
Milliy standartlashtirish - muayyan bir mam lakat doirasida o ’tkaziladigan 
standartlashtirishdir.
Davlat nazorati - 
korxonalar, 
lavozimdor shaxslar va fuqarolami 
standartlarning majburiy talablariga ham da mahsulotlar, jarayonlar va xizm atlar 
sifatiga, shuningdek sertifikatlashtirilgan texnikaviy shartlarga rioya etishni nazorat 
qilish vakolatiga ega bo’lgan davlat idorasining faoliyatidir.
Standartlashtirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlam ing (keyinchalik - mahsulot) sifati va 
nomlari masalasiga davlat va is'temolchilam ing manfaatini himoya qilish, kishilar 
sog’ligi va hayot xavfsizligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish;
- fan va texnikaning rivojlantirilishi bilan aholi va xalq x o ’jaligining 
ehtiyojlariga muvofiq ravishda mahsulot sifatini oshirish;
- mahsulotning bir-biriga mosligi va o ’zaro alm ashinuvchanligini ta'minlash;
- kishilar moddiy resurslarining tejalishiga, iqtisodiy ko’rsatkichlamiig 
yaxshilanishiga k o ’maklashish;
87


-savdoda texnikaviy to ’siqlam i bartaraf qilinishiga, jahon bozorida raqobat 
qilish qobiliyatining ta'm inlanishiga erishish;
- tabiiy va texnologik halokatlari va boshqa favqulodda vaziyatlar ro ’y 
berishini hisobga olgan holda xalq x o ’jaligi ob'ektlarining xavfsizligini ta'minlashdir.
Standartlashtirish 
vazifalari. 
Standartlashtirishning 
asosiy 
vazifalari 
quyidagilardan iborat:
- iste'molchi va davlatning manfaati y o ’lida m ahsulotning sifati va nomlariga 
nisbatan eng maqbul talablam i q o ’yishdan;
- davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan 
mahsulotga, kerakli talablam i belgilovchi me'yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab 
chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va q o ’llash, shuningdek hujjatlardan 
foydalanishini nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan chet m am lakatlam ing xalqaro, 
mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashuvini ta'minlash;
- bir-biriga moslikning barcha (konstruktiv, elektrik, elektrom agnitli, ma'lumot, 
dastur va boshq.) turlarini, shuningdek mahsulotning o ’zaro almashuvchanligini 
ta'minlash;
- param etrik va turlar o ’lchamli qatorlarini, tayanch konstruktsiyalami, 
buyum lam ing konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan blokli tarkibiy 
qismlarini aniqlash va q o ’llash asosida birxillashtirish;
-mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xom ashyo va materiallar 
k o ’rsatkichlari va tavsifning kelishib olish va bog’lanish;
- material va energiya sig’imni kamaytirish, kam chiqindi chiqarish 
texnologiyalami q o ’llash;
- mahsulotning ergonomik xossalariga talablam ing belgilanishi;
- metrologik me'yor, qoida, nizom va talablam ing belgilanishi;
- standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, 
mam lakatning 
xalqaro 
va 
m intaqaviy 
standartlashtirishda 
ishtirok 
etishni 
kuchaytirish;


xorijiy m am lakatlam ing talablari O ’zbekiston Respublikasining xalq x o ’jaligi 
ehtiyojlarini qondira olgan hollarda ulam ing xalqaro, mintaqaviy va milliy 
standartlarining mam lakat standartlari va texnikaviy shartlar tariqasida to ’g ’ridan- 
to’g ’ri qo’llash tajribasini kengaytirish;
- texnologik jarayonlarga talablam i belgilash; mahsulotni standartlashtirish va 
uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro ham korlik qilish yuzasidan ishlarini 
tashkil qilish;
- texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizim ini yaratish va joriy
etish;
- sinovlami me'yoriy-texnik jihatdan ta'm inlash, mahsulot; sifatini sertifikalash, 
baholash v a nazorat qilish.
O ’zbekiston 
Respublikasining 
standartlarini 
ishlab 
chiqish, 
kelishish, 
tasdiqlash va ro ’yxatga olish tartibi O ’z D St 1.1-92. « O ’zbekiston standartlashtirish 
davlat tizim i.Davlat standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat 
ruyxatidan o ’tkazish tartibi bilan belgilanadi».
Texnikaviy 
shartlar 
O ’zDSt 
1.2-92. 
«O ’zbekiston 
Respblikasining 
standartlashtirish davlat tizimi. Texnikaviy shartlam i ishlab chiqish, kelishib olish, 
tasdiqlash va davlat ro ’yhatidan o ’tkazish tirtibi»da belgilanadi.
Korxonalar standard O ’z DSt 1.3-92. «O ’zbekiston standartlashtirish davlat 
tizimi. Tashkilot standartlari. Asosiy qoidalar»da belgilangan tartibda ishlab 
chiqariladi, kelishiladi, tasdiqlanadi na ro ’yxatdan o ’tkaziladi.

Download 8,02 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ’zaro almashinuvchanlik - bir xil talablami bajarish maqsadida bir xil buyum

Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish