127
O‘O‘ning o‘lchash diapazoni deb – o‘lchash
xatoligi normallashtirilgan
o‘lchash kattalikning qiymatlar sohasiga aytiladi.
O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikatsiyasi
O‘O‘larning yuqorida keltirilgan tavsiflaridan tashqari parametrlarning
mo‘‘tadilligi,
ishonchligi, massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa
parametrlari ham o‘rganiladi.
O‘O‘lar vazifasi va ishlash tamoyiliga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Vazifasiga
ko‘ra mexanik, gidravlik,
issiqlik, kimyoviy, biologik,
pnevmatik va
boshqa kattaliklar O‘O‘lariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan noelektrik kattalik
unga proportsional bo‘lgan EYuK yoki tokka o‘zgartiriladi. Ularga
elektromagnit,
induksiyali, termoelektrik (termojuftliklar) p’ezoelektrik va
galvanomagnit O‘O‘lari kiradi. Parametrik O‘O‘larda o‘lchanayotgan kattalik
qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im
kabi elektr zanjirining
parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induktiv, transformator va
magnit qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistrlar,
fotodiodlar va
fototranzistorlar), elektrokimyo (elektrolitik), rezistiv va elektrostatik O‘O‘lari
kiradi[16,17].