80
7-bob. Magnit kattaliklarni o‘lchash.
7.1 Noelektrik kattaliklarni elektrik o‘lchash
Keyingi yillarda noelektrik kattaliklarni elektrik usul bilan o‘lchashdan
o‘lchash texnikasida keng foydalanilmokda.
Ko‘pgina hollarda noelektrik kattaliklarni o‘lchash
uchun noelektrik
kattalik unga bog‘liq bo‘lgan elektrik kattalikka aylantiriladi va uni o‘lchash
orqali noelektrik kattalik aniqlanadi.
Noelektrik kattalikni elektrik kattalikka aylantiradigan
o‘lchash
qurilmasining elementi o‘zgartirgich yoki datchik deb ataladi. Datchiklar ikki
asosiy guruhga bo‘linadi:
1) Noelektrik kattalikni R, L, C va M elektrik
parametrlardan birortasiga
aylantiruvchi parametrik o‘zgartirgichlar;
2)
noelektrik
kattalikni
E.Yu.K
ga
aylantiruvchi
generatorli
o‘zgartirgichlar.
Ba’zi parametrik o‘zgartirgichlar quyidagicha ishlaydi:
1) reostatli o‘zgartirgichlarda o‘lchanadigan noelektrik kattalik uning
harakatchan kontaktiga (dvijogiga) ta’sir ko‘rsatib, uning vaziyatini, binobarin,
reostatning qarshiligini o‘zgartiradi;
2) termo qarshilikli o‘zgartirgichlarning ishi sim va yarim o‘tkazgichlar
qarshiligini haroratga bog‘liqligiga asoslanadi;
3) simli o‘zgartirgichlarning ish prinsipi sim
deformatsiyalanganda uning
qarshiligi o‘zgarishiga asoslangan;
4) elektrolitik o‘zgartirgichlarning ishi elektrolit eritmasining elektr
qarshiligi, uning konsentratsiyasi o‘zgarishiga asoslangan;
5) induktiv o‘zgartirgichlarda datchik biror qismining o‘lchanayotgan
kattalik ta’sirida o‘zgarishi o‘zgartirgichning induktivligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
6) magnitoelastik o‘zgartirgichlar - ferromagnit o‘zagi magnitkirituvchanligi
(magnitsingdiruvchanligi)ning
o‘zakka
ta’sir
ko‘rsatuvchi
mexanikaviy
kuchlanishlarga bog‘liqligidan mexanikaviy kattaliklarni o‘lchashda
ishlatiladi;
81
7) sig‘imli o‘zgartirgichlar datchik sig‘imining kuch, bosim, chiziqli
siljish, burilish burchagi, modda miqdori, namlik ta’sirida o‘zgarishiga
asosan
shu kattaliklarni o‘lchashda foydalaniladi;
8) fotoelektrik o‘zgartirgichlar - fototok hosil qilish yoki chastotalari
o‘lchanayotgan kattalikka bog‘liq bo‘lgan impulsli fototok hosil qilib, chiziqli
o‘lchamlarni,
haroratni, suyuklikning hamda gazli muxitning shaffofligi va
xiraligini o‘lchashda qo‘llaniladi;
9) ionizatsion o‘zgartirgichlar - ionlovchi tokning bir qator faktorlarga
bog‘liqligidan gazni analiz qilish va uning zichligini aniqlash,
buyumlarning
geometrik o‘lchamlarini bilishda qo‘llaniladi.
Generatorli o‘zgartirgichlar ishlash prinsipiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
1. Termoelektrik o‘zgartirgichlar - bunda termo E.Yu.K ning vujudga
kelishi va uning haroratga bog‘liqligidan haroratni o‘lchashda foydalaniladi.
2. Induksion o‘zgartirgichlardan o‘lchanayotgan noelektrik kattalikni
induksiyalangan E.Yu.K ga aylantirib, tezlik, chiziqli
va burchakli siljishlarni
o‘lchashda foydalaniladi.
3. Pezoelektrik o‘zgartirgichlar - mexanikaviy kuch ta’sirida E.Yu.K
vujudga kelish xodisasidan foydalanib, bosimni va buyumlarning geometrik
o‘lchamlarini o‘lchashda qo‘llaniladi.
Biz quyidagi o‘zgartirgichlarning ba’zilari xaqida mufassalroq to‘xtab
o‘tamiz.