Yorug‘lik diodi – bu elektr energiyasini nokogerent yorug‘lik nuriga
aylantiradigan, bitta p-n o‘tishga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli asbob. Yorug‘lik nuri
elektron
– kovak juftlarining rekombinatsiyasi natijasida yuzaga keladi.
Rekombinatsiya, p-n o‘tish to‘g‘ri ulanganda kuzatiladi. Rekombinatsiya doim ham
nurlatuvchi bo‘lavermaydi va to‘g‘ri zonali Yarim o‘tkazgichlarda, jumladan galliy
arsenidida sodir bo‘ladi. Bunday yarim o‘tkazgichlar spetsifik xona diagrammasiga ega
bo‘ladilar.
Nurlanayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi
kvant energiyasi bilan aniqlanadi. U
esa nurlanuvchi rekombinatsiyada Yarim o‘tkazgichning ta’qiqlangan zona kengligiga
deyarli teng bo‘ladi. Galliy arsenididan tayyorlangan yorug‘lik diodlari uchun
= 0,9-
1,4 mkm. Qizil, sariq va yashil rang nurlatuvchi diodlar galliy fosfati, siyoxrang
nurlatuvchi diodlar esa – kremniy karbidi asosida yasaladilar va x.z.
Yorug‘lik diodining energetik xarakteristikasi bo‘lib kvant chiqishi (effektivligi)
hisoblanadi. U zanjir bo‘ylab o‘tayotgan har bir elektronga yorug‘lik diodi chiqishida
qancha yorug‘lik kvanti mos kelishini ko‘rsatadi. Zamonaviy yorug‘lik diodlari uchun
kvant chiqishi 0,01-0,04 ni, ikki va uch yarim o‘tkazgichli birikmalardan yasalgan
geteroo‘tishli yorug‘lik diodlarida esa ancha katta (0,3 gacha) bo‘ladi. Lekin doim
birdan kichik bo‘ladi. Volt – amper xarakteristikasi oddiy diodniki kabi eksponensial
bog‘liqlik bilan ifodalanadi. Yorug‘lik diodi 10
-7
-10
-9
s. da qayta ulanadi, ya’ni yuqori
tezlikda ishlovchi yorug‘lik manbai hisoblanadi.
Yorug‘lik diodlari optik aloqa liniyalari, indikator qurilmalar, optoparalar va
x.z.larda qo‘llaniladi.
Optoelektron juftlik, yoki optopara, konstruktiv jihatdan optik muhitda bog‘langan
yorug‘lik nurlatuvchi va foto qabul qilgichdan tashkil topgan. Yorug‘lik nurlatuvchi va
foto qabul qilgich orasidagi to‘g‘ri optik aloqa barcha turdagi elektr aloqalarni bartaraf
etadi.
83
4.1.3-rasm. Yorug‘lik diodining shartli belgilanishi
Optronlar. Kirish elektr signali ta’sirida yorug‘lik diodi yorug‘lik nurlatadi, foto
qabul qilgich (fotodiod, fotorezistor va x.z.) esa yorug‘lik ta’sirida tok generatsiyalaydi.