• Elektron pochta serveri
  • Server qismi (Server back-end)
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Veb-server (Web server)
    – kompyuter va dasturiy ta’minot 
    bo‘lib, mijozlarga kompyuter-serverda joylashgan Web-sahifalarga 
    WWW orqali ulanishni taqdim etadi. Misol, erkin tarqatiladigan Web-
    server Apache hisoblanadi. 
    Proksi-server (Proxy server)
    – kompyuter va dasturiy ta’minot 
    bo‘lib, u lokal tarmoqning qismi hisoblanadi va Internetga lokal 
    tarmoq kompyuterlaridan samarali kirish, trafikni filtrlash, tashqi 


    30 
    hujumlardan 
    himoyalashni 
    ta’minlaydi. 
    Proxy-server 
    odatda 
    operatsion tizimga o‘rnatiladi. 
    Elektron pochta serveri 
    – kompyuter va dasturiy ta’minot 
    bo‘lib, u qandaydir lokal tarmoq kompyuterlari elektron pochtasini 
    jo‘natish, olish va tarqatishni bajaradi. Shuningdek pochtani shifrlash 
    (email encryption) – ma’lum tarmoq domenidan manzillarga 
    (buyurtmachiga) xatlarni jo‘natishdan oldin shifrlash va ularni 
    buyurtmachi olganidan keyin deshifrlashni ta’minlashi mumkin. 
    Server qismi (Server back-end)
    – katta ishonchlilik va katta 
    resurslar hajmini taqdim etish maqsadlarida bitta server o‘rniga 
    ishlatiladigan server kompyuterlarning lokal tarmoqqa birlashtirilgan 
    guruhi hisoblanadi. Bunga yaqin bo‘lgan boshqa atama ma’lumotlarga 
    ishlov berish markazi (data center) hisoblanadi. Bu tushuncha bulutli 
    hisoblashlarning yanada keng tarqalishi bilan juda dolzarb, bu nuqtai 
    nazardan 
    eng 
    zamonaviy 
    mijoz-server 
    o‘zaro ta’sirlashishi 
    hisoblanadi. 
     
    Klasterli hisoblash tizimlari va ularning OTlari 
    Kompyuterlar klasterlari ilmiy hisoblashlar uchun juda 
    ommalashgan. Kompyuterlar klasterlari tezkor lokal tarmoq orqali 
    bog‘lanadi. Klasterlashtirish ikki yoki undan ortiq tizimlarga umumiy 
    xotiradan foydalanishga imkon beradi. Klasterlashtirish yuqori 
    ishonchlilikni ta’minlaydi. Klasterli hisoblash tizimi ko‘rinishi 1.5- 
    rasmda keltirilgan. 
    1.5- rasm. Klasterli hisoblash tizimi ko‘rinishi 
    Kompyuter 
    Kompyuter 
    Kompyuter 
    Ma’lumotlarni 
    saqlash 
    tarmog’i 


    31 
    Kompyuterlar klasterlari quyidagi ikkita turlarga bo‘linadi:

    assimmetrik klasterlashtirish (asymmetric clustering) – bitta 
    kompyuter ilovani bajaradi, qolganlari esa turib qoladigan 
    kompyuterlar klasterini tashkil etish; 

    simmetrik 
    klasterlashtirish 
    (symmetric 
    clustering) 
    – 
    klasterning barcha mashinalari bir vaqtda bitta katta ilovaning turli 
    qismlarini bajaradigan kompyuterlar klasterini tashkil etish. 
    Shuningdek, quyidagilarga bo‘linadi:

    yuqori tezlikli ulanishli klasterlar (high-availability clusters) 
    – klaster kompyuterlari resurslariga, masalan, ma’lumotlar 
    omborlariga 
    optimal 
    ulanishni 
    ta’minlaydigan 
    kompyuterlar 
    klasterlari;

    yuklanish balanslanadigan klasterlar (load-balancing clusters) 
    – so‘rovlarni balanslaydigan (front-ends), serverlar qismlari (server 
    back-end) kompyuterlari orasida topshiriqni taqsimlaydigan bir necha 
    kompyuterlarga ega bo‘lgan kompyuterlar klasterlari. 
    Klasterlar ko‘pincha universitetlarda va tadqiqotlar markazlarida 
    (masalan, CERN, Shveytsariya) o‘rnatilgan. Klasterlar uchun 
    operatsion tizimlarga Windows 2003 for clusters, Windows 2008 
    High-Performance Computing kiradi. 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish