• Android operatsion tizimi
  • Shifrlash va masofadan boshqarish




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet229/242
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #131625
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   242
    Bog'liq
    os

    Shifrlash va masofadan boshqarish 
    Odatda, mobil qurilmalar shifrlashni amalga oshirish uchun 
    Advanced Encryption Standard (AES) standartidan foydalanadilar. 
    Ma’lumotni shifrlashda sizga kalit kerak bo‘ladi. AES simmetrik 
    shifrlashdir, ya’ni bir xil kalit ham shifrlashda, ham deshifrlash uchun 


    399 
    ishlatiladi. 
    Ikkala 
    yo‘nalishda 
    ham 
    bir 
    xil 
    kalitdan 
    foydalanayotganingiz uchun, uni xavfsiz saqlash juda muhimdir. 
    Kalitlarni saqlash va boshqarish har qanday shifrlash sxemasining 
    muhim qismidir. Kalitni himoya qilish uchun har bir qurilma turli xil 
    vositalardan foydalanadi, ammo foydalanuvchidan parolni talab 
    qilmasdan shifrlash odatiy hol emas. Agar qurilmadan foydalanish 
    uchun autentifikatsiyadan o‘tishingiz talab qilinmasa, qurilmadagi 
    ma’lumotlarni shifrlashning ahamiyati bo‘lmaydi, chunki har kim 
    xohlagan vaqtda telefonni ko‘tarib undan foydalanishi mumkin.
    Android operatsion tizimi 
    Ushbu tizimning eng o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - unda 
    o‘zlashtirish imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik telefonning butun 
    telefonning barcha qismi, o‘rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o‘z 
    ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining o‘zidan 
    bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega. 
    Agar siz aynan o‘zingizga moslashtirilgan mobil xizmatini istasangiz, 
    Android eng yuqori tanlovdir. 
    Android — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) 
    operatsion tizim bo‘lib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, 
    elekron kitoblar, raqamli pleerlar, qo‘l soatlari, netbuklar va 
    smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android 
    Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan.Keyinchalik Google tizim 
    rivojlanishi bilan shug‘ullanadigan Open Handset Alliance (OHA) 
    ittifoqini tuzdi.Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. 
    Android Native Development KitSida va boshqa tillarda yoziladigan 
    dasturlarni yaratadi. Android ochiq kodli operatsion tizim hisoblanadi. 


    400 
    9.20- rasm. Android operatsion tizimi logotipi va undagi xizmatlar 
    U dastlab 2003yilda Android kompaniyasi tomonidan ishlab 
    chiqilgan. Ikki yil o‘tib 2005yilning iyulida Google korporatsiyasi 
    Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007yilning 5noyabrida 
    Google Open Handset Alliance tuzilganligini e’lon qilib, birinchi 
    ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi. Android – Google ga 
    tegishli mobil operatsion platformadir.
    2008yilning 
    23sentabrida 
    operatsion 
    tizimning 
    birinchi 
    versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan so‘ng tizim 
    bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan 
    xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qo‘shdi. 
    2009yilda platformaning to‘rtta yangilanishlari chiqdi. Shunday 
    qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va 
    sentabrda mos ravishda 1.5 „Supsace“ va 1.6 „Donut“ updatelari 
    chiqdi. „Supsake“ versiyasi bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi: virtual 
    klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. 
    „Donut“da birinchi martaCDMA tizimlarini qo‘llash paydo bo‘ldi. 
    2009yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 
    tilidagi brauzerni qo‘llaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan 
    Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) 
    versiyasida „tirik rasmlar“ paydo bo‘ldi va ekran blokirovkasinining 
    ko‘rinishi o‘zgardi. 
    2010yilning o‘rtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi 
    chiqdi. 2010yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish 
    etildi. Bu updatelar an’anaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-
    raqamliga o‘zgartirdi, „Kesish, nusxa ko‘chirish“, qayta qo‘yish 
    funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo. 2011yilning 22fevralida 
    Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi 
    planshetga moslashtirilgani edi. 2011yilning 19oktabrida chiqqan 
    Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham 
    planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi. 2012yilda 
    tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami 
    ostida namoyish etilib, oktabr ohirida yangi update chiqqach 4.2 ga 
    o‘zgardi.
    Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008 yilning 23 
    sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile 
    aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish 


    401 
    etilgan) bo‘ldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari 
    tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish so‘rovlari paydo 
    bo‘ldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3- versiyasi 
    (Honeysomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham 
    Android yoqib qoldi. 
    9.21- rasm. HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT ostidagi 
    birinchi smartfon 


    402 
    9.22- rasm. Android 10 OTning ishchi stoli 
    Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan 
    hamkorlikda o‘zining “Google Nexus” moslamalarini Android OT 
    ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bo‘lib yangi 
    versiyalarda chiqadi. 
    Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa 
    moslamalarga ham o‘rnatiladi. Masalan, 2009yilda sotuvga Androidda 
    ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011yilda Blue Sky kompaniyasi 
    Android OT ostidagi “aqlli” iWatch soatlarini chiqardi. 2012yil 
    avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani 
    namoyish etdi. “Google Nexus” seriyasida smartfon va planshetlardan 
    tashqari Android ostidagi Nexus mediapleeri mavjud. Shu bilan birga 
    Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir. 
    2012yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj 
    Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 
    mln.ga ko‘payayotgani haqida xabar berdi. 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   242




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish