• Hard real-time - tizimlar
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Real vaqt tizimlari va OTlari 
    Real vaqt tizimlari maxsus ilovalar uchun, masalan, ilmiy 
    tajribalar uchun, tasvirlarga bog‘liq tibbiy tizimlarda, sanoatdagi 
    boshqarish tizimlarida, aks ettirish (display) tizimlarida, kosmik 
    uchishlarni boshqarish tizimlari, AESlarda va boshqalarda, boshqarish 
    qurilmalari sifatida ko‘p ishlatiladi. Bunday tizimlar uchun aniq 
    aniqlangan vaqt cheklashlarining bo‘lishi va bajarilishi (javob vaqti - 
    response time, buzilishsiz ishlash vaqti va h.k.) o‘ziga xos. Real vaqt 
    tizimlari hard real-time va soft real-time turlarga bo‘linadi. 
    Real vaqt tizimlarining ikki turi mavjud. Ular quyidagilar: 
    Hard real-time - tizimlar
    – vaqt bo‘yicha cheklashlar 
    buzilganda u boshqaradigan obyektda xatolik (rad etish) vujudga 
    kelishi mumkin bo‘lgan real vaqt tizimlari hisoblanadi. Masalan, 
    avtomobil 
    dvigatelini 
    boshqarish 
    tizimi, 
    kardiostimulyatorni 
    boshqarish tizimi va boshqalar. Bunday tizimlarda ikkilamchi xotira 
    cheklangan yoki mavjud emas. Ma’lumotlar operativ xotirada (RAM) 
    yoki doimiy xotira qurilmasida (DXQ, ROM) saqlanadi. 


    32 
    Bunday tizimlardan foydalanishda umumiy maqsadlardagi OT 
    uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan vaqtni bo‘lish tizimlari bilan 
    nomuvofiqliklar vujudga kelishi mumkin. Oddiy til bilan aytganda, 
    bunday tizimlarning ishlashida uzilishlarga ruxsat etilmaydi. 
    Tizimning asosiy ishlash sikli uchun barcha zarur ma’lumotlar 
    oldindan xotiraga yuklanishi kerak. Bunday tizimning kodini 
    bajaradigan jarayon diskka ko‘chirilishi mumkin emas. 
    Bunday tizimlar uchun OT odatda soddalashtirilgan, virtual 
    xotira o‘rniga fizik xotira ajratiladi, qolgan barcha resurslarni 
    virtuallashtirish turlari bo‘lishi mumkin emas. Real vaqt OTlarini 
    ommaviy ishlab chiqish amaliyoti umumiy maqsadlardagi OTlar 
    ochiq dastlabki kodlari asosida “barcha ortiqchaliklarni olib tashlash” 
    yo‘li bilan bunday OTlarni ishlab chiqish amaliyoti hisoblanadi. Lekin 
    bunda ehtiyotkorlikka rioya etish kerak bo‘ladi. 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish