• Otkazgichlar, yarim otkazgichlar, izolyatorlar (dielektriklar)
  • Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/61
    Sana04.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #110820
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
    Bog'liq
    elektronika

    Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi
    Misol uchun yarim o'tkazgichning tipik vakili bo'lgan germaniyni qaraylik. Uning tartib 
    nomeri 32 va to'rtta elektron qobig'i mavjud: 1-qobiqda 2 ta; 2-qobiqda 8ta, 3-qobiqda 18 
    ta,4- qobiqda esa 4 ta elektron joylashgan. Uchta ichki qobiqdagi elektronlar turg'un bo'lib, 
    kimyoviy reaksiya-larda ishtirok etmaydi. Oxirgi to'rtinchi qobiqdagi elektronlar esa atom 
    yadrosi bilan juda kuchsiz bog'langan. Aynan shu elektronlar elementning boshqa 
    atomlarining nechtasi bilan kimyoviy bog'lanishga kira olish qobiliyatini ko'rsatib, mazkur 
    elementning valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi qobiqdagi elektronlarga tashqi 
    yoki valentli elektronlar deyiladi. Tashqi qobig'ida to'rtta elektroni mavjud bo'lgan 
    germaniyning valentligi to'rtga teng. Mazkur atomga boshqa atomlar yaqinlashganida valent 
    elektronlar boshqa atomning valent elektronlari bilan oson ta'sirlashadi va kimyoviy 
    bog'lanish hosil qiladi. Atom qobig'iga ma'lum energiya berilganda atomnig ionlashuvi ro'y 
    berishi mumkin. Aynan so'nggi qobiqdagi elektronni ozod qilish uchun eng kam energiya 
    taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim o'tkazgichlarning boshqa bir qancha vakillari 
    kristall moddalar hisoblanadi. Ularning atomlari ma'lum qonuniyatlarga muvofiq joylashgan 
    bo'ladi.


    O'tkazgichlar, yarim o'tkazgichlar, izolyatorlar (dielektriklar)
    Elektronni valent zonadan o'tkazish zonasiga o'tkazish uchun tashqaridan malum 
    energiya berish kerak. Elektron turg'un holatdan (to'ldirilgan holatdan) . erkin holatga 
    (o'tkazish zonasiga) o'tishda yengish kerak bo'lgan man qilingan zonanirtg kengligi qattiq 
    jismlarni metallar, yarim o'tkazgich-lar va izolyatorlarga ajratishning asosiy mezonlaridan 
    biridir. Bunga keltirilgan sxemalardan osongina ishonch hosil qilish mumkin. Zonalarning 
    elektronlar bilan to'ldirilganligi va man qilingan zonaning kengligiga qarab to'rtta hosil 
    bo'lishi mumkin. Eng yuqori zona elektronlar bilan qisman to'ldirilgan, ya'ni unda bo'sh 
    sathlar mavjud. Bu holda elektron juda kam energiya olganda ham shu zonaning yuqoriroq 
    energetik sathiga o'tishi, ya'ni erkin bo'lib, tok o'tkazishda ishtirok etishi mumkin. Demak, 
    qattiq jismda qisman to'ldirilgan zona mavjud bo'lsa, bu jism elektr tokini o'tkazadi. Aynan 
    shu xususiyat metallarga xosdir. Agar valent zona va o'tkazish (erkin) zonasi bilan qisman 
    ustma-ust tushsa ham, qattiq jism elektr tokini o'tkazuvchi bo'ladi. Bu Mendeleyev elementlar 
    davriy sistemasidagi II guruh elementlari Be, Mg, Ca, Zn ...larga xos xususiyatdir. Energetik 
    sathlari faqat valent zona va o'tkazish zonasidan iborat qattiq jismlar, man qilingan 
    zonasining kengligiga qarab dielektriklar va yarim o'tkazgichlarga ajratiladi. Agar kristallning 
    man qilingan zonasining kengligi bir necha elektron-volt bo'lsa, issiqlik harakati elektronni 
    valent zonadan o'tkazish zonasiga sakrata olmaydi va bunday kristallarga dielektriklar 
    deyiladi. Agar man qilingan zona uncha katta bo'lmasa (AE~ 1 eV), elek¬tronni valent 
    zonadan o'tkazish zonasiga issiqlik yoki biror boshqa ta'sir bilan ko'chirish mumkin. Bunday 
    kristallarga yarim o'tkazgich-lar deyiladi. Masalan, germaniy uchun AE= 0, 72 eV, kremniy 
    uchun AE=1.11 eV ni tashkil qiladi. Shunday qilib, o'tkazgichlar uchun man qilingan 
    zonaning keng¬ligi no'lga teng, yarim o'tkazgichlar uchun 2eV dan oshmaydi, dielektriklar 
    uchun esa 2eV dan katta bo'ladi. 
    Izolatsiyalangan atomda eletronlarning energetik sathlari. XX asr boshlariga kelib, 
    fiziklar shunga amin bo’ldilarki, atom hodisalarini zarralar harakat qonunlari bilan ham, 
    to’lqinlar qonuniyatlari bilan ham bir tomonlama talqin qilish mumkin emas. Mikrozarralar – 


    elektron, proton, atom, neytron va boshqalar korpuskulyar (zarra) va to’lqin xususiyatlarini 
    o’zida nomoyon qiladi. Ular zarra ko’rinishida qayd qilinadi, lekin harakati to’lqin tarzida 
    bo’lib, SHryodinger tenglamasi orqali ifodalanadi. Massasi 

    Download 2,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish