• Afzalligi
  •  Suyuqliklarning sathi va sarfini o‘lchash




    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/86
    Sana09.02.2024
    Hajmi3,76 Mb.
    #153591
    TuriУчебное пособие
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
    Bog'liq
    YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

     
    8.1.2. Suyuqliklarning sathi va sarfini o‘lchash 
     
    Suyuqliklarning sathi asosan elektr sig‘im, ultratovush, elektromagnit
    va reostat o‘zgartgichlar yordamida o‘lchanadi. Oddiy suv sathini o‘lchagichda 
    ikkita ishchi C
    i
    va kompensasion C
    k
    kondensatorlar bilan o‘lchanadi. Sig‘im 
    o‘zgartgich sinusoidal kuchlanish manbaiga ulanadi. Suv sathi o‘zgarganda
    ishchi kondensatorning sig‘imi ham o‘zgaradi.
    Transformatorning ikkilamchi chulg‘amlari va C
    i
    , C
    k
    sig‘imlar ko‘prik 
    sxema ko‘rinishida ulangan. Ko‘prik sxemasining o‘lchash diagonalidan
    olingan kuchlanish kuchaytirgich K orqali sath bo‘yicha darajalangan
    o‘lchov asbobiga beriladi.
    Induktiv sath o‘lchagichlarda suyuqlik sath po‘kagi magnit o‘zakning 
    holatini o‘zgartiradi. Induktiv o‘zgartgichlarda signal miqdori ancha katta
    bo‘lganligi sababli kuchaytirgich talab qilinmaydi. Lekin o‘lchash diapazoni 
    kattalashgan sari statik tavsifning nochiziqligi natijasida o‘lchash xatoligi kelib 
    chiqadi. 
    Bosimlar farqi asosida suyuqlik sarfini o‘lchashda taxometrik, issiqlik, 
    ultratovush, lazer, elektromagnit va boshqa turdagi o‘zgartgichlardan 
    foydalaniladi. Elektromagnit suv sarfi o‘zgartgichlarning ishlash tamoyili 


    109 
    elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan bo‘lib, unga muvofiq magnit 
    maydonidan o‘tayotgan suyuqlik sarfiga proporsional EYuK elektrodlar 
    yordamida o‘lchash kuchaytirgich K orqali o‘lchash asbobi O‘A zanjiriga
    beriladi.
    Afzalligi: bunday o‘zgartgichlarda qo‘shimcha gidravlik qarshilik yo‘q, 
    tezkor, ko‘rsatishi suyuqlikning fizik xossalariga deyarli bog‘liq emas. 
    Kamchiligi: qutblanishi va transformatsiya E.Yu.K lari hisobiga aniqlik 
    yuqori emas. 
     
    Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish vositalari 
    Suyuqlik 
    va 
    to‘kiluvchan(donador) 
    materiallarning 
    sathini 
    o‘lchash 
    texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda eng ko‘p echiladigan va muhim 
    masalalardan biridir. Chunki texnologik jarayonlarning to‘g‘ri kechishini nazorat 
    qilish, zarurat bo‘lganida sathning bir xilligi(o‘zgarmas bo‘lishini) ta’minlash, 
    baklar va idishlardagi suyuqlikning miqdorini aniqlash imkonini beradi.

    Download 3,76 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Suyuqliklarning sathi va sarfini o‘lchash

    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish