• Tizim va tarmoqni himoya qilish uchun xavfsizlik devori
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet194/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Viruslardan himoya 
    Ko‘rib turganimizdek, viruslar tizimga zarar yetkazishi mumkin. 
    Shuning uchun tizimni viruslardan himoya qilish muhim xavfsizlik 
    masalasidir. Ushbu himoyani ta’minlash uchun ko‘pincha antivirus 
    dasturlari ishlatiladi. Ushbu dasturlarning ba’zilari faqat ma’lum 
    viruslarga qarshi samarali hisoblanadi. Viruslar ham, antivirus 
    dasturlari ham murakkablashishda davom etmoqda. Ba’zi viruslar 
    boshqa dasturiy vositalarni zararlash orqali o‘zlarini o‘zgartiradilar va 
    bu antivirus dasturlariga ushbu virusni aniqlashga imkon bermaydi. 
    O‘z navbatida, antivirus dasturlari virusni aniqlashning yagona 
    namunasini emas, balki namunaviy oilalarni qidirmoqda. Aslida, ba’zi 
    antivirus dasturlari turli xil aniqlash algoritmlaridan foydalanadilar. 
    Hozirgi kunda juda ko‘plab antivirus dasturlari mavjud. Ular 
    quyidagilar Kaspersky total security, Bitdefender antivirus plus, 
    Norton 360 deluxe, Trend micro maximum security, McAfee internet 
    security, ESET smart security premium, Microsoft Windows defender 
    va boshqalar. 


    315 
    Tizim va tarmoqni himoya qilish uchun xavfsizlik devori 
    Ishonchli kompyuterni qanday qilib ishonchsiz tarmoqqa xavfsiz 
    ulash mumkinligi haqidagi savolga javob beramiz. Bitta echim 
    ishonchli va ishonchsiz tizimlarni ajratish uchun xavfsizlik devoridan 
    (Firewall) foydalanish hisoblanadi. Xavfsizlik devori bu ishonchli va 
    ishonchsizlar 
    orasida 
    joylashgan 
    kompyuter, 
    qurilma 
    yoki 
    marshrutizator. Tarmoq xavfsizlik devori ikkita xavfsizlik domeni, 
    barcha ulanishlarni kuzatib boradi va qayd qiladi. Shuningdek, u 
    resurs yoki belgilangan manzilni, resurs yoki resurs porti yoki 
    bog‘lanish yo‘nalishi bo‘yicha ulanishni cheklashi mumkin. Masalan, 
    veb-serverlar veb-brauzerlar bilan bog‘lanish uchun HTTPdan 
    foydalanadilar. Shuning uchun xavfsizlik devori faqat HTTPga 
    xavfsizlik devori tashqarisidagi barcha xostlardan xavfsizlik devori 
    ichidagi veb-serverga o‘tishga ruxsat berishi mumkin. Firewall – 
    tarmoqlararo himoya qilish tizimi bo‘lib, u umumiy tarmoqni ikki va 
    unda ortiq qismlarga ajratish, ma’lumotlar paketlarini chegara orqali 
    umumiy tarmoqning bir qismidan boshqa qismiga o‘tish shartlarini 
    aniqlaydigan qoidalar to‘plamini amalga oshirishga imkon beradi. 
    Qoidaga ko‘ra, bu chegara korxonaning korporativ (lokal) tarmog‘i va 
    Internet global tarmog‘i o‘rtasida o‘tkaziladi, biroq uni korxonaning 
    korporativ tarmog‘i ichida ham o‘tkazish mumkin. Firewall o‘zi orqali 
    har bir o‘tayotgan paket uchun qarorni, uni o‘tkazish kerakmi yoki 
    tashlab yuborish kerakmi, qabul qilgan holda butun trafikni o‘tkazadi. 
    Firewall buni amalga oshirish uchun, u filtrlashning qoidalar 
    to‘plamini aniqlab olishi kerak. Umumfoydalanuvchi tarmoq tarafidan 
    bo‘ladigan xavflarni to‘sishda Firewall nomini olgan dastur yoki 
    qurilma vositalaridan foydalanadi. Odatda Firewall alohida hisoblash 
    mashinasida amalga oshirilib, bu mashina orqali himoyalangan 
    korporativ tarmoq umumfoydalanuvchi tarmog‘iga ulanadi.
    Firewall himoyalangan korporativ tarmoqga kelayotgan va undan 
    chiqayotgan axborotni nazorat qiladi. Firewall quyidagi vazifalarni 
    bajaradi: 

    Ma’lumotlarni filtrlash; 

    Ekranlovchi agentlardan foydalanish; 

    Manzillarni bog‘lash; 

    Hodisalarni ro‘yhatga olish. 


    316 
    8.3- rasm. Firewall orqali himoyalangan tarmoq

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish