qaratildi. Texnikum va Kasb-hunar kollejlarining tegishli yo‘nalishi va mutaxassisliklarining
„Eelektronika asoslari“fani uchun ajratilgan soatlari o‘zgacha bo‘lishi mumkin. Bunda,
bevosita yo‘nalish sohasiga bag‘ishlangan barcha ajratilgan soatlar sohaga xos elektron
uskuna, asbob va elektr ta’minoti,
ulardagi jarayonlar, signallar, tizimlrni o’rganishga
qaratildi. Mazkur qo‘llanmada bayon etilgan barcha nazariy o‘quv materiallari mumkin qadar
oddiy, amaliy, misollar bilan sharhlandi. Murakkab texnik tushunchalar mantiqiy ravishda
oddiy misollar orqali bayon etildi. O‘quv materialini bayon etish usuli talabalarning mustaqil
fikr yuritish faoliyatini jadallashtirishga mo‘ljallangan. O’quv qo’llanmada mavzular rejasi
asosli keltirilgan. Albatta, fanga ajratilgan soatlarning mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy-
tajriba mashg‘ulotlariga taqsimlanishi har bir texnikum yoki kollejning pedagogik kengashiga
havola, lekin bu taxminiy reja kasb-hunar kollejlarida nazariy mashg‘ulotlarga 40 foyiz,
amaliy-tajriba mashg‘ulotlariga 60 foyiz vaqt ajratilishi lozimligini aks ettiradi. Kitob asosan
5.55.01.01-telekommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha bevosita mos keladi
deyish mumkin. Bu qo’llanmada yarimo‘tkazgich materiallari haqida bilimlarni shakllantiradi
– P-N birikmasi. Yarimo‘tkazgichli diodlar, tranzistorlar, tok va kuchlanish kuchaytirgichlari,
operatsion kuchaytirgichlarning qurilmasi va ishlash printsipi. – Elektr zanjirlarini qurish,
yarimo‘tkazgichli
qurilmalarning
xususiyatlari
va
parametrlarini
o‘rganish.
–
Yarimo‘tkazgichli qurilmalardan sanoatda foydalanish – elektr
zanjirlari elementlarining
xususiyatlarini o‘rganadi.
Elektronika asoslari fani deganda, shunday fan va texnika sohasini tushunmoq kerakki,
bunda:
1) vakuumda, gazlarda, suyuqliklarda, qattiq jismda, plazmalarda va ularning tutashgan
chegara qatlamlarida elektronlar va ionlar ishtirokida sodir bo’ladigan jarayonlar
o’rganiladi;
2) elektrovakuum, ion va yarim o’tkazgichli priborlarning tuzilishi va xususiyatlari
o’rganiladi;
3) yuqoridagi priborlarning amaliyotda, ya’ni fan, sanoat, aloqa va boshqa har xil
sohalarida qo’llanilishi o’rganiladi.
Elektronikaning muvoffaqiyati radiotexnika rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq.
Birinchi radio kashfiyotidan so’ng chorak asr davomida radiotexnika va radiotelegraf
taraqqiyoti katta ta’sir kuchiga ega bo’ldi. Ushbu davrda radiotexnika
jadal surat bilan
rivojlanib, radioqabul qilgichlar soddalashdi, sezgirligi va ishonchliligi ortdi.
1904 yili birinchi ikki elektrodli lampa-diod, 1907 yili esa uchelektrodli elektron lampa-
triod qurildi. 1907 yilning o’zida tasvirni o’zgartirishning elektrik uslubi tashkil etildi, ya’ni
elektron nurli trubka (ENT) ixtiro qilindi. 1913 yili triod lampa asosida so’nmaydigan elektr
tebranish hosil qilindi va qabul qilgichning sxemasi ham yaratildi. Radiosignallarni qabul
qilish uchun radiolampa 1914 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlandi.1924 yili to’rt
eletrodli lampa triod yaratildi.
Ion priborlar ham ixtiro qilinib simobli ventil tratron, stablitron va neon lampalar ishlab
chiqarila boshlandi.
1930 -1931 yillarda to’ri uchta bo’lgan besh elektrodli elektron lampa-pentod ixtiro
qilindi va rivojlantirildi.
O’tgan asrning 30-yillarida radiotelegraf, radiotelefon, radiotarqatish,
radiopavigatsiya va radiolakatsiya sohalari jadal suratda rivojlandi. Elektrovakum
texnikasi mukammallashdi. Har xil turdagi elektron va
ion priborlar keng suratda
ishlab chiqarilib, amaliyotga joriy qilindi.
1932 yilda birinchi selenli, 1938 yili sulfidli ventillar ishlab chiqarildi.
Yarimo’tgazgichli elektronika asri boshlandi va rivojlana boshladi.
1948 yili germaniyli nuqtaviy tranzistor yaratildi. Kremniyli nuqtaviy tranzistor sal
keyinroq ixtiro qilindi. 1951 yili yassi tranzistor yaratildi. 1959-1960 yillari akademik
Vladimir Maksimovich Tuchkevich rahbarligi ostida tranzistor yaratildi.
Yarim o’tkazgichli priborlar soxasida qo’llanilayotgan chastotani sochilish quvvatini va
amaldagi temperaturani yuqori kutarish xarakterli ahamiyatga ega bo’ldi.
Oxirgi vaqtlarda yarim o’tkazgichli priborlarning elektrovakuum o’rnida qo’llash keng
suratda olib borilmoqda. CHunki yarim o’tkazgichli priborlar qator afzalliklarga ega, lekin
elektronika va sxematexnikada elektrovakuum priborlar xali xam qo’llaniladigan
soxalar
ancha ko’p. CHunki bunday sohada katta quvvat talab qilinadi. Ma’lumki juda katta quvvatni
radiolampalargina ta’minlab beradi.
Elektronikada priborlar asosan uch turga bo’linadi: elektron, ion va yarimo’tkazgichli
priborlar.
Elektron priborlar shunday priborlarki, ularda elektr toki yoki kuchlanish faqat
elektronlar hisobiga paydo bo’ladi. Bunday priborlarga, elektron lampalar, ba’zi
fotoelementlar, elektron nurli trubkalar va boshqalar kiradi.
Ion priborlarga shunday priborlar kiradiki, ular elektr toki
yoki kuchlanish musbat va
manfiy zaryadli ionlar hisobiga amalga oshiriladi. Bularga gazotron, tiratron, simobli ventil
va boshqalar kiradi.
Yarim o’tkazgichli priborlar deb shunday priborlarga aytiladiki, ulardagi barcha
jarayonlar elektronlar va kovaklar hisobiga amalga oshadi. Hozirgi davrda elektron
priborlarning eng katta qismini yarimo’tkazgichli elementlar qamrab olgan.