|
Fotodiodlar. Qurilma, ishlash printsipiBog'liq elektronika4. Fotodiodlar. Qurilma, ishlash printsipi.
4.1Fotodiodning strukturaviy sxemasi, ish rejimlari
Fotodiod deb bitta p-n o‘tishga ega bo‘lgan foto-elektr asbobga aytiladi. Fotodiod
tashqi kuchlanish manbaili (fotodiodli rejim), hamda tashqi kuchlanish manbaisiz
sxemalarga ulanishi mumkin. Tashqi kuchlanish manbai shunday ulanadiki, p-n o‘tish
teskari siljigan bo‘lsin. Yorug‘lik tushirilmaganda, diod orqali juda kichik
“qorong‘ulik” ekstraksiya toki I
0
oqib o‘tadi va u berilayotgan kuchlanishga bog‘liq
bo‘lmaydi. N- baza sohasiga ta’qiqlangan zona kengligidan ancha katta bo‘lgan
h
energiyali fotonlardan tashkil topgan yorug‘lik tushurilganda, elektron – kovak juftliklar
generatsiyalanadi. Agar juftliklar o‘tishdan diffuziya uzunligidan oshmaydigan oraliqda
hosil bo‘lsalar, yorug‘lik ta’sirida generatsiyalangan kovaklar o‘tishning elektr maydoni
ta’sirida ekstraksiyalanadilar va teskari tok uning “qorong‘ulik” qiymatiga nisbatan
ortadi. Yorug‘lik oqimi F qancha intensiv bo‘lsa, diod teskari toki I
F
qiymati shuncha
katta bo‘ladi.
81
4.1.1 – rasmda turli yorug‘lik oqimi qiymatlaridagi fotodiod VAXsi keltirilgan.
4.2.1– rasm.
4.2.2-rasm Fotodiodning shartli belgilanishi
Proporsionallik koeffitsienti
dФ
dIФ
К
Ф
=
bir necha mA/mm ni tashkil etadi va
fotodiod sezgirligi deb ataladi. Fotodiod turli o‘lchash qurilmalarida yorug‘lik oqimini
qabul qilgich, hamda optik – tolali aloqa liniyalarida qo‘llaniladi.
Fotodiod rejimidan tashqari fotodiodning ventil (fotovoltaik) rejimi keng
qo‘llaniladi. Bu rejimda fotodiod tashqi kuchlanish manbaiga ulanmasdan ishlaydi va
quyosh energiyasini bevosita elektr signalga aylantirishga xizmat qiladi. Diod ventil
rejimida nurlatilganda uning chiqishlarida ventil kuchlanish yuzaga keladi. Fotodiod bu
holatda quyoshli aylantirgich deb ataladi. Bir biri bilan elektr jihatdan bog‘langan
aylantirgich va batareyalar kosmik apparatlar va er usti qurilmalaridagi REAlarni
ta’minlash uchun elektr energiya manbai sifatida qo‘llanilishi mumkin.
|
| |