• Protsessor Protsessor Protsessor Xotira
  • Birgalikda yuklash
  • Taqsimlangan kompyuter tizimlari va ularning OTlarini o‘ziga xos




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

     
    Taqsimlangan kompyuter tizimlari va ularning OTlarini o‘ziga xos 
    xususiyatlari 
    Taqsimlangan tizimda (distributed system) hisoblashlar o‘zaro 
    tarmoqqa birlashtirilgan bir necha fizik protsessorlar (kompyuterlar) 
    orasida taqsimlanadi. Kuchsiz bog‘langan tizim (loosely coupled 
    system) – taqsimlangan kompyuter tizimi bo‘lib, unda har bir 
    protsessor o‘z lokal xotirasiga ega bo‘ladi, turli protsessorlar esa 
    o‘zaro aloqa liniyalari – yuqori tezlikli shinalar, telefon liniyalari
    simsiz aloqa (Wi-Fi, EVDO, Wi-Max va boshqalar) orqali o‘zaro 
    ta’sirlashishadi. 
    Taqsimlangan tizimlarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
    Protsessor 
    Protsessor 
    Protsessor 
    Xotira 


    28 
    1.
    Resurslarni ajratish
    (birgalikda foydalanish): taqsimlangan 
    tizimda turli resurslar turli kompyuterlarda saqlanishi mumkin. 
    Dasturlar yoki ma’lumotlarning nusxalarini bir necha kompyuterlarda 
    saqlash bilan zahiralashning zarurati yo‘q. 
    2. 
    Birgalikda yuklash
    (load sharing): taqsimlangan tizimda har 
    bir kompyuterga ma’lum topshiriq berilishi mumkin, uni u boshqa 
    kompyuterlar o‘z topshiriqlarini bajarishi bilan parallel bajaradi. 
    3.
    Ishonchlilik
    : taqsimlangan tizimning kompyuterlaridan biri 
    rad etganda yoki uzilganda uning topshirig‘i uzilish yakuniy natijaga 
    minimal darajada ta’sir etishi yoki umuman ta’sir etmasligi uchun 
    boshqa kompyuterga taqsimlanishi mumkin. 
    4. 
    Aloqa
    : taqsimlangan tizimda barcha kompyuterlar bir-birlari 
    bilan bog‘langan, shunday ekan, masalan, zarurat bo‘lganda 
    quvvatliroq kompyuterning resurslaridan foydalanish maqsadida bitta 
    kompyuterdan boshqa kompyuterga masofadan kirish mumkin. 
    Taqsimlangan tizimda kompyuterlar tarmoq infratuzilmasiga 
    bog‘langan, u quyidagilar bo‘lishi mumkin:
    1. Lokal tarmoq (local area network - LAN);
    2. Global yoki hududiy tarmoq (wide area network - WAN).
    O‘zining tashkil etilishi bo‘yicha taqsimlangan tizimlar mijoz-
    serverli (client-server) yoki bir darajali (peer-to-peer) tizimlar bo‘lishi 
    mumkin. Mijoz-serverli tizimda ma’lum kompyuterlar serverlar rolini, 
    boshqalari esa ularning xizmatlaridan foydalanadigan mijozlar rolini 
    o‘ynaydi.
    Taqsimlangan tizimlarning bunday tashkil etilishi eng keng 
    tarqalgan va uni atroflicha ko‘rib chiqamiz. Bir darajali taqsimlangan 
    tizimda barcha kompyuterlar teng huquqli. Mijoz-server tizimining 
    tuzilishi 1.4- rasmda keltirilgan. 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Taqsimlangan kompyuter tizimlari va ularning OTlarini o‘ziga xos

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish