34
markazlari (data centers) yordamida amalga
oshiriladigan dinamik
masshtablashtiriladigan (scalable) va virtuallashtirilgan resurslarga
(ma’lumotlar, ilovalar, OT va boshqalarga)
asoslangan hisoblash
modeli hisoblanadi.
Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan individual foydalanuvchida
bo‘lmagan quvvatli hisoblash resurslaridan foydalanish uchun turli
kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan “bulutlar” to‘plami
(umumiy mumkin bo‘lgan, korporativ, xususiy va boshqalar) mavjud.
“Bulut” servislari pullik.
Bepul
servislardan
Windows
Liveni
aytish
mumkin
(http://www.live.com;).
Bulut
hisoblashlarning
kamchiligi
foydalanuvchi u foydalanadigan “bulutga” (u
foydalanadigan
ma’lumotlar va dasturlar mumkin bo‘lgan) to‘liq bog‘liq bo‘lib qolishi
va nafaqat “bulutdagi” kompyuterlarni, balki hatto
o‘z
ma’lumotlardan zahira nusxa ko‘chirishni
boshqara olmasligidan
iborat.
Shu sababli bulut hisoblashlarning xavfsizligi, foydalanuvchilar
ma’lumotlarining konfidensialligi va boshqalar haqidagi qator muhim
masalalar vujudga keladi. Ularning
hammasi hozirgi vaqtda
yechilmagan. Ma’lumotlarga ishlov berish markazlari apparaturalari
nuqtai nazaridan bulut hisoblashlarni tashkil etishning jiddiy
muammosi elektr energiyasini tejash
va yuklanishni taqsimlash
muammosi hisoblanadi, chunki har bir ma’lumotlarga ishlov berish
markazida bulutli hisoblashlarga millionlab
olisdagi foydalanuvchilar
ega.
Eng ommaviy “bulut” platformalari Microsoft Windows Azure
(bulutli OT) va Microsoft Azure Services Platform (Microsoft.NET
asosida amalga oshirilgan) hisoblanadi. Foydalanuvchiga buning
uchun
zarur
resurslarga
ega
bo‘lmasligi
mumkin
bo‘lgan
kompyuterida uni o‘rnatish haqida zarurat bo‘lmaydi.
Web-brauzer va brauzer orqali bulut
servislarni ishga tushirish
foydalanish uchun minimal sozlashlar paketi (plug-ins) talab qilinadi
xalos. Hozirgi vaqtda yirik kompaniyalar (Microsoft, IBM, HP, Dell,
Oracle va boshqalar) o‘z bulutli hisoblashlar tizimlarini ishlab
chiqishmoqda. Ushbu korporativ tizimlarni
foydalanuvchiga mumkin
bo‘lgan yagona “bulutga” integratsiyalash (birlashtirish) yo‘nalishi
mavjud.