Asosiy xususiyatlari va parametrlar




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/61
Sana04.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#110820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Bog'liq
elektronika

5.2 Asosiy xususiyatlari va parametrlar. 
Svetodiodli lenta (tasma) – svetodiodlar asosida yig’ilgan yorug’lik manbai. U yumshoq 
montaj platasi va bir-biridan o’zaro teng masofalarda o’rnatilgan svetodiodlardan 
tashkil topgan. Odatda lentaning eni 8-20 mm, qalinligi 2-3 mm ni tashkil qilib, 5 m 
uzunlikdagi o’ramlarda ishlab chiqariladi. Bundan tashqari uni uncha katta bo’lmagan 
uzunliklarga bo’lish imkoniyati mavjud. Svetodiodlar orqali o’tayotgan tokni cheklash 
maqsadida lentaning elektr sxemasida rezistorlar ham o’rnatilgan bo’ladi. 
 
5.2.1-rasm 
Bugungi kunda, svetodiodli lentalar ishlab chiqarishda turli tipdagi svetodiodlardan 
foydalanilmoqda. Ulardan keng tarqalganlari: SMD 2538, SMD 3528, SMD 5050, 
SMD 5630 svetodiodlaridir. Svetodiodli lentalar bir-biridan tayyorlangan materiali, 
yorug’lik darajasi, yoritish rangi, rang harorati, svetodiod o’lchamlari va soni kabi 
ko’rsatkichlar bilan farq qiladi. Quyida ularning ayrim ko’rsatkichlari bilan tanishib 
chiqamiz. Shu o’rinda savol tug’ilishi mumkin. SMD qisqartmasi nimani ifodalaydi? 
SMD inglizcha “Surface Mounted Device” so’zlarining bosh harflaridan olingan bo’lib, 
o’zbekchada “yuzaga o’rnatiluvchi qurilma” ma’nosini beradi. 
SMD qisqartmasidan keyin keladigan sonlar bu svetodiodning millimetrda berilgan 
o’lchamlaridir. Masalan, SMD 3028 svetodiodining o’lchami – 3,0 mm x 2,8 mm,
SMD 5050 svetodiodining o’lchami esa – 5,0 mm x 5,0 mm ni tashkil etadi. 
Svetodiodli lentalar monoxrom, ya’ni, faqat bir rangda yonuvchi (qizil, ko’k, yashil, 
sariq, oq) yoki universal (RGB) – mavjud barcha ranglarda yonuvchi turlarga bo’linadi. 


89 
Universal yoki RGB svetodiodli lentalar ranglarni almashtirish, kerakli rangni tanlash 
uchun qo’shimcha boshqaruv pultiga ega bo’ladi. 
 
5.2.2-rasm
Svetodiodlar zichligiUshbu ko’rsatkich nimani belgilab berishi mumkin deb 
o’ylashingiz mumkin. Bu bir metr uzunlikdagi lentada o’rnatilgan svetodiodlar sonini 
belgilab beradi. Aynan shu ko’rsatkich bevosita svetodiodli lentaning quvvati va 
yoritish darajasiga bog’liq. Quvvat Sizga ma’lumki quvvat Vt o’lchov birligida 
o’lchanadi. Bu ko’rsatkich svetodiod o’lchami va bir metrda o’rnatilgan svetodiodlar 
soniga bog’liq. Misol uchun, standart xolatda SMD 3528 svetodiodli lentasi 1 metrda 60 
dona svetodiodga ega bo’ladi va 4,8 Vt, aynan shu parametrli lenta 1 metrda 120 dona 
svetodiodga ega bo’lgan turi 9,6 Vt quvvat iste’mol qiladi. 
 
5.2.3-rasm. LED turi 
Rang harorati Bu ko’rsatkich orqali svetodiodning rang tusi belgilanadi. Asosiy rang 
tuslari: sariq, oq, oq-sariq yoki ko’k. Himoya darajasiBu ko’rsatkich orqali svetodioli 


90 
lentaning himoyalanish darajasini aniqlab olamiz. Bu IP20, IP65, IP68 kabi belgilar 
orqali beriladi. Masalan, IP20 turdagi lenta himoyaga ega emas, ya’ni, usti ochiq 
bo’lgan lentalar turiga mansub. IP60 – suv o’tkazmaydigan, suv tushishidan 
himoyalangan qobiqqa ega. IP68 – eng yaxshi himoyaga ega bo’lib, undan yong’in va 
texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan xolda har qanday xolatlarda foydalanish 
mumkin. 
 
5.2.4-rasm. Turli LED lar 

Download 2,84 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish