126
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladigan vositalar xilma-xil
bo‘lishiga qaramay, o‘lchash usuli va vositalarning
umumiy xususiyatlari
hammavjud. Umumiylik shundan iboratki, o‘lchanayotgan
har qanday
noelektrik kattalik avval unga proportsional bo‘lgan elektr (tok, kuchlanish,
qarshilik, chastota va boshqalar) kattaligiga aylantiriladi, keyin esa elektr o‘lchash
asbobi yordamida o‘lchanadi. Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda
ishlatiladigan
o‘zgartgichlarga qo‘yiladigan asosiy talab – o‘lchash ma’lumotini aniqligi
va jarayonni to‘g‘ri aksettirishdir. O‘lchanayotgan kattalikni o‘zgartirish
usuliga (bevosita, bilvosita yoki muvozanatlash) ko‘ra u yoki bu turdagi xatoliklar
yuzaga keladi.