2 ) standartni ishlab chiqish maqsadi va vazifalari;
3) standartlashtirish ob'ektining tavsifi;
4) standartning ilm iy-texnikaviy darajasi;
5) standartni joriy qilishning texnik-iqtisodiy samaradorligi;
6) joriy qilish, standartni harakatga keltirish (amal qilish muddati) va standartni
tekshirish;
7) boshqa me'yoriy hujjatlar bilan o ’zaro bog’liqligi;
8) fikr-m ulohaza olish uchun yuborilgani to ’g ’risida ma'lumot (standart
loyihasining birinchisidan tashqari hamma tahriri bo’yicha);
9) kelishilganligi to ’g ’risida ma'lumot (faqat tasdiqlashga oshiriladigan
standart loyihasining oxirgi tahririga);
10) axborotlar manbai;
11) qo’shimcha m a'lumotlar;
Standart loyihasining har bir tahririga tushuntirish xati tuziladi. Tushuntirish
xatida standart loyihasi tahriridagi asosiy ko’rsatkichlam ing, me'yorlarini ta'riflar va
talablam ing bundan oldingi tahririga nisbatan o ’zgartirilishi aks ettiriladi va
o ’zgartirishning texnik-iqtisodiy asoslari ko’rsatiladi.
Agar
standartlashtirish
rejasiga kiritilmagan
standart
loyihasi
ishlab
chiqiladigan bo’lsa (rejadan tashqari mavzu), yuqori idoraning standarti ishlab
chiqishga asos bo’lgan y o ’l-yo’riq beradigan) hujjatni keltiradi.
«Standartni ishlab chiqishning maqsadi va vazifalari» b o ’limida ishlab
chiqilayotgan standartni qo’llash oqibatida ta'm inlanadigan pirovard natijalar va
standartni ishlab chiqish jarayonida hal qilinadigan vazifalar keltiriladi.
«Standartlashtirish ob'ektining tavsifi» bo’limida standart ilk marotaba ishlab
chiqarilayotgani to ’g ’risida m a'lumot yoki standartlar, texnikaviy shartlar va mazkur
standartlashtirish ob'ekti bo’yicha standart loyihasi ishlab chiqila boshlagan paytda
amalda bo’lgan boshqa hujjatlar to ’g ’risida ma'lumot keltiriladi.
B o ’limda, standartlashtirish ob'ektiga bog’liq ravishda standart loyihasining
asosiy k o ’rsatkichlari, me'yorlari,
tavsiflari, talablari va ular maqbulligining texnik-
iqtisodiy asoslari keltiriladi Standart qayta ko’rib chiqiladigan yoki standartga
114
o ’z°artirshlar kiritiladigan taqdirda texnik-iqtisodiy asoslash, standart k o ’rsatkichlari,
ta'riflari va talablarining o ’zgartirilishi k o ’rsatiladi.
«Standartning ilmiy - texnikaviy darajasi» b o ’limida standartning ilmiy-
texnikaviy darajasini baholash natijalari va talablarini jahondagi darajaga muvofiqligi
keltiriladi; chet ellarda va MDHdagi ayni shundaylar bilan qiyoslash va baholash
o ’tkazilgani to ’g ’risidagi m a'lumotlar keltiriladi. Kerak bo’lganda bu ma'lumotlar
tushuntirish xatining ilovasida keltiriladi.
«Standartni
joriy
qilishning
texnik-iqtisodiy
sam aradorligi»
bo’limida
standartlashtirish ob'ektining iqtisodiy jihatdan afzalligi, tejamkorlikka erishishining
asosiy manbalari k o ’rsatiladi.
«Standartni joriy qilish tufayli k o ’riladigan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash
mumkin bo’lm asa standartni joriy etishdan keladigan sotsial samaradorlikni (agar
mavjud bo’lsa) k o ’rsatish kerak.
«Standartni joriy qilish (uning
amalda q o ’llanilish muddati) va standartni
tekshirish» bo’limida:
1) asosiy tadbirlar rejasini bajarishga sarflangan vaqtni hisobga olgan holda
standartning ishga kiritilishi m o’ljallanayotgan sanani asoslash;
2 ) standart loyihasining amal qilish muddati cheklanmagan holda tasdiqlanishi
yoki standart amal qilishini k o ’zda tutgan
holda chegaralash asoslanadi, shuningdek
standartni birinchi tekshirishdan o ’tkazishning m o’ljallanayotgan muddati va keyingi
tekshirishlaming davriyligi asoslanadi.
Boshqa me'yoriy hujjatlar bilan o ’zaro bog’liqlik b o ’limida:
1) agar standart loyihasi standartlar majmuiga qarashli bo’lsa, uning standartlar
majmuiga mansubligi;
2 ) bir turdagi mahsulot guruhi standartiga muvofiq ishlab chiqilgan standart
loyihasi;
3) muomaladagi standartlar, shu jum ladan, standart loyihasi bilan o ’zaro
bog’liq bo’lgan ISO, IEC va boshqa xalqaro
tashkilotlam ing standartlari, texnikaviy
shartlari;
115
4)
qayta k o ’rib chiqish va o ’zgartirishlami ishlab chiqish zarurligini asoslab
berish yoki ishlab chiqilayotgan standartni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalda joriy
etish natijasida muomaladagi standartlami, texnikaviy va boshqa hujjatlami bekor
qilish k o ’rsatiladi.
Mahsulotning standartini qayta k o ’rib chiqishda
ishlab chiqilayotgan va
muomaladagi standartlar b o ’yicha mahsulotning o ’zaro alm ashinuvchanligi va
muomaladagi standart bo’yicha ishlab chiqilgan buyumlardan foydalanishini
ta'minlash va tuzatish bo’yicha choralar to ’g ’risidagi ma'lumotlar keltiriladi.
Agar standart loyihasiniig kelishishi talab qilinmasa, tushuntirish xatida
standartning kelishilishi shart emasligi k o ’rsatiladi va asoslab beriladi.
«Axborot manbalari» bo’limida standart loyihasini ishlab chiqish paytida
foydalanilgan axborot manbalari to ’g ’risida ma'lumot beriladi.
Standart loyihasiga tushuntirish xati standartning etakchi ishlab chiquvchi
tashkilot korxonaning (rahbar o ’rinbosari), standart loyihasini
ishlab chiqish rahbari,
shuningdek birgalikda bajaruvchi tashkilot rahbari imzo chekishlari kerak.
Imzolar standart loyihasiga tushuntirish xatining so’nggi sahifasiga qo’yiladi.
Standart loyihasiga tushuntirish xati alohida mustaqil raqam q o ’yilgan sahifada
va muqovasiz b o ’lishi kerak. Raqam sahifaning o ’ng tom onidan yuqori burchagiga
qo’yiladi.