• 2.6-§. S ta n d a rtla r v a o ’lch ov vo sita la ri ustid an d a v la t n azorati Standartlar va o ’lchov vositalari ustidan davlat nazoratini O ’zbekiston
  • U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash




    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/150
    Sana24.11.2023
    Hajmi8,02 Mb.
    #104425
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150
    Bog'liq
    Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari

    E slab qolish uchu n atam alar:
    Ixtiyoriylik, 
    oshkoralik, 
    baynalminallik, 
    texnikaviy 
    shartlar, 
    korxona, 
    birlashm a, firma, kontsern, va x o ’jalik sub'ektlari standartlari, standartlashtirish 
    ob'ektlari.


    2.6-§. S ta n d a rtla r v a o ’lch ov vo sita la ri ustid an 
    d a v la t n azorati
    Standartlar 
    va o ’lchov vositalari ustidan davlat nazoratini O ’zbekiston 
    Respublikasining qonun aktlariga m uvofiq ravishda m axsus vakil qilingan davlat 
    idoralari ushbu idoralar to ’g ’risidagi qoidalarga k o’ra belgilangan vakolat doirasida 
    amalga oshiradilar.
    Respublika nazoratining bosh vazifasi standartlaming, texnikaviy shartlar va 
    m etrologik qoidalam iig buzilishini bartaraf qilish va uning oldini olishdan iboratdir.
    Me'yoriy va texnikaviy hujjatlar, mahsulotlar, shu jum ladan xorijda 
    chiqariladigan va xorijdan keltiriladigan mahsulot, mudofaa uchun zarur b o ’lgan 
    mahsulot, jarayonlar, xizmatlar, amaldagi qonunlarga binoan boshqa ob'ektlar davlat 
    nazorati ob'ektlari hisoblanadi.
    Respublika nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
    -standartlar va texnikaviy shartlam ing majburiy talablariga amal qilishini 
    tekshirish;
    -mahsulot sifati;
    -yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan xavfli texnologiyalar, ob'ektlar, buyumlar va 
    moddalarni ishlab chiqish va q o ’llanishga ruxsatnoma olish;
    -ishlab chiqaruvchining hohish-istagi yoki iste'molchining talabiga k o ’ra 
    standartlar va texnikaviy shartlam ing barcha talablariga muvofiqligini tekshirish.
    Davlat nazorati tashkilotlari o ’z faoliyatini amalga oshirishda boshqaruv 
    idoralari, iste'molchi jam iyatlar, sug’urta jam iyatlari (uyushmalar) birgalikda harakat 
    qiladilar, 
    O ’zbekiston Respublikasining huquqini himoya qilish idoralari bilan 
    ularga yuklangan vazifalam i bajarishga ko’maklashadilar.
    Birgalikda harakat qilish standartlami takomillashtirish, mahsulot sifatini va 
    ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi hayotining xavfsizligi, salomatligi va 
    mol-mulkning xavfsizligini ta'm inlash, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida 
    amalga oshiriladi.
    Davlat 
    nazorati 
    idoralarining 
    lavozimdor 
    shaxslar 
    o ’z 
    vazifalarini 
    bajarmaganligi yoki etarli darajada bajarmaganligi uchun qonunda belgilangan
    101


    tartibda javob beradilar.
    Davlat nazorati tashkilotlari boshqaruv idoralari va O ’zbekiston Respublikasi 
    jam oatchiligiga mahsulot sifati to ’g ’risida vaqti-vaqti bilan axborot berib turadilar.
    Standartlami ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ruyxatdan o ’tkazish. 
    O ’zbekiston Respublikasi 
    standarti (bundan keyin-standart) standartlashtirish 
    buyicha texiikaviy q o ’m italar (TQ), standartlashtirish b o ’yicha tayanch tashkilotlar, 
    vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kontsem lar, davlat, shirkat, pudratchi, aktsioner, 
    qo’shma korxonalar, m uassasalar va tashkilotlar tom onidan ishlab chiqiladi.
    Standartni har xil tashkilot mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan 
    ishlab chiqishga y o ’l qo’yiladi.
    Standartlaming bir nechta tashkilot tom onidan 
    ishlab chiqilishda etakchi 
    ishlab chiqaruvchi tashkilot (ijrochilar ro ’yxatidan birinchi) ham korligida ish 
    bajaruvchi har bir tashkilot bilan k o ’lamini aniqlaydi.
    Etakchi ishlab chiquvchi tashkilot butunlay standart loyihasini o ’z vaqtida 
    ishlab chiqishga, hamkorlikda ish bajaruvchi tashkilotlar esa, unga topshirilgan 
    ishning vaqtida bajarilishigajavobgar hisoblanadi.
    X orijga chiqariladigan mahsulotning standarti GOST 1.22-85 talablariga 
    muvofiq ishlab chiqiladi.
    ISO va IEC standartlari asoslarida standartlam i ishlab chiqish, kelishish va 
    tasdiqlashda ushbu standart shartlari ko’zda tutiladi.
    Standart loyihasining mazmuni va texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslab 
    berilganligiga, ko’rsatkichlarning, m e'yor va talablam ing fan va texnikaning hozirgi 
    darajasiga to ’g ’ri kelishiga standartni ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi tashkilot javob 
    beradi.
    Standart respublika hududida kim ga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat'iy 
    nazar, standart bo’yicha ishlab chiqilgan mahsulotlam i chiqariladigan va iste'mol 
    qiladigan hamm a korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
    Har bir standartga kiritiladigan o ’zgartirish asosiy standart uchun belgilangan 
    tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro ’yxatdan o ’tkazilishi lozim.



    Download 8,02 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150




    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash

    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish